IHTT va Agentlik hamkorlikning yangi loyihalarini belgilab olishdi

IHTT va Agentlik hamkorlikning yangi loyihalarini belgilab olishdi

Strategik rivojlanish agentligi Matbuot xizmati

Markaziy Osiyo va Sharqiy Yevropa/Janubiy Kavkaz uchun IHTT Yevroosiyo raqobatbardoshlik dasturi boshqaruv qoʻmitasining onlayn yigʻilishi boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv mintaqadagi dasturning ishini va iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda hamkor mamlakatlarning dinamikasi bilan tanishish, shuningdek, IHTTning eng yaxshi amaliyotlarini oʻrganish va almashish doirasida mintaqa mamlakatlarining IHTT bilan aloqalarini mustahkamlash imkonini berdi.

Yigʻilishda Oʻzbekiston tomonidan Strategik rivojlanish agentligi bosh direktori Laziz Kudratov qatnashdi.

-      2017-yildan buyon Oʻzbekiston global biznes hamjamiyati ochiqligini taʼminlash va xususiy sektorning iqtisodiy taraqqiyotdagi hissasini oshirishga qaratilgan ulkan islohotlar dasturini amalga oshirmoqda.

IHTT bilan hamkorligimiz ushbu islohot dasturining ajralmas qismi boʻlib, oʻzaro manfaatlarimizni aks ettiradi va soʻnggi yillarda mustahkamlanib bormoqda. Xususan, Oʻzbekiston 2017-yil oktabr oyida Yevrosiyoning raqobatbardoshligi boʻyicha IHTT davra suhbati doirasida ilk bor ekspert bahosidan oʻtdi va bir qancha mintaqaviy loyihalarda ishtirok etmoqda.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash, kichik va oʻrta biznes vakillari eksportini ragʻbatlantirish siyosatini monitoring qilish ishlari Oʻzbekiston hukumati tomonidan ishlab chiqilgan siyosatni oʻz vaqtida va maqsadli qoʻllab-quvvatlashni taʼminlaydigan muvaffaqiyatli loyihalarga aylandi.

Sentyabr oyidan boshlangan navbatdagi loyiha ham raqobatni rivojlantirishga qaratilgan boʻlib, u oʻta muhim hisoblanadi, zero, pandemiyadan keyingi davr, kichik va oʻrta biznes uchun teng imkoniyatlar berishni taqazo etmoqda.

Biz shuningdek, yaqin vaqt ichida Oʻzbekistonning investitsiya bilvan bogʻliq siyosatini analiz qilib chiqamiz va umid qilamiz ushbu loyihaning ishga tushirilishining yutugʻi pandemidan keyingi oʻrta muddatli strategiyalarni rivojlanishiga va xorijiy investitsiyalarni mamlakat iqtisodiyotiga ijobiy koʻrsatishiga olib keladi.

Oʻzbekiston hukumati va IHTT oʻrtasida xorijiy investitsiyalar va koʻp millatli tashkilotlar toʻgʻrisidagi deklaratsiya va qarorlarni imzolanishini katta ishtiyoq bilan kutmoqdamiz, zero, ushbu hujjatlar kelgusida oʻzaro manfaatli hamkorligimiz yoʻlida tashlangan katta qadam boʻladi.



Report Page