IBRAT

IBRAT

Gʻulomjon Sattarov

Ibrat


Nafaqaga chiqqan oʻqituvchining oʻrniga boshqa muallim sinfga kirdi. Darsni tushuntirishni boshladi. Talabalarning biridan savol soʻragandi, boshqa barcha talabalar kulib yubordi. Oʻqituvchi hayron boʻldi. Talabalarga qarab oʻrinsiz kulguning siriga etdi. Sabab sinfda hamma ahmoq, aqlan noqis hisoblaydigan talabaga savol bergani ekan. Dars tugab talabalar sinfni tark etadigan mahal, muallim oʻsha talabani chaqirdi. U bilan holi qolib, qogʻozchaga yozilgan ikki qator baytni berdi va:

   - Buni ismingni yodlagandek yodlab kel, hech kimga aytma, - dedi.

   Keyingi darsda muallim oʻsha ikki qator sheʼrni yozuv taxtasiga yozdi. Uni maʼnosini,  fasohatini tushuntirdi. Soʻng uni o'chirib:

   - Kim hozirgi sheʼrni yodlab qololdi, - deb so'radi. Hech kim churq etmadi.

Faqat oʻsha «ikkichi» ming hayajon, iymanish bilan qoʻl ko'tardi. Oʻqituvchi:

   - Qani, javob ber, - dedi. U sheʼrni yodlab berdi. Ustoz uni koʻp maqtadi, boshqalar oʻrnak olishini aytdi. Talabalar bu holatdan hayratga tushar, kimdir kecha kulgani uchun xijolat boʻlar, kimdir hayrat bilan qarar edi. Bu hol hafta davomida davom etdi. O'qituvchi u talabani maqtardi. O'quvchilarning u haqidagi tushunchalari oʻzgara boshladi. U bolaning ham ruhiy holati ijobiy tomonga burilish yasadi.  Oʻziga boʻlgan ishonch uygʻondi. Oldingi oʻqituvchi hisoblagandek axmoq emasligini angladi.

Talabalar bilan ilmda musobaqa qila olishini, o'z ustida ishlasa, aʼlochi boʻla olishini bildi. Nafaqat shu fandan, balki, boshqalaridan ham aʼlo baholar ola boshladi. Maktabni yaxshi natijalar bilan bitirib, oliygohga kirdi, soʻng magistraturani bitirdi. Doktor boʻlishni ham maqsad qildi.

   U oʻqituvchisi haqida yozarkan: «Insonlar ikki toifaga boʻlinadilar: biri yaxshiliklar kaliti boʻlsa, boshqasi uning qulfidir.  Birlari sizni shijoatlantirib, qoʻlingizdan tutib, umid bagʻishlaydi. Sizdagi dardu alamni his qiladi. Hayot yoʻlingizni belgilashingizga sabab boʻladi.

Boshqalari esa, sizdagi iqtidorni berkitib, yomonliklarni ochadi. U sizni  ruhan ezishdan, oʻzgalar oldiga yerga urishdan, azob berishdan rohat tuyadi. Qanchadan-qancha insonlar bunday oʻqituvchilarning qurboniga aylanadi. Butun umri oʻzini tiklolmay oʻtadi» dedi.

Report Page