Hurmatli avtoixlosmandlar,

Hurmatli avtoixlosmandlar,

UzAuto Motors

UzAuto Motors kompaniyasi muntazam ravishda avvalgi avtomobillar xaridi uchun tuzilgan shartnomalardan chiqarilgan hajmlarni kontraktatsiyaga taklif etib kelayotganini yana bir bor eslatib o‘tadi.

Avtomobillarni xarid qilish uchun shartnoma tuzish faqat savdo.uzavtosanoat.uz sayti orqali amalga oshirilishi mumkin.

Telegram-bot hamda UzAvtosavdo ilovasi navbatni kuzatish xizmatini hamda mavjud avtomobillar haqida ma’lumotni taqdim etadi.

Eslatib o‘tamiz, avtomobil xaridi uchun tuzilgan shartnomalar bo‘yicha to‘lov yetti kalendar kun ichida amalga oshirilishi lozim. Aks holda, mazkur shartnomalar avtomatik ravishda bekor qilinib, kontraktatsiyaga qayta qoʻyiladi. Shu munosabat bilan UzAuto Motors avtoixlosmandlardan tuzilgan shartnomalar boʻyicha toʻlovlarni oʻz vaqtida amalga oshirishlarini so‘raydi.

Fursatdan foydalanib, UzAuto Motors avtoixlosmandlardan avtomobillarni sotib olish uchun boshqa resurslardan foydalanib shartnoma tuzmaslikni hamda firibgarlardan ehtiyot bo‘lishni qat’iy so‘raydi. Savdo.uzavtosanoat.uz onlayn shartnoma tizimi barcha uchun mutlaqo bepul va tizimda hech kim uchun qandaydir alohida kirishni ta’minlaydigan imkon mavjud emas.

UzAuto Motors shaxsiy ma'lumotlar uchinchi shaxslarga topshirilganda  hech qanday javobgarlikni o‘z zimmasiga olmaydi.

Agar sizda qandaydir savol bo‘lsa, kompaniya +998 78-141-7777 raqamiga murojaat qilishni tavsiya qiladi.


Report Page