IIBB Tezkor xodimlari tomonidan narxi 200 mln boʻlgan sintetik giyohvandlik vositalari savdosiga chek qoʻyildi

IIBB Tezkor xodimlari tomonidan narxi 200 mln boʻlgan sintetik giyohvandlik vositalari savdosiga chek qoʻyildi

IIBB Axborot xizmati

Toshkent viloyatida oʻtkazilayotgan “Zarbdor” tezkor-profilaktik tadbiri davomida koʻcha bozorida narxi taxminan 200 mln soʻmdan ortiq boʻlgan 240 gr sintetik giyohvandlik vositasi savdosiga chek qoʻyildi.

IIBB Axborot xizmati

Maʼlum boʻlishicha, 2022 yil 10 iyun kuni Toshkent viloyati IIBB JQB Giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish boʻlimi hamda Zangiota tumani IIB JQB tezkor xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbir oʻtkazilgan.

Tadbir davomida fuqaro 1992 y.t. O.A. Zangiota tumani hududida gumonlanib koʻzdan kechirilganda, uning yonidan 0,5 gr gashish giyohvandlik vositasi, 25 gramm (kristall-alf) va 100 gramm (mef.n) kuchli taʼsir qiluvchi psixotrop va sintetik giyohvandlik vositasi kukunlari borligi aniqlangan.

IIBB Axborot xizmati

Shuningdek, ushlangan shaxsning yashash xonadoni xolislar ishtirokida koʻzdan kechirilganda, oʻtkazish maqsadida saqlab kelingan 100 gr (mef.n), 15 gr (kristall-alf) sintetik vositasi borligi aniqlanib hujjatlashtirilib olingan.

IIBB Axborot xizmati

Mazkur holat yuzasidan Zangiota tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan ushlangan shaxsga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 276-moddasi 1-qismi va 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

IIBB Axborot xizmati




Report Page