IIBB xodimlari tomonidan 2 nafar ayolni “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

IIBB xodimlari tomonidan 2 nafar ayolni “odam savdosi” qurboni boʻlishining oldi olindi

IIBB Axborot xizmati

Oʻtkazilgan tezkor tadbirda qizlarni aldov yoʻli bilan Rossiyaga joʻnatayotgan shaxs Toshkent xalqaro aeroportda qoʻlga olingan.

IIBB Axborot xizmati

Odam savdosi transmilliy, yaʼni hudud va chegara tanlamaydigan jinoyatlar sirasiga kirib, uning qurbonlari soni ortib borayotgani va ushbu xavfdan Oʻzbekiston ham holi emasligi ayni haqiqat. Shuning uchun doimiy ravishda odam savdosiga qarshi respublika boʻyicha huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan qatʼiy chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati IIBB va uning quyi tizim tezkor xodimlari tomonidan navbatdagi odam savdosi bilan bogʻliq holatga chek qoʻyildi.

IIBB Axborot xizmati

Nazorat tadbiri davomida Yangiyoʻl tumanida yashovchi 2002 y.t. “Bonu” taxallusi bilan tanilgan ayol, Toshkent va Xorazm viloyatida yashovchi, ikki nafar tengdoshi (ayollar)ni moʻmay daromad topadigan ish topib berishni vaʼda qilib, fohishalik bilan shugʻullantirish maqsadida (Toshkent xalqaro aeroportidan Toshkent — Jukovskiy aviareysi orqali) Rossiya Federatsiyasiga joʻnatayotgan vaqtida viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi.

IIBB Axborot xizmati

Mazkur holatlar yuzasidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 135-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil davomida viloyat IIBB va uning quyi tizim xodimlari tomonidan “odam savdosi”ga qarshi kurash yoʻnalishida amalga oshirilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida Toshkent viloyatida 15 nafar fuqarolarni odam savdosi qurboni boʻlishing oldi olindi.

IIBB Axborot xizmati

Aniqlangan holatlar yuzasidan 19 nafar ayol va 3 nafar erkak jami 22 nafar shaxsga nisbatan jazo muqarrarligi taʼminlanib, jinoiy javobgarlikka tortilgan.

IIBB Axborot xizmati



Report Page