Hurmatli fuqarolar, FVV ogohlantiradi!

Hurmatli fuqarolar, FVV ogohlantiradi!


Havo haroratining pasayib, kunlar sovishi natijasida elektr, gaz yoki boshqa yoqilgʼida ishlaydigan isitish moslamalaridan foydalanishga ehtiyoj ortadi. Ulardan foydalanishda e'tiborsizlik tufayli yoki nosoz, nostandart isitish moslamalarini ishlatish natijasida is gazidan zaharlanish, havo-gaz aralashmasining chaqnashi va yongʼinlar sodir boʼlishi mumkin. Sizlardan bunday holatlarning oldini olish maqsadida, quyidagilarga rioya qilishingizni soʼrab qolamiz: 


- tashqi himoya qobiqlari shikastlangan elektr sim va kabellardan foydalanmang;

- elektr xoʼjaligida ortiqcha yuklanish va elektr simlarning qisqa tutashuvidan sodir boʼlishi mumkin boʼlgan yongʼinlarning oldini olish lozimligi sababli sifat sertifikatiga ega boʼlgan himoya saqlagichlaridan (avtomatlardan) foydalaning;

- isitish mavsumi boshlanishidan avval, isitish pechlari va ular dudburonlarining sozligi, quvurlarning har xil mahsulotlar bilan berkilib qolmaganligini koʼzdan kechiring va dudburon orqali havo tortish kuchiga alohida ahamiyat qarating;

- isitish pechlarining dudburonlarini tozalash, sozlash va ularning qoida talablari asosida oʼrnatilishi boʼyicha xizmat koʼrsatuvchi maxsus tashkilotlarga murojaat qilish va ular tomonidan lozim darajada xizmat turlarining bajarilishiga erishing;

- nosoz, qoʼlbola isitish moslamalaridan foydalanmang, standart talablariga javob beradigan isitish moslamalaridan foydalanishda ularni ishlab chiqargan korxonaning yoʼriqnomasidan foydalaning;

- isitish pechlarini haddan ziyod qizdirib yubormang;

- gaz va elektr isitish moslamalarini nazorat qilishni yosh bolalarga topshirmang;

- gaz ta'minoti idoralari mutaxassislarini jalb etgan holda gaz jihozlarini taftishdan oʼtkazib, ularga texnik xizmat koʼrsatilishini tashkil eting;

- gaz uskunalarini ulash boʼyicha tartib-qoidalarga rioya qiling;

- yonuvchi materiallarni gaz plitalari ustida quritmang;

- gaz isitish moslamalaridan xavfsizlik avtomatikalari (gazning oʼchib, qayta kelishini nazorat qiluvchi moslama) orqali foydalaning va ularning doimiy sozligiga e'tibor bering.


Аgar xonada gaz hidini sezsangiz, chiroq va uchqun chiqaruvchi moslamalardan foydalanmang, darhol xonani shamollatish chorasini koʼring. 


Bu haqda “104” raqami orqali gaz xizmatiga, yongʼin sodir boʼlgan taqdirda, yongʼin-qutqaruv xizmatining “101” yoki “1050” telefon raqamiga xabar bering.

Ushbu qoidalarga rioya etish bilan Siz oʼzingiz va yaqinlaringizni hamda uy-joyingizni turli baxtsiz hodisalar va yongʼindan asrab qolgan boʼlasiz.



Report Page