IIV huzuridagi JIED ichki ishlar organlarida xizmat qilishni xohlovchilarni taklif etadi

IIV huzuridagi JIED ichki ishlar organlarida xizmat qilishni xohlovchilarni taklif etadi

IIV JIED Axborot xizmati
IIV JIED Axborot xizmati

Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti tizimlaridagi boʼsh boʼlgan ofitserlik hamda safdorlik lavozimlariga ichki ishlar organlari xizmatiga qabul qilish boʼyicha 2021 yilning 20 sentabr kunidan 30 sentabr kuniga qadar tanlov oʼtkazilishi maʼlum qiladi.

 Tanlovda, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni oʼtagan, oʼn sakkiz yoshdan kichik, oʼttiz yoshdan katta boʼlmagan, ofitserlik lavozimlariga oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan, (tor doiradagi maʼlumot talab etiladigan moliya-iqtisod boʼlinmalari, tibbiyot boʼlinmalari, psixologik taʼminlash boʼlinmalariga oʼttiz besh yoshdan oshmagan fuqarolar), safdorlik lavozimlariga esa oliy taʼlim muassasalarini tamomlagan, Davlat oliy taʼlim muassasalarining sirtqi taʼlim yoʼnalishida tahsil olayotgan, shuningdek IIVning Аkademik litseylarini tugatgan, boʼyi 165 sm.dan yuqori boʼlgan erkaklar ishtirok etishlari mumkin.

Ichki ishlar organlariga kirish istagida boʼlgan fuqarolarni yuqorida koʼrsatilgan muddatlarda, soat 09.00 dan 17.00 ga qadar Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamentiga shaxslari tasdiqlovchi fuqarolik pasporti, maʼlumoti toʼgʼrisidagi diplom, harbiy guvohnomalarini asl nusxalari bilan kelishlari soʼraladi.

Manzil: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, “Fargʼona yoʼli” koʼchasi, 25-uy. Oʼzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Jazoni ijro etish departamenti binosi.

Murojaat uchun telefon: 71-291-59-02.

IIV huzuridagi JIED Axborot xizmati



Report Page