"IDEAL PLUS" SAVOLLARI
ㅤㅤㅤㅤㅤIdeal Plus jamoasining “Marafon” uchun savollari .
1. Diqqat Savol matnida bitta so'z tushirib qoldirilgan.
Muso Toshmuhammad o’g’li Oybekning vafotidan keyin Zarifaxonim yozuvchining arxividan bir nechta hikoyalarni nashr ettirdi bu hikoyalarni o’qigan Said Ahmad va boshqa ko’plab yozuvchining shogirdlar bu hikoyalardan QONning hidi kelib turishini takidlaydilar
Savol: Tushirib qoldirilgan so’zni yozib bering
Javob: Qutlug’
Izoh: Said Ahmad va yozuvchining shogirdlari fikricha bu hikoyalardan "Qutlug' qon" ning hidi kelib turgan. Oybek vafotidan keyin ayoli Zarifaxonim tomonidan nashrga berilgan hikoyalar "Qutlug' qon" romaniga tayyorgarlik jarayonidagi mashqlar edi aslida.
Manba: Said Ahmad "Yo'qotganlarim va topganlarim", 8-9 b
2. Eslatma (KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATREAL BOR)
Matsuo Basyoning xokkusini tinglang:
Birinchi qor yuzida
Qish tonggi go'zal ko'rinur
Badbashara X ham!
Barchamizga tanish manbalarda X qoqim yoʼli bilan, qoqib qoʼyib davolaydigan tabib sifatida keltiriladi
Diqqat savol: X oʻrnidagi bir soʻzni yozib bering.
Javob: Qargʻa
Izoh: oʻzbek xalq ertaklari kirish qismidagi chumchuq chaqimchi ekan, qargʼa qaqimchi, yaʼni qoqib davolovchi tabib sifatida keltirilar ekan
Manba: 1) https://t.me/Googol_facts/269
2) https://t.me/AsanovEldar/1595
3.TARQATMA MATREAL

UCHINCHI SAVOL Ushbu emblema 1994 yilda BMT (Birlashgan Millatlar Tashkiloti) tomonidan e'lon qilingan va bir Xalqaro kunga mo'ljallangan.
Diqqat savol tarqatmaga diqqat bilan etibor bergan holda Rasmning pastki o'ng tomonida biz sizlardan yashirib qo’ygan X yozib bering?
Javob: 3
Qabul: to'g'ri javob.
Izoh: Bu Xalqaro ozon qatlamini saqlash kuni. Yer atrofidagi ko'k doira uning ozon "qalqoni" ni anglatadi. Ozonning kimyoviy formulasi esa - O3
Manba: 1.https://www.vectorstock.com/royalty-free-vector/world-ozone-day-vector-18899187
4.1850-yillarga kelib bu yerda katta yoshli oq tanli erkaklarning hammasi uchun saylash huquqi joriy qilindi. 1856-yil Viktoriya shtatida, 1851-yil esa yana bir sayyoh nomi bilan ataluvchi shtatda dunyoda ilk bor saylovlarda ilk bor samarali yashirin ovoz berish tizimi joriy etildi. Bu ovozlarni sotib olish va majburlashga chek qòydi. Shuning uchun saylovlarda ovoz berishning standard tartibi bugungi kunga kelib ALFAcha saylov deb ataladi.
Savol: ALFAcha saylov òrnidagi sòzni yozib bering
Javob: Avstraliyacha saylov
Izoh: 1851-yil Tasmaniya shtatida, 1856-yil Yangi Janubiy Uelsdan ajralib chiqqan Viktoriya shtatida saylov tizimi joriy qilindi
1850-yillarga kelib oq tanli barcha erkaklar saylov huquqiga ega edi
Manba: Mamlakatlar tanazzuli sabablari kitobi 409-bet
5. Qarg’a” xokkusi – bu yapon xokku shoiri Matsuo Basyoning eng mashhur va munozarali asarlaridan biri hisoblanadi. Aksariyat xokkunavislar, uni yapon xokku san’atining etaloni deya ta'riflashadi. Ta’kidlanishicha, aynan shu asar, ushbu yo'nalishda ijod qiladigan boshqa xokku shoirlarining ijodiga turtki bo’lgan.
Ushbu fakt bilan bog'liq maqolada, XIX asrda yaratilgan bir ibora va rus adibining asariga havola berib oʻtilgan.
Diqqat savol: oʻsha asar nomini yozib bering
Javob: Shinel
Izoh: "Biz hammamiz Gogolning "Shineli"dan chiqqanmiz" iborasi XIX asrda rus klassik adabiyoti gullab-yashnashi ko'p jihatdan Nikolay Gogol ijodi bilan bog'liqligini anglatadi. Adib ko'targan mavzular bir necha yil davomida rus adabiyotida yetakchi mavzu bo'lgan.
Manba: 1)https://t.me/Googol_facts/269
2) https://t.me/nota_bene1/1573
6. Ozarbayjonning Shusha shahriga 1873 yilda Ozarboyjon shoirasi, XON avlodidan bo‘lgan Xurshidbonu Notavon o‘z mablag‘i hisobidan shaharda ilk vodoprovod qurdiradi. U xalq tilida X bulog‘i” nomini olgan. Boshqa bir X ning esa Oʻzbekistonning sugʻoriladigan va dehqonchilik qilinadigan mintaqalarida 40 ga yaqin turi tarqalgan.
Savol: X o‘rnidagi ikki o‘zakli bir so‘zni yozib bering
Javob: Xonqizi
Manba: http://azculture.uz/uz/xabarlar.php?year=2023&news=2
https://uz.wikipedia.org/wiki/Xonqizi_qo%CA%BBng%CA%BBizlari
7. Eslatma (KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATREAL BOR)
Kaykovusning Qobusnoma asarining 25 bobi "Ot sotib olmoq zikrida" deb atalib, bobda turli otlar haqida soʻz boradi. Shunday otlardan biri "ahval" - yaʼni gʻilay otlar ekanligi aytiladi. Bunday otning aybi sirtida boʻlishi aytilasa-da, unga qoʻshimcha qilib, bunday gʻilay otlarni arablar va forslar hurmat qilishlari, ularni muborak deb qarashlari eslatilib, U tilga olinadi.
Savol: U oʻrnidagi unlilari bir xil boʻlgan bir soʻzni yozib bering
Javob: Duldul.
Izoh: Duldul - Muhammad alayhissalomning oti bo‘lgan, Ulardan keyin, Ali r.a. uni olganlar va Siffiyn jangida uni mingan ekan.
Manba: Kaykavus " Qobusnoma " Yangi asr avlodi, Toshkent-2016,106 bet.
8. Tarqatma matreal

