Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tumandagi korxona, muassasa va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Bugun huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, tumandagi korxona, muassasa va tashkilot rahbar va xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Unda jinoyat ishlari boʻyicha Boʻka tuman sudining raisi Sh.Abduqodirov “Korrupsiya harakatlari uchun javobgarlik” mavzusida ushbu turdagi jinoyatlar taxlili va jinoiy javobgarlik masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, tumandagi qizil hudud hisoblangan “Doʻstlik”, “Yangihayot”, “Oltish”, “Ramadon”, “Xoʻjaqoʻrgʻon”, “Quldiroq”, “Qoʻldoshtepa”, “Achamayli”, “Istiqlol”, “Rovot”, “Qoraquduq”, “Boʻka”, “Boʻston” va “Koʻkorol” mahalla fuqarolar yigʻini raislari, hokim yordamchilari va fuqarolari ishtirokidagi davra suhbatida davra suhbatida Yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitusiyaning mazmun-mohiyati, jumladan Konstitusiyaning 30,31,44,65-moddalari, “Yangi Oʻzbekiston” taraqqiyot strategiyasi, Oʻzbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish toʻgʻrisida” gi qonuni va bu turdagi jinoyatlar uchun javobgarlik asoslari, “Odam savdosi va majburiy mehnatning salbiy omillari”, 2023 yil 15-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-823-sonli qonunidagi Jinoyat kodeksiga kiritilgan 122-modda, ya'ni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish va Ma'muriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksiga kiritilgan 476-modda, ya'ni bolani chet davlat hududida nazoratsiz qoldirish uchun javobgarlik asoslari va 2023 yil 11 apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-829-sonli Qonuni, 2023 yil 31 oktyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-874-sonli qonunidagi nikoh yoshidagi qonunchilikni yoki nikoh tuzish tartibini buzish bilan bogʻliq ma'muriy huquqbuzarlik va jinoyatlar uchun javobgarlik masalasi va Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2023 yil 23 iyundagi “Firibgarlikka oid ishlar boʻyicha sud amaliyoti toʻgʻrisida”gi 17-sonli qarori mazmun-mohiyati, “Sud qarorlarining qonuniyligi, asosliligi va adolatliligini tekshirish instituti takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining jinoyat-prosessual kodeksiga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi 27.09.2023 yildagi OʻRQ-869-sonli Oʻzbekiston Respublikasining qonunining mazmun-mohiyati tushuntirildi va tumanda koʻp sodir etilayotgan huquqbuzarliklar va jinoyatchilikni oldini olish boʻyicha suhbat oʻtkazildi, ularning shu mavzudagi savollariga javob berildi.