Hurmatli avtomobil ishqibozlari, mijozlar va UzAuto Motors kanali kuzatuvchilari!

Hurmatli avtomobil ishqibozlari, mijozlar va UzAuto Motors kanali kuzatuvchilari!

UzAuto Motors

Shu kunlarda internet tarmoqlarida Chevrolet avtomobillari uchun shartnoma tuzish bilan bog'liq bir nechta tasdiqlanmagan va provokatsion materiallar keng tarqaldi.

Xususan, Telegram kanallarda D.K ismli xaridor tomonidan shartnoma tuzilgan avtomobillar roʻyxati (kamida 10 dona) aks etgan surat ham joylangani shular jumlasidan.

UzAuto Motors shuni ma'lum qiladiki, joriy yilning 3-noyabr sanasida ushbu suratda ismi keltirilgan fuqaro bilan Chevrolet avtomobilini sotib olish bo'yicha hech qanday shartnoma tuzilmagan.

Bundan tashqari, 3-noyabr kuni shartnomalar Chevrolet Lacetti’ning faqat L-Style AT Plus modeli uchun mavjud bo'lgan. Ammo, rasmda bir vaqtning o'zida Lacetti avtomobillarining kamida 4 ta komplektatsiyasi, shu jumladan, mexanik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan modelini ham ko'rish mumkin.

________________________________________________

Shu bilan birga, avvalroq ya'ni 28-30 oktabr kunlari bir qator Telegram-kanallarda ham avtomobil ishqibozlari o'rtasida tushunmovchilik keltirib chiqarishga urinish holatlari kuzatilgan edi. Internet tarmoqlarda 30-oktabrdan boshlab ommabop avtomobillar sotuvi boshlangani haqida xabarlar tarqaldi, bu esa aholining Chevrolet dilerlik markazlarida shartnoma ochilmasdan avval sababsiz to‘planishiga olib keldi.

Mazkur soxta ma'lumotga qo'shimcha ravishda, shu kunlarda aholi o'rtasida avtomobil uchun shartnomalar tuzish bilan bog'liq shov-shuvlarni ko'tarishga urinish holatlari ham kuzatildi. Bunga misol tariqasida, go'yoki dilerlik markazi xodimlari yopiq eshiklar ortidan avtomobil sotib olish bo'yicha 50 ta shartnoma tuzganligi aks etgan videotasvirlarning keng tarqalganini ham keltirish mumkin.

Ushbu video boʻyicha shuni ta'kidlamoqchimizki, Chevrolet avtosalonlari bilan bog'liq mazkur hodisa avvalroq sodir etilgan bo'lib, joriy yilning noyabr oyida ommabop avtomobillar uchun ochilgan shartnomalarga mutlaqo aloqasi yoʻq, buni video tasvirlardagi aholining hozirgi mavsumga mos kiyimda emasliklaridan ham bilish mumkin.

UzAuto Motors bunday holatlarga juda jiddiy yondashadi hamda kompaniyaga ushbu hodisa to'g'risidagi ma’lumot kelib tushishi bilanoq, ushbu dilerlik markazida shartnoma tuzish tizimi darhol uzilgan. Bundan tashqari, ushbu salon rahbariyatiga nisbatan intizomiy jazo choralari qo'llanildi.

Eslatib o‘tamiz, agar siz har qaysi Chevrolet dilerlik markazlarida bu kabi holatlarga guvoh bo‘lsangiz yoki qonunga zid xatti-harakatlarni sezsangiz, darhol kompaniyaning rasmiy aloqa kanallari orqali xabar berishingizni so'raymiz. Shundagina bunday muammolarni bartaraf etishimiz, ularning faoliyatida halollik va oshkoralikni ta’minlash bo‘yicha samarali choralar ko‘rishimiz mumkin.

Call-center:+99878 141 7777

Qayta aloqa boti: @UzAutoOnlineBot

Hurmatli mijozlar, Chevrolet avtomobillari uchun kontraktatsiya boshlangani haqidagi ma'lumotlarni faqat rasmiy kanallardan olishingizni so'raymiz! Sotuv boshlanganligi to‘g‘risida va boshqa ma’lumotlarni UzAuto Motors’ning rasmiy kanallaridan olishingiz mumkin:

Website Instagram Facebook

Report Page