IFF FUNDING #FAQ
IFF FundingUMUMIY SAVOLLAR
Avtomatlashtirilgan strategiyadan foydalansam bo‘ladimi?
Odatiy holatda — yo‘q. EAs (Expert Advisors), botlar yoki avtomatlashtirilgan savdo strategiyalaridan foydalanish taqiqlanadi, agar bu bo‘yicha Kompaniyadan oldindan yozma ruxsat olinmagan bo‘lsa.
Agar ruxsat berilsa, strategiya quyidagi shartlarga qat’iy rioya qilishi kerak:
- Barcha risk limitlari va taqiqlangan savdo siyosatiga mos bo‘lishi;
- HFT (high-frequency trading), kechikish arbitraji (latency/arbitrage) yoki platformani ekspluatatsiya qiluvchi usullardan foydalanmasligi;
- Faqat o‘zingizning hisoblaringizda ishlatilishi va bizda EA nomi, versiyasi, “magic number” bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan bo‘lishi;
- Har qanday o‘zgarish yoki yangilanishdan keyin qayta tasdiqlanishi.
Kompaniya istalgan vaqtda berilgan ruxsatni bekor qilish huquqiga ega.
Har qanday buzilish darhol shartlarni buzish (breach) sifatida hisoblanadi.
2. Soliqlar qanday tartibda amalga oshiriladi?
Barcha to‘lovlar ish faoliyati (performance) asosida beriladigan mukofotlar sifatida hisoblanadi.
Kompaniya treyder nomidan hech qanday soliqni ushlab qolmaydi yoki to‘lamaydi.
Treyder o‘zi yashayotgan mamlakat qonunlariga muvofiq soliq, to‘lov yoki boshqa majburiy yig‘imlarni mustaqil ravishda hisobot qilish va to‘lash uchun to‘liq javobgardir.
3. To‘lov hisob-varag‘imda qanday ko‘rinadi?
Barcha Challenge xaridlari sizning bank yoki karta hisob-varag‘ingizda bizning to‘lov protsessorimiz tomonidan ko‘rsatilgan billing nomi (descriptor) ostida chiqadi.
Aniq nom to‘lov provayderiga qarab o‘zgarishi mumkin, ammo u har doim IFF Global yoki uning ruxsat etilgan hamkorlari bilan bog‘liq bo‘ladi.
Agar to‘lov haqida ishonchingiz komil bo‘lmasa, bizning qo‘llab-quvvatlash jamoamiz bilan bog‘laning.
4. Dasturda ishtirok etish uchun minimal yosh necha bo‘lishi kerak?
Siz kamida 18 yoshda bo‘lishingiz kerak, yoki o‘zingiz yashayotgan mamlakatda belgilangan eng kam ruxsat etilgan qonuniy yoshga yetgan bo‘lishingiz zarur, shundagina assessment (baholash bosqichi) sotib olish va dasturda qatnashish huquqiga egasiz.
5. Yangiliklar e’lon qilingan paytda savdo qilish mumkinmi?
Ha, yangiliklar (news events) vaqtida savdo qilish ruxsat etiladi.
Biroq, agar siz katta ta’sirga ega yangilik (high-impact news) chiqishidan 5 daqiqa oldin yoki 5 daqiqa keyin foydali (profitli) bitimni yopsangiz, ushbu bitimdan olingan foydaning 50% qisqartiriladi.
Bu qoida, shuningdek, aynan shu vaqt oralig‘ida ishga tushgan “pending order”, “stop loss” yoki “take profit” buyruqlariga ham tatbiq etiladi.
Foyda qisqartmasi 24 soat ichida avtomatik tarzda qo‘llaniladi va bu Challenge hamda Funded Account bosqichlariga teng ravishda taalluqlidir.
6. Hisoblaringizda komissiyalar mavjudmi?
Ha. Challenge va Funded Account hisoblarida standart spredlar va komissiyalar qo‘llaniladi.
Komissiya miqdori — har bir 1 lot (100,000 birlik) uchun $7 (to‘liq aylanma — round turn) ni tashkil etadi.
