IIV Akademiyasi kursantlari Toshkent viloyati boʻylab amaliyotga kirishdi
IIBB Axborot xizmatiIIV Akademiyasining 1-2 bosqich kursantlari va ularning ota-onalari bilan amaliyot oldi yoʻriqnoma oʻtkazildi. Tadbirda Toshkent viloyati IIBB hamda IIV SHXBB Toshkent viloyati boʻyicha boshqarmasi masʼul rahbarlari ishtirok etdilar.
Oʻzbekiston Respublikasi IIVning 2019-yil, 30-sentyabrdagi “Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant va tinglovchilarining ichki ishlar organlarida amaliyotlarini tashkil etish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi asosida tashkil etilgan yoʻriqnomada IIBB boshligʻining tegishli buyrugʻi bilan biriktirilgan murabbiylar oʻqib eshittirildi.
Tadbir soʻngida Akademiyada oʻzining bilimi, tarbiyasi bilan oʻrnak boʻlib kelayotgan kursantlar va ularning ota-onalariga tashakkurnoma va minnatdorchilik xatlari topshirildi.
IIBB Axborot xizmati