Huquqni muhofaza qiluvchi organlar hamda Mir Arab madrasasi mas’ul xodimlari Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlari xodimlari bilan