Hurmatli ota-onalar!

Hurmatli ota-onalar!

Bilim Makon


Hurmatli ota-onalar!

Biz avval “Bilim Makon” jamoasi “Bolalar bog‘chasi” nomli maktabgacha ta’limni boshqarish yangi axborot tizimini ishlab chiqqani haqida xabar bergan edik.

Biz eski tizimdan yangi tizimga o‘tish bosqichlari haqida yozgan edik va endi nima qilinganligi va hozir qaysi bosqichda ekanligimiz haqida batafsil ma’lumot bermoqchimiz.

1. Eski EMIS tizimidan "Bolalar bog'chasi" nomli yangi tizimga ma'lumotlarni o'tkazish tashkil etildi. O’tkazish jarayonida bolalar bog'chalari, arizalar, yo'llanmalar va bolalar haqidagi barcha ma'lumotlar o'zgarishsiz qoldi.

Ma’lumotlar monitoringi jarayoni tuman va viloyat maktabgacha ta’lim bo‘limlari yordamida amalga oshirildi.


2. Mutaxassislar, yaʼni maktabgacha taʼlim muassasalari mudirlariga vazirlik tomonidan yangi tizimga oʻtkazilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligini qoʻshimcha ravishda tekshirish boʻyicha topshiriq berildi.


3. Viloyat va tumanlardagi yangi tizim foydalanuvchilari hamda maktabgacha ta’lim muassasalari mudirlari uchun ularni yangi tizim bilan tanishtiruvchi seminarlar o‘tkazildi.

Qo'shimcha ravishda yangi tizim bilan ishlash bo'yicha onlayn video darslar ishlab chiqilib, bunday video darslar ushbu tizimda ishlaydigan barcha mutaxassislarga taqdim etildi.


4. Real vaqt rejimida bolalar bog'chasiga qabul qilinish uchun arizaning natijasini namoyish qiladigan yangi integratsiya shlyuziga o'tish amalga oshirildi. Bu shuni anglatadiki, agar ariza topshirilganda maktabgacha ta'lim muassasasida joy mavjud bo'lsa, unday holda siz darhol ro'yxatga olish uchun yo'llanmani olasiz.

 Ushbu vaziyat bir necha marta sinovdan o'tkazildi (xatolar kuzatildi va siz bu haqida allaqachon bilasiz deb o'ylaymiz - ularning barchasi ish tartibida tuzatildi). Ayni vaqtda yo'llanmalar berish tizimi ish faoliyatini boshladi.


Yoʻllanmalarni shakllantirish bugundan boshlab sekin-asta oʻz ishini tiklamoqda va 2022-yil 20-fevralgacha tizim butun respublika boʻylab ishlay boshlaydi.

Hozirgi vaqtda quyidagi hududlarda qisman ishga tushirilgan:

1. Sirdaryo — 191 МТТ (to‘liq)

2. Andijon —  370 МТТ (to‘liq)

3. Farg'ona — 572 МТТ (to‘liq)

4. Namangan — 44 МТТ

5. Toshkent — 52 МТТ

6. Toshkent viloyati — 53 МТТ

7. Jizzax — 32 МТТ

8. Samarqand — 49 МТТ

9. Navoiy — 47 МТТ

10. Buxoro — 45 МТТ

11.Qashqadaryo — 41 МТТ

12.Surxondaryo — 56 МТТ

13.Xorazm — 37 МТТ

14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 63 МТТ


5. Viloyat va tuman axborot-kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmalari foydalanuvchilari hamda bolalar bog‘chalari mudirlariga yangi tizimdan foydalanish imkoniyati berildi.


6. Yangi tizimga o'tishda xatolar doimo yuzaga keladi va biz uchun ham bu istisno bo’lmadi. Ba'zi xatolar ota-onalar tomonidan o'z vaqtida aniqlandi, buning uchun biz sizdan juda minnatdormiz va biz bu xatolarning barchasini tezda tuzatishga muvaffaq bo'ldik.


7. “Bolalar bog‘chasi” axborot tizimi ishga tushirildi. Umid qilamizki, kelajakda siz - ota-onalar va tizim foydalanuvchilari - bizga ushbu tizimni rivojlantirishda yordam berasizlar, shuningdek, undagi xatolar va nosozliklar haqida bizga xabar berasizlar.

Report Page