IBRATLI HIKOYA

IBRATLI HIKOYA

@SamDAQI_YIK
MATBUOT XIZMATI

SamDAQI Arxitektura fakulteti Yoshlar Ittifoqi Kengashi tafsiya qiladi

Asosiy

Yangiliklar

Bir kuni ustoz oʻzini baxtsiz hisoblaydigan, hamisha nolib yuradigan shogirdiga bir piyola suv bilan bir siqim tuzni uzatibdida taʼtib koʻrishini soʻrabdi. Shogird esa ustozi aytganini qilibdi.


 — Taʼmi qanaqa ekan? - deya soʻrabdi shunda shogirdidan.

— Shoʻrligi tilni oʻyaman deydi.

Ustozi jilmayibdi va uni daryo boʻyiga olib boribdi.


Yana bir siqim tuzni uzatib debdi: — Endi buni daryoga tashla-da soʻng mazasini taʼtib koʻr. Shogird bu safar suvni xuzur bilan ichibdi. Yigitning lablaridan tomayotgan tomchilarga qarab Ustoz: 

— Xoʻsh mazasi qanday ekan? shoʻrligi sezildimi deb soʻrabdi.

— Mazasi ajoyib. Shoʻrligi ham sezilmadi.


Shunda ustoz shogirdiga shunday nasihat qilibdi:

— Hayot qiyinchiliklari xuddi tuz miqdoriga oʻxshaydi. Koʻp ham emas, kam ham emas. Faqat u aralashadigan qalbni kengroq qilmoq kerak. Demak sen hayotda bir piyola suv boʻlib emas, daryo boʻlib yashashni oʻrgan.





Report Page