Hurmatli yo’lovchi va kutib oluvchilar!

Hurmatli yo’lovchi va kutib oluvchilar!

Uzbekistan Airways

Hurmatli yo’lovchi va kutib oluvchilar! Ob-havo sharoitlari (tuman, ko’rish darajasining yomonligi) sababli, Uzbekistan Airways aviakompaniyasining bir nechta qatnovlari manzilga kechroq yetib borishadi.

👉🏻 HY-202 qatnovi (London-Toshkent) Islom Karimov nomidagi xalqaro aeroportda qo’na olmadi, havo kemasi komandiri Navoidagi zahira aeroportida qo’nishga qaror qildi.

👉🏻 Shu munosabat bilan HY-423 qatnovi (Toshkent-Dehli) parvozi kechroq - soat 11:30 da amalga oshirilishi ko'zda tutilmoqda (ob-havo sharoitlari yaxshilangunga qadar).

👉🏻 HY-533 (Toshkent-Bangkok) qatnovining uchish vaqti ham hozircha noma'lum muddatga ko'chirildi.

👉🏻 HY-623 (Qarshi-Moskva) qatnovi ham uchish imkoniyatini kutmoqda.

👉🏻 Bundan tashqari, respublika bo'ylab ikkita qatnov - HY-77 (Toshkent-Qarshi) va HY-23 (Toshkent-Buxoro) qatnovlari ham uchish uchun yaroqli ob-havo sharoitlarini kutmoqda.

Ob-havo sharoitlari sabab yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so'rab, tushunishingizdan umidvormiz.


Report Page