ICT4Girls bilan birgalikda amaliyot o‘tang!

ICT4Girls bilan birgalikda amaliyot o‘tang!


ICT4Girls loyihasi yangi formatda qayta start olmoqda!

Loyiha doirasidagi ICT4Girls Seniors dasturi axborot texnologiyalari (IT) yo‘nalishida ta’lim olayotgan 15-31 yoshdagi qizlarga mo‘ljallangan bo‘lib, saralashdan o‘tgan 10 nafar qiz 2023-yilning may oyidan boshlab IT, biznes va tegishli sohalarda faoliyat yurituvchi tashkilotlarda amaliyot o‘taydi. Amaliyot davomiyligi tashkilot hamda ishtirokchi bilan birgalikda belgilanadi.

ICT4Girls Seniors dasturi ishtirokchi qizlarning raqamli ko‘nikmalari, shuningdek, ishga joylashishda zarur ko‘nikmalarni oshirishga yordam beradi. Dastur yakunlangach, amaliyot davomida o‘z bilim va mahoratini ko‘rsata olgan ishtirokchi qizlar ish bilan ta’minlanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 

Dasturda:

🔹 15-31 yoshdagi

🔹 IT va tegishli texnik sohada yetarlicha bilimga ega bo‘lgan

🔹 akademik litsey, kasb-hunar maktabi, kollej, texnikum yoki oliy ta’lim muassasasining talaba yoki bitiruvchi ayollari ishtirok etishi mumkin. Maktabda ta’lim olayotgan, IT'ni noformal ta’lim orqali (mustaqil ravishda, o‘quv markazlarida va hok.) o‘rgangan qizlarning ham arizalari ko‘rib chiqiladi.

Saralash 2 bosqichda tashkil etiladi: 

1-bosqich - onlayn ariza

Ariza formasiga:

🔹ilova xati (10 mbgacha bo‘lgan pdf/doc fayl)

🔹motivatsion video (ko‘pi bilan 60 soniyali)

🔹yangilangan rezyume (10 mbgacha bo‘lgan pdf/doc fayl) yuklash lozim. Ularni o'zingizga qulay tilda tayyorlashingiz mumkin.

Ariza to‘ldirishni boshlashdan avval: 

1. Dastur haqidagi ma’lumotlar bilan to‘liq tanishib chiqish;

2. So‘nggi ma’lumotlar kiritilgan rezyume, 1 daqiqali video hamda ilova xatini tayyorlab olish tavsiya etiladi.

Arizalar 8-aprel 18:00ga qadar qabul qilinadi. 

2-bosqich - suhbat

1-bosqichdan muvaffaqiyatli o‘tgan qizlarga 13-15-aprel kunlari xabar beriladi va ular bilan suhbat 17-21-aprel oralig‘ida tashkil etiladi.


Ilova xati (Cover Letter)

Ilova xatida ko‘pi bilan 500 ta so‘z yordamida "Nima uchun aynan Sizni tanlashimiz kerak" degan savolga aniq javob berilgan bo‘lishi lozim. 

Tavsiya: bizda qiziqish uyg‘otishi mumkin bo‘lgan o‘zingizda mavjud 3 ko‘nikma haqida batafsil ma’lumot bering. Quyidagi savollarga javob berish mumkin: bu ko‘nikmalar qanday shakllangan? Siz tajriba orttirgan qanday loyiha va dasturlarda namoyon bo'lgan? Bu ko‘nikmalarning professional hayotingizdagi ahamiyati qanday?


Motivatsion video (60 soniyali)

Videoda quyidagi savollarga javob berilishi lozim:

1. IT sohasidagi bilim va ko‘nikmalaringiz haqida qisqacha batafsil ma’lumot;

2. IT sohasida kelajak uchun qo‘ygan reja va maqsadlaringiz;

3. ICT4Girls doirasidagi amaliyot Sizga nima uchun kerak - u maqsadlaringizga erishishda qanday yordam beradi?


Tez-tez berilayotgan savollarga javoblar:

1. Videoda o'zim ishtirok etishim kerakmi?

Ha, video savollarga o'zingiz javob berayotgan holda olinishi kerak. Orada aytayotgan gapingiz isboti sifatida rasmlaringizdan foydalansangiz ham bo'ladi.

2. Rezyume qaysi tilda bo'lishi kerak?

Ariza va so'ralgan barcha yuklamalar (video, rezyume va ilova xati) o'zbek, rus va ingliz tilidan birida bo'lishi lozim.

3. Rezyumeni qayerga yuklash kerak?

Ariza formasida so'ralgan har bir fayl uchun maxsus joy bor. Ariza formasi: https://forms.gle/9z6WYnSgzGS6rkqv9

4. Toshkentda bo'lmagan qizlar ishtirok eta oladimi?

Albatta! Saralashdan o'tgan, viloyatdan bo’lgan qizlar uchun onlayn amaliyot yoki viloyatlaridagi tashkilotda oflayn amaliyot variantlaridan biri ko’rib chiqiladi.

5. Maktabda o'qiyman, ariza topshirolmayapman

Seniors dasturi maktabni bitirgan qizlar uchun. O'quvchi qizlar uchun mo'ljallangan dasturlarni keyinroq e'lon qilamiz.

Barchaga omad tilaymiz!


***

Ma'lumot uchun: "Raqamli Kelajak" markazi tomonidan start berilayotgan ICT4Girls loyihasining ushbu yangi dasturi Germaniya Xalqaro Hamkorlik Jamiyati GIZ (Deutsche Gesellschaft für Internationale Zusammenarbeit GmbH) ning Ozbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilmoqda.


Report Page