Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! 

Hurmatli poytaxtimiz aholisi va mehmonlari! 

Toshkent shahar IIBB I Rasmiy kanal

10-iyun kuni O'zbekiston milliy terma jamoasi va Qatar terma jamoalari o’rtasida futbol bo’yicha Jahon chempionati saralash bosqichi o‘tkazilishi munosabati bilan Chilonzor tumanining quyida keltirilgan ko‘chalarda soat 16.00 dan tadbir to’liq tugagunga qadar bo‘lgan vaqt oralig‘ida avtotransport vositalari harakati to’liq cheklanadi:

— Chilonzor va Cho’ponota koʼchalari chorrahasidan, Choʼponota ko’chasi bo’ylab, Cho’ponota - Qatortol koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi; 

— Chilonzor va KXAY koʼchalari chorrahasidan, Chilonzor ko’chasi bo’ylab, Chilonzor - Muqimiy koʼchalari kesishgan chorrahasigacha boʼlgan qismi;

— Bunyodkor ikkinchi darajali ko‘chasi: KXAYdan - Muqimiy ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

Yuzaga kelayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘raymiz va aylanma va yondosh ko’chalardan harakatlanishni tavsiya qilamiz. 

Tadbir davrida quyida keltirilgan ko’chalarda harakat vaqti-vaqti bilan qisman cheklanadi:

— Alisher Navoiy-Furqat ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Sebzor-Ganga ko’prigidan Furqat ko’chasi tunelga tushishdan cheklanadi;

— Zarqaynar ko’chasi tunelga tushish cheklanadi;

— Bunyodkor ko’chasi Kamolon ko’prik ostidan cheklanadi;

— Bunyodkor ko’chasi 2-darajali asosiy yo’lga chiqish Ozarboyjon elchixonasi asosiy yo’lga chiqishdan cheklanadi;

— Qatortol-Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Chilonzor-Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor-KXAY ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor 2-darajali yo’li-Qatortol ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Chilonzor-Cho’ponota ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Bunyodkor-Gavhar ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— TXAY-Bunyodkor ko’chalari chorrahasidan cheklanadi;

— Erkin YPX maskanidan og’ir yuk mashinalari cheklanadi;

— Cho’pon ota-Shota Rustavelli ko‘chalari chorrahasidan cheklanadi;


Yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulayliklar uchun uzr so‘ragan holda, haydovchilarga aylanma yo‘llardan foydalanishni tavsiya etamiz.

Report Page