17-noyabr xalqaro talabalar kuniga bagʻishlangan chiqarilgan ushbu karikaturada, talabaning boshida bir nechta ULARdan iborat tojni koʻrishimiz mumkin.
Savol: ularni aniq yozib bering
Javob: НБ
Izoh: Talabalarning darsda ishtirok etmaganliklarini ifodalovchi НБ - "не было" ya'ni yoʻq edi soʻzlarining qisqacha shakli hisoblanadi.
Manba: 1) https://t.me/habikatura/1343
2) https://vk.com/wall-98098890_4311
9. Eslatma (KEYINGI SAVOLDA TARQATMA MATREAL BOR)
X Dastlab Aflotun asarlarida tilga olingan sehrli buyum bo'lgan . O'z egasining xohishiga ko'ra ko'rinmas bo'lib qolish imkoniyatini beradi. X haqida Jan-Jak Russoning "Oltinchi yurish", G.Uells ning "Ko'rinmas odam", Nagib Mahfuzning "Arab kechalari" asarlarida ma'lumotlar keltirilgan.
"Sehrli qalpoqcha", "Ko'rinmas mantiya", "Persey dubulg'asi" X ning prototiplari hisoblanadi.
Diqqat savol:
X ni 2 so'zda yozib bering.
Javob: Gig uzugi
10. Tarqatma matreal:

Ko’pchiligimizga mashhur bòlgan ushbu rasmni kòrgan savol muallifi bugun kundagi global dunyoda bòlayotgan voqealarga pisanda qilgan holda ushbu abbreviturani ishlatadi.
Savol: Geosiyosiy bilimlaringizni ishlatgan holda savol muallifi nazarda tutgan abbreviturani yozib bering
Javob: BMT
Qabul: UNO yoki OON
Izoh: Yaqin Sharq mintaqasida inson huquqlarining jiddiy buzilishini ommaviy axborot vositalari orqali kuzatayotgan va bunga global kuchlarning jim qarab turganini kòrgan savol muallifi ularni rasmdagi maymunlarga qiyoslaydi.
Biz ham ushbu urushning tezroq tugashi va odamlarning tinch yashashini tilagan holda bugungi navbatchiligimizga yakun yasaymiz.
