IIBB xodimlari “Qurol saqlash” bilan bogʻliq holatlar yuzasidan reyd tadbirlari oʻtkazmoqda
IIBB Axborot xizmatiToshkent viloyati hududida fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, oʻqotar qurol bilan bogʻliq huquqbuzarlik va jinoyatlarni oldini olish borasida Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan muntazam ravishda nazorat-reyd tadbirlari tashkil etilmoqda.
Jumladan, viloyat IIBB jamoat xavfsizligi va sohaviy xizmat xodimlari tomonidan joriy yilning 5 oy davomida oʻtkazilgan tekshiruvlar natijasida oʻqotar qurollarning muomalasiga oid qoidalarni buzish bilan bogʻliq 984 ta holat aniqlanib, tegishli tartibda choralar koʻrilgan.
Shuningdek, nazorat tadbirlari davomida noqonuniy saqlangan 12 dona oʻqotar ov quroli va 70 dona har xil kalibrli oʻq-dorilar aniqlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirib olingan. Ushbu holatlar yuzasidan 17 nafar shaxsga nisbatan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Misol uchun, Chinoz tumanida oʻtkazilgan tadbirda 55 yoshli shaxs (R.Sh.), yashash xonadonida 1956-yilda Rossiyada ishlab chiqarilgan 2 dona 16 va 28 kalibrli otishga yaroqli (ekspertiza xulosasi) oʻqotar ov qurolni noqonuniy ravishda saqlab kelayotganligi aniqlangan. Holat yuzasidan JKning 248-moddasi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
Bundan tashqari, aholi orasida olib borilgan targʻibot-tashviqot tadbirlar davomida 81 dona qurol (shundan 32 dona ov quroli, 49 dona pnevmatik qurol) ichki ishlar organlariga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy ravishda topshirilishiga erishilgan.
IIBB Axborot xizmati