Barcha savdo xarajatlari, jumladan spredlar, svoplar (Swap-Free hisoblar bundan mustasno) va komissiyalar, to‘g‘ridan-to‘g‘ri savdo platformasida qo‘llaniladi va bu oddiy savdo sharoitining bir qismi hisoblanadi.
7. Affiliate (hamkor) larga qanday qilib hisob yoziladi?
Affiliate (hamkor) lar foydalanuvchi ularning havolasi (referral link) yoki chegirma kodi orqali akkaunt yaratganida hisoblanadi (credited).
Ya’ni, foydalanuvchi ro‘yxatdan o‘tishda hamkor tomonidan berilgan maxsus havola yoki promo-koddan foydalansa, ushbu mijoz uchun hamkor mukofoti avtomatik tarzda hisobga olinadi.
8. Savdo soatlari qanday belgilanadi?
Savdo soatlari likvidlik provayderi va bozor sharoitlariga qarab belgilanadi. Kompaniya bu vaqtlarni boshqarmaydi va o‘zgartira olmaydi.
Har bir instrument bo‘yicha aniq savdo vaqtlarini savdo platformasining o‘zida ko‘rishingiz mumkin:
- MatchTrader: kerakli symbol ustiga bosing → Info bo‘limini tanlang.
- cTrader: Symbol Window ga kiring → pastga aylantirib Market Hours bo‘limini toping.
Eslatma: bayram kunlari yoki likvidlik provayderi o‘zgarishlari tufayli savdo soatlari vaqtincha o‘zgarishi mumkin.
9. Qaysi mamlakatlardan ishtirok etish mumkin?
Amaldagi qonun va reglamentlarga muvofiq, OFAC ro‘yxatida keltirilgan mamlakatlar bundan mustasno, barcha mamlakatlardan treyderlar bizning dasturda ishtirok etishlari mumkin.
Biroq, ayrim hollarda Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra ma’lum hududlar yoki mamlakatlardan qatnashishni cheklashi mumkin.
10. Leverage (Plecho) darajasi qanday?
Maksimal leverage quyidagicha belgilanadi:
- 1:100 – Forex juftliklari va metallarda
- 1:40 – Indekslarda
- 1:20 – Xomashyolarda (shu jumladan neftda)
- 1:2 – Kriptovalyutalarda
Leverage shartlari Challenge va Funded Account uchun bir xil.
Kompaniya bozor sharoitlari yoki likvidlik provayderi talablari tufayli leverage miqdorini istalgan vaqtda o‘zgartirish huquqini saqlab qoladi.
11. Bir vaqtning o‘zida nechta Assessment yoki Funded Account bo‘lishi mumkin?
Treyder bir vaqtning o‘zida bir nechta Challenge (baholash) hisoblariga ega bo‘lishi mumkin.
Ammo Funded Account uchun umumiy maksimal kapital chegarasi — $300,000.
Bu summa bitta yoki bir nechta hisoblardan iborat bo‘lishi mumkin, biroq faol balanslarning jami $300,000 dan oshmasligi kerak.
Barcha hisoblar treyderning o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lishi shart.
Bir nechta akkaunt ochish (multi-accounting), boshqalarning hisoblaridan foydalanish yoki baholash tizimini aylanib o‘tishga urinish qat’iyan taqiqlanadi va hisobni darhol yopishga olib keladi.
12. Taqiqlangan savdo faoliyati (Prohibited Trading Activity) siyosati qanday?
Quyidagi faoliyatlar qat’iyan taqiqlanadi:
- Oldindan ruxsatsiz bir nechta hisob (multi-accounting) ochish.
- Copy trading, gruppa savdosi yoki signal xizmatlaridan foydalanish — faqat barcha hisoblar bir treyderga tegishli bo‘lib, kompaniya tomonidan tasdiqlangan hollarda ruxsat etiladi.
- High-Frequency Trading (HFT), latency arbitrage yoki platformadagi texnik xatolardan foydalanish.
- Expert Advisors (EAs), botlar yoki boshqa avtomatlashtirilgan strategiyalardan oldindan yozma ruxsatsiz foydalanish.
Yangiliklar vaqtidagi savdo (News Trading Rule):
Agar treyder katta ta’sirga ega yangilik (high-impact news) chiqishidan 30 daqiqa oldin yoki 30 daqiqa keyin foydali (profitli) bitimni yoplasa, ushbu bitimdagi foydaning 50% qisqartiriladi.
Bu qoida shuningdek shu davr ichida ishga tushgan pending order, stop loss yoki take profit buyruqlariga ham tatbiq etiladi.
Qimorona strategiyalar (Gambling strategies):
Foyda maqsadiga bir harakatda erishish uchun haddan tashqari katta pozitsiyalar ochish qat’iyan man etiladi.
Ushbu qoidalarning istalgan birini buzish — akkauntni darhol yopishga, to‘lov va refunddan mahrum bo‘lishga olib keladi.
Kompaniya o‘z ixtiyoriga ko‘ra, taqiqlangan faoliyatda qatnashgan deb topilgan istalgan treyderga xizmatni to‘xtatish yoki rad etish huquqiga ega.
13. Qaysi platformalarda savdo qilish mumkin?
Hozirda bizning dasturlarimiz quyidagi savdo platformalarini qo‘llab-quvvatlaydi:
- MatchTrader
- cTrader
Barcha Challenge va Funded Account hisoblari faqat ushbu platformalar orqali taqdim etiladi.
14. Qaysi mahsulotlarda savdo qilish mumkin?
Siz likvidlik provayderi tomonidan platformaga uzatiladigan barcha instrumentlarda savdo qilishingiz mumkin. Ushbu mahsulotlar va instrumentlar vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin.
Ular quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Forex juftliklari (FX pairs)
- CFD indekslar
- Xomashyolar (Commodities)
- Metallar (Metals)
- Kriptovalyutalar (Cryptocurrencies)
15. Hisobimning holatini qayerdan kuzataman?
Challenge xarid qilganingizdan so‘ng sizga IFF Trader Dashboard (treyder paneli) ga kirish huquqi beriladi. Shu yerda siz o‘z Challenge va Funded Account hisoblaringizning holatini kuzatishingiz mumkin.
Panel real vaqt rejimida yangilanadi va quyidagi asosiy ko‘rsatkichlarni ko‘rsatadi:
- Foyda maqsadi (profit target)
- Kunlik yo‘qotish (daily loss)
- Maksimal drawdown
Treyder panelni muntazam tekshirib turishi va barcha risk limitlari hamda qoidalarga rioya etilishini ta’minlashi uchun shaxsan javobgar hisoblanadi.
SAVDO QOIDALARI
16. Kunlik yo‘qotish limiti (Daily Loss Limit) qanday hisoblanadi?
Kunlik yo‘qotish limiti — bu sizning hisobingiz bir kunda yo‘qotishi mumkin bo‘lgan maksimal miqdordir.
Bizda bu limit statik tarzda hisoblanadi, ya’ni hisobning boshlang‘ich balansiga asoslanadi, kun davomida balans yoki equity o‘zgarishlariga emas.
Misol:
Agar sizning boshlang‘ich balansingiz $100,000 bo‘lsa, Kunlik yo‘qotish limiti — $5,000.
Demak, kun davomida istalgan paytda (shu jumladan “floating loss”lar bilan birga), agar sizning equity $95,000 yoki undan pastga tushsa, siz ushbu qoida buzilgan bo‘ladi.
Bu limit qayta hisoblanmaydi yoki foyda bilan oshmaydi.
Masalan, agar sizning equity $105,000 bo‘lsa ham, kunlik yo‘qotish limiti boshlang‘ich $100,000 balansdan hisoblanadi.
Shunday qilib, maksimal ruxsat etilgan kunlik yo‘qotish har doim $5,000 bo‘lib qoladi.
17. Maksimal drawdown (STATIC) qanday hisoblanadi?
Maksimal drawdown — bu sizning hisobingizda ruxsat etilgan eng katta yo‘qotish chegarasi, ya’ni ushbu miqdordan pastga tushganingizda hisob buzilgan (breach) hisoblanadi.
U hisobning boshlang‘ich balansidan foiz sifatida hisoblanadi va foyda bilan birga o‘zgarmaydi (statik holatda qoladi).
Misol:
Agar sizning boshlang‘ich balansingiz $100,000, maksimal drawdown esa 10% bo‘lsa, demak sizning buzilish darajangiz (hard breach level) har doim $90,000 bo‘ladi.
Agar sizning equity $120,000 gacha oshsa ham, maksimal drawdown hali ham boshlang‘ich $100,000 balansdan hisoblanadi.
Ya’ni, bu limit statik bo‘lib, foyda ortidan siljiydigan (trailing) turdagi emas.
18. Faol bo‘lmaslik (inactivity) uchun breach mavjudmi?
Ha. Agar hisobingizda ketma-ket 30 kun davomida hech qanday savdo faoliyati bo‘lmasa, hisob faol emas (inactive) deb hisoblanadi va buzilgan (breach) holatga tushadi.
Hisobni faol holatda saqlash uchun siz har 30 kunlik davrda kamida bitta savdo (trade) amalga oshirishingiz kerak.
19. Hard Breach va Soft Breach o‘rtasidagi farq nima?
- Soft Breach (yumshoq buzilish) — bu holatda siz qoida buzgan bitimlarni yopamiz, ammo siz Assessment yoki Funded Account hisobingizda savdoni davom ettirishingiz mumkin.
- Hard Breach (qattiq buzilish) — bu holatda siz Kunlik yo‘qotish limiti, Maksimal drawdown yoki Faol bo‘lmaslik (inactivity) qoidasini buzgansiz.
- Bu qoidalarning buzilishi Hard Breach hisoblanadi.
Agar siz Hard Breach sodir etsangiz, bu Assessmentdan muvaffaqiyatsiz o‘tish yoki Funded Account hisobining bekor qilinishiga olib keladi.
20. Hafta oxirida (weekend) ochiq pozitsiyalarni qoldirish mumkinmi?
Ha, treyderlarga hafta oxirida pozitsiyalarni ochiq holda qoldirishga ruxsat beriladi.
Biroq, bozor qayta ochilganda yuzaga keladigan “gap”lar (narxdagi keskin o‘zgarishlar) — bu bozorning tabiiy sharoitlari hisoblanadi va ular sizning risk limitlaringizga (Kunlik yo‘qotish limiti va Maksimal drawdown) ta’sir qiladi.
21. Copy Trading (savdolarni nusxalash) ruxsat etiladimi?
Yo‘q. Copy trading, guruh savdosi (group trading), boshqalar nomidan challenge topshirish yoki signal xizmatlaridan foydalanish qat’iyan taqiqlanadi.
Boshqa treyder yoki uchinchi tomon provayderidan savdolarni nusxalash darhol buzilish (breach) sifatida hisoblanadi.
Yagona istisno: treyder o‘z nomiga ro‘yxatdan o‘tgan hisoblar o‘rtasida savdolarni nusxalashi mumkin, agar bu boshqa qoidalarni buzmasa.
22. Pozitsiya limitlari bormi?
Ha, maksimal ochiladigan pozitsiya hajmi odatda sizning mavjud margin (garov mablag‘i) miqdoriga bog‘liq.
Kompaniya quyidagi choralarni istalgan vaqtda qo‘llash huquqiga ega:
- margin talabini oshirish,
- maksimal buyurtma hajmini cheklash,
- Funded Account’da ochiq pozitsiyalar sonini kamaytirish yoki cheklash,
- bozor sharoitlariga qarab drawdown darajalarini o‘zgartirish yoki savdoni to‘xtatish.
Shuningdek, Kompaniya yoki likvidlik provayderlari istalgan paytda har qanday buyurtmani qabul qilmaslik (rad etish) huquqini saqlab qoladi.
FUNDED ACCOUNTS
23. Funded Account uchun qanday qoidalar amal qiladi?
Funded Account uchun qoidalar Assessment (baholash) hisobidagi qoidalar bilan bir xil.
Farqi shundaki, Funded Account bosqichida foyda maqsadi (profit target) mavjud emas — ya’ni sizdan ma’lum foizli foydaga chiqish talabi bo‘lmaydi.
24. Agar Funded Account’da hard breach sodir bo‘lsa va hisobda foyda bo‘lsa, u yo‘qoladimi?
Ha. Agar siz hard breach (masalan, Kunlik yo‘qotish limiti, Maksimal drawdown yoki boshqa muhim qoida buzilishi) sodir etsangiz, Funded Account darhol yopiladi.
Bu holda hisobdagi foyda (realized yoki unrealized) bekor qilinadi, ya’ni siz uni ololmaysiz.
Qoidalar buzilgan hisobdan hech qanday to‘lov (payout) amalga oshirilmaydi.
25. Funded Account’dagi narxlar yoki bitimlar bajarilishiga (execution) biz aralashamizmi?
Yo‘q. Biz likvidlik provayderlari tomonidan taqdim etiladigan narxlar yoki sizning bitimlaringizning bajarilish jarayoniga hech qanday ta’sir o‘tkazmaymiz va nazorat qilmaymiz.
26. Funded Account’dagi foydani qanday yechib olish mumkin?
Treyderlar foydani (payout) istalgan vaqtda treyder paneli (dashboard) orqali so‘rashi mumkin.
Standart to‘lov so‘rovlari 24 soat ichida ko‘rib chiqiladi.
Har bir to‘lovdan 1,2% miqdorida komissiya ushlab qolinadi.
To‘lovlar Kompaniya tomonidan taqdim etilgan mavjud to‘lov usullari orqali amalga oshiriladi.
Eslatma:
- Faqat KYC/EDD tekshiruvini muvaffaqiyatli yakunlagan treyderlargina to‘lov olish huquqiga ega.
- Agar qoidalar buzilgan bo‘lsa, hech qanday to‘lov amalga oshirilmaydi.
- Kompaniya payout usullarini o‘zgartirish yoki yangilash huquqini o‘z ixtiyorida saqlab qoladi.
27. Funded Account’ni olish uchun qancha vaqt ketadi?
Siz Challenge bosqichini muvaffaqiyatli yakunlab, zarur KYC/EDD tekshiruvini tugatganingizdan so‘ng, siz uchun Funded Account yaratiladi va faollashtiriladi.
Odatda bu jarayon verifikatsiya tugaganidan keyin 24 soat ichida yakunlanadi.
Hisob tayyor bo‘lgach, sizga elektron pochta orqali tasdiqlov xabari yuboriladi.
28. Assessment bosqichidan o‘tgach, menga demo yoki real hisob beriladimi?
Barcha Funded Account lar baholash maqsadida yaratilgan virtual (simulyatsiya qilingan) hisoblar hisoblanadi.
Balanslar faqat raqamli (notional) bo‘lib, treyder uchun real mablag‘ sifatida mavjud emas.
Kompaniya o‘z ichki maqsadlari uchun Funded Account’dagi bitimlarni real bozorda nusxalash (mirror qilish) huquqiga ega, biroq treyder bu bitimlardan olingan real bozor foydasiga da’vo qila olmaydi.
Barcha payoutlar (to‘lovlar) — bu kompaniyaning savdo intizomi va risk boshqaruvi qoidalariga rioya qilinganligi uchun beriladigan mukofot bo‘lib, real bozor foydasining ulushi emas.
29. Mening savdolarimdagi qarshi tomon (counterparty) kim bo‘ladi?
Barcha Challenge va Funded Account hisoblari virtual (simulyatsiya qilingan) savdo muhitida amalga oshiriladi.
Bu degani, sizning bitimlaringiz to‘g‘ridan-to‘g‘ri real bozorga joylashtirilmaydi.
Kompaniya o‘zining ichki risk boshqaruvi maqsadlarida ushbu bitimlarni real bozorga “mirror” (nusxalash) qilishni tanlashi mumkin.
Biroq, treyder bunday nusxalashdan kelib chiqadigan real bozor foydasi yoki zarariga nisbatan hech qanday huquqqa ega emas.
Treyder uchun barcha bitimlar virtual muhitda qoladi va foyda yoki zarar faqat shu virtual hisob ichida hisoblanadi.