IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti e'lon

IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti e'lon

#Diqqat

Hurmatli fuqarolar, Respublikamizda “СOVID-19” infektsiyasi bo'yicha epidemik vaziyat bir muncha barqarorlashganligi sababli karantin cheklovlari bosqichma – bosqich yumshatib borilmoqda. Shu bois IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tomonidan jazoni ijro etish koloniyalarida jazo muddatini o'tayotgan shaxslarga yaqin qarindoshlari bilan uchrashuvlarini tashkil etish rejalashtirildi.

Bu borada O'zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati mutaxassislarining tavsiyalari olindi.

Unda karantin qoidalariga qat'iy rioya etgan holda haftaning juma, shanba va yakshanba kunlari uzoq muddatli uchrashuv berish tavsiya etilgan.

Shuningdek, jazo muddatini o'tayotgan shaxslarning yaqin qarindoshlari (emizikli bolalardan tashqari) uchrashuvga 72 soatdan ko'p bo'lmagan muddat oralig'ida koronavirusga test topshirgani va natija manfiyligini – virus yo'qligini tasdiqlovchi ma'lumotnoma bilan kelishlari talab etiladi.

Shu o'rinda uzoq muddatli uchrashuv so'rab murojaat qilganlarning barchasiga bir vaqtning o'zida uchrashuv berish imkoniyati mavjud emasligini eslatib o'tmoqchimiz.

Shundan kelib chiqqan holda, jazoni ijro etish muassasalarida fuqarolarni uchrashuvga kirish ro'yxatini shakllantirish bo'yicha dolzarb aloqa tarmoqlari tashkil etildi.

Fuqarolarimiz soat 9.00dan 18.00gacha (dam olish kunlaridan tashqari) mazkur dolzarb aloqa tarmoqlari orqali ro'yxatdan o'tishlari mumkin.

Yuqoridagilarni inobatga olib, fuqarolarimizdan jazo muddatini o'tayotgan shaxs bilan uchrashish uchun dolzarb aloqa tarmog'i orqali ro'yxatdan o'tishlarini, uchrashuvga belgilangan muddatlarda kelib, karantin qoidalariga qat'iy rioya etishlarini so'rab qolamiz.

Bog'lanish uchun jazoni ijro etish koloniyalarining dolzarb aloqa raqamlari:

- 1-son jazoni ijro etish koloniyasi – 365-220-70-02

- 2-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-00-82

- 3-son jazoni ijro etish koloniyasi – 375-230-10-61

- 4-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-224-77-81

- 5-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-555-23-65

- 6-son jazoni ijro etish koloniyasi – 69-434-42-33

- 7-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-169-64-13

- 10-son jazoni ijro etish koloniyasi – 95-506-64-51

- 11-son jazoni ijro etish koloniyasi – 78-770-37-34, 95-603-49-07

- 12-son jazoni ijro etish koloniyasi – 79-572-55-85

- 13-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-717-08-50

- 14-son jazoni ijro etish koloniyasi – 99-842-41-24

- 17-son jazoni ijro etish koloniyasi – 94-545-21-81

- 20-son jazoni ijro etish koloniyasi – 65-522-22-10

- 21-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-975-85-65

- 22-son jazoni ijro etish koloniyasi – 70-202-38-52

- 24-son tarbiya koloniyasi – 70-202-37-51

Ushbu dolzarb aloqa raqamlari orqali bog'lanish imkoniyati bo'lmagan hollarda IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentining 71-291-69-75 telefon raqamiga qo'ng'iroq qilishingiz mumkin.

Dolzarb aloqa tarmog'i orqali ro'yxatdan o'tmasdan muassasaga tashrif buyurgan fuqarolar uchrashuvga kiritilmasligini ma'lum qilamiz.

Unutmang! Uchrashuvlar uchun o'rnatilayotgan mazkur talablar Siz va yaqinlaringiz sog'ligini asrashga qaratilgandir.

IIV JIED Axborot xizmati


Report Page