IFTIXOR... MENING OLIYGOHIM.
TTta matbuot xizmati
Men Toshkent Tibbiyot Akademiyasi, 2-Davolash ishi fakulteti, 5-kurs talabasiman.
O‘tib borayotgan 2023 yil mening talabalik hayotimda o‘chmas iz qoldirmoqda.
100 yildan ortiq tarixga ega Toshkent tibbiyot akademiyasi talabalari safida ekanligimdan faxrlanaman.

Markaziy Osiyodagi eng nufuzli tibbiyot oliygohi ma‘lumki, klinik tafakkurni shakllantirish va amaliy ko‘nikmalarni takomillashtirishda hamisha ilg‘orlar safida bo‘lgan.
Bugun ham mamlakatimiz istiqbolli yoshlarnini qo‘llab-quvvatlash, ularning iqtidorini ro‘yobga chiqarish, ilm egallashga bo‘lgan ishtiyoqi va intellektual salohiyatini oshirish va yuqori malakali kadrlar tayyorlashning uzluksiz tizimini mening oliygohim misolida o‘z aksini topmoqda.

Kuni kecha TTA-da tibbiy ta’limning barcha klinik fanlarning amaliy ko’nikmalar bo‘yicha “Tibbiyot mohirlari” III Xalqaro olimpiadasi tashkillashtirildi.
Olimpiadani TTA O‘quv ishlar bo‘yicha prorektor, professor Boymuradov Shuxrat Abdujalilovich ochib berdi. Ushbu olimpida O‘zbekistonlik va xorijiy talabalar o‘rtasidagi tajriba almashishida samarali xizmat qilishi, talabalarni o‘qitish sifatini aniqlash, mahoratini yanada oshirish, nazariy va amaliy mashg‘ulotlar jarayonida olingan bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlash va chuqurlashtirish, ijodiy o‘sishni rag‘batlantirish maqsadida tashkillashtirilganligini ta’kidlab ishtirokchilarga omad tiladi.
Xalqaro olimpiada barcha klinik fanlarni qamrab olgan holda, 8 ta bo’lim, xususan, Fundamental tibbiyot, Terapiya, Jarrohlik, Pediatriya, Reproduktiv salomatlik, Bosh-Bo'yin kasalliklari, Shoshilinch tez yordam , Tibbiy-profilaktika yo’nalishlarida o’tkazildi. Ochilish marosimida turli mamlakat va viloyatlardan tarshrif buyurgan jamoalar tanishtirilgandan so’ng, barcha ishtirokchilar o'rtasida qizg'in ilm-fan bellashuvi start oldi. Jyuriy azolari biz ishtirokchilarni har bir bergan javobimizni adolatli baxolashdi va har bir amaliy ko'nikmalarni to'liq bajarib ko'rsatishdi. Bu orada, Olimpiada doirasida xorijiy davlat mutaxassislari tomonidan biz uchun yangi simmulyatsion markazda mavjud zamonaviy uskunalardan foydalanish bo'yicha mahorat darslari namoyish etishdi, va albatta bu biz uchun juda ham katta yangilik bo'ldi.
Olimpiada yakunida juda katta yopilish marosimi bo'lib o'tdi. Taqdirlash marosimida olimpiada biz ishtirokchilarga diplom va esdalik sovg’alari bilan taqdirlandik va bayram dasturxonida birgalikda do'stona davra qurdik.
Shaxsan men ushbu olimpiadada 3-seksiya(xirurgiya) bo'yicha qatnashdim va birinchi marotaba ishtirok etishimga qaramasdan faxrli birinchi o'rinni egalladim. Bundan tashqari, TTA jamoasi sardori sifatida shuni ayta olamanki, ishtirok etgan har bir talaba, xususan bizning jamoa vakillari o'z bilim va ko'nikmalarini juda mahorat bilan namoyon etishdi. Buni biz har bir jamoa a'zosi faxrli o'rinlar egallagani misolida ko'rishimiz mumkin. Fikrimcha, biz jamoaning har bir a'zosi bilan qalin do'stlik rishtalarini o'rnatish bilan birgalikda, ular bilan bir oila bo'la oldik. Ushbu kundan juda chuqur taassurotga ega bo'ldik va har birimiz o'z xato kamchiliklarimizni, garchi ular soni kam bo'lsada bilib oldik.

Men uchun olgan yangi bilimlarim, o'rgangan ko'nikmalarim meni kelajakdagi shifokorlik faoliyatimda as qotishiga aminman. O'ylaymanki, bugungi kunda biz yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar juda ham katta ahamiyatga ega, chunki biz bu imkoniyatlardan foydalangan holda o'z ustimizda yanada ko'proq ishlashimiz, ilmiy tadqiqotlar olib borishimiz mumkin. Hammamizga ma'lumki, tibbiyot xodimi bo'lish, aynan shifokorlik, juda katta mas'uliyatni o'zida muzassam etadi, chunki biz insonlar sog'ligiga mas'ulmiz va xato qilishga haqqimiz yo'q. Shuning uchun bugungi kunda biz yoshlar mavjud barcha imkoniyatlardan unumli foydalanib har daqiqa yangi bilim izlashimiz kerak.
Doctor Reporter yoshlar klubi a'zosi:
Toshkent Tibbiyot Akademiyasi 2-son davolash fakulteti 506 guruh talabasi: Absattarova Madina Sobirjon qizi