IIBB xodimlari tomonidan 4 nafar ayolni “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

IIBB xodimlari tomonidan 4 nafar ayolni “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

IIBB Axborot xizmati

Odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyatlar sirasiga kirib, uning qurbonlari soni ortib borayotgani va ushbu xavfdan Oʻzbekiston ham holi emasligi ayni haqiqat.

IIBB Axborot xizmati

Shuning uchun doimiy ravishda odam savdosiga qarshi Respublika huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qatʼiy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda. Xususan, Toshkent viloyati IIBB tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.

IIBB Axborot xizmati
IIBB Axborot xizmati

Oʻtkazilgan tezkor tadbir davomida Boʻstonliq tumanida yashovchi 42 yoshli ayol 22-43 yosh orasidagi toʻrt nafar ayolni moʻmay daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shugʻullantirish maqsadida Toshkent-Istanbul aviareysi orqali Turkiya davlatiga joʻnatayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlab qolindi.

IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan ushlangan shaxslarga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati

IIBB Axborot xizmati




Report Page