IDEATHON
“O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida Xorazm viloyati yoshlari uchun “O‘zbekiston yoshlar forumi-2021” doirasida IDEATHON tanlovi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda har xil soha vakillari bo‘lgan yoshlar, o‘z sohasini rivojlantirishga qaratilgan loyihalarni taqdim qilishdi.
IDEATHON da qatnashish uchun quyidagi yo‘nalishlar doirasida loyihalar taqdim etildi:
· sunʼiy intellekt;
· tibbiyot;
· energetika;
· agrar (qishloq xo‘jaligi);
· qurilish;
· taʼlim;
· ijtimoiy himoya;
· aholi bandligi.
Tanlovga 36ta ariza kelib tushib, ularning ichida 21 tasi saralab olindi. Tanlovda hay’at hakamlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi TATU Urganch filiali professor o‘qituvchilari va Xorazm viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi vakillari qatnashishdi.
Eslatib o‘tamiz ushbu tanlovning umumiy jamg‘arma fondi 10.000.000ni so’mni tashkil etib, 1-o‘ringa 5.000.000, 2-o‘ringa 3.000.000, 3-o‘ringa esa 2.000.0000 so’m pul mukofoti ajratiladi.
Tanlov davomida malakali hakamlarning fikriga asosan:
1-o‘rin UmdSoft jamoasining EDULIFE loyihasi. Loyihaning qisqacha tasnifi: Suniy intellektga asoslangan onlayn kasblar maktabi
2-o‘rin XYZ jamoasining SmartDoc loyihasi. Loyiahning qisqacha tasnifi: tez yordam xizmati sifatini oshirish
2-o‘rin Egamberganova Fazilatning AllControl loyihasi. Loyiahning qisqacha tasnifi: OTM lar uchun talabalarni nazorat qilish va ijra tòlovi davlat tomonidan tòlab berilganligini monitoring qilish.
Faol qatnashgan ishtirokchilar sertfikat bilan taqdirlandilar va Xorazm viloyati innovatsion rivojlanish boshqarmasi vakillari tomonidan loyihalarini hayotga tadbiq qilinishida amaliy yordam berilishiga kelishildi.
