“IDEATHON” TANLOVI NIZOMI

“IDEATHON” TANLOVI NIZOMI

Raqamli Texnologiyalar Markazi

I. Umumiy qoidalar

1.1. Mazkur Nizom – “IDEATHON” musobaqasini tashkil etish va o‘tkazish tartibini belgilaydi.

1.2. Ushbu musobaqa Farg‘ona viloyatidagi yoshlar o‘rtasida o‘tkaziladi. Musobaqani o‘tkazish va tashkil etishda Farg‘ona viloyatidagi “Hamkor tashkilot” mezbonlik qiladi.

 

II. Tanlovning maqsadi

2.1. Yoshlarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, IT-sohasida o‘z o‘rnini egallashi uchun motivatsiya berish, malakali dasturchi mutaxassislarni saralab olish hamda ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirish.

2.2. Malakali mutaxassislarni jamoa bo‘lib ishlashi va yagona maqsad ostida birlashishi uchun shart-sharoitlar yaratish.

 

III. Tanlovni o‘tkazish tartibi

3.1. Tanlov bir kun davomida 2022 yilning dekabr oyining uchinchi o‘n kunligida Hamkor tashkilotda o‘tkaziladi.

3.2. “IDEATHON” musobaqasida ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha o‘z g‘oyalari bilan qatnashadi.

a) Tibbiyot;

b) Taʼlim;

c) Ijtimoiy soha;

d) Turizm.

 

Tanlovning birinchi qism - tanlov kuni jamoalar bilan ishlash va jamoa yetakchisini musobaqaga tayyorlash uchun murabbiylar va ekspertlar jalb qilinadi. Ishtirokchilar hayʼat aʼzolari bilan tanishtiriladi.

- ishtirokchilar uchun qo‘yiladigan vazifalar taqdimoti o‘tkaziladi.

- tadbir ishtirokchilari topshiriqlarni bajarishi uchun tashkilotchilar tomonidan shart-sharoitlar yaratiladi.

3.3. Tanlovning ikkinchi qismi - Jamoalarga qo‘yilgan topshiriqlarni ishlab chiqishni yakunlaydi hamda taqdimot qiladi, savollarga javob beradi.

 

IV. Tanlovning shartlari

4.1. Tashkilotchilarni ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalariga aʼzo bo‘lish;

4.2. Oldindan tayyorlangan g‘oyani olib chiqmaslik;

4.3. Faqatgina ro‘yxatdan o‘tgan shaxslar ishtirok eta olishi;

4.4. Belgilangan muddatdan kech qolgan ishtirokchilarni bajargan ishlari qabul qilinmaydi.

4.5. Baholash mezonlari bo‘yicha qabul qilingan natijalar yuzasidan appelyatsiya o‘sha kuni ko‘rib chiqiladi. 

 

V. Tanlovni baholash mezoni

-      yechimning amalga oshirish mexanizmi - 20 ballgacha

-      yechimning Ijtimoiy sohadagi qiymati va taʼsiri – 20 ballgacha

-      yechimning Innovatsiya darajasi – 20 ballgacha;

-      yechimning iqtisodiy taxlili (monetizatsiya) – 20 ballgacha;

-      Taʼsischi va jamoaning salohiyati – 20 ballgacha.

Eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar ishtirokchi g‘olib deb topiladi. Quyidagi mezon bo‘yicha sovg‘alar bilan taqdirlanadi.

 

VI. G‘oliblarni taqdirlash

Har bir yo‘nalish g‘oliblariga Hamkor tashkilot tomonidan esdalik sovg‘alari (telefon, planshet va boshqa sovg‘alar);


Report Page