Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolari!

Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi fuqarolari!

MoliyaPress

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 2-iyuldagi PF‒164-son Farmoniga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida favqulodda holat joriy etilishi munosabati bilan ushbu hududda Tashabbusli budjet jarayonining 2-mavsumini o‘tkazish ma'lum bir vaqtga kechiktirilgan edi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoni bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududida joriy etilgan favqulodda holatning amal qilishi 2022-yil 21-iyul kuni soat 05:00 dan boshlab muddatidan avval tugatilishi munosabati bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi tuman va shaharlarida Tashabbusli budjet jarayonining 2-mavsumini joriy yilning 22-iyuldan boshlab o‘tkazilishini ma'lum qilamiz.

Hurmatli Qoraqalpog‘iston Respublikasi ahli, ushbu jarayonlarda faol ishtirok etgan holda o‘z hududingizdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan loyihalarni ilgari suring, tashabbus ko‘rsating.


Moliya vazirligi

Axborot xizmati

Report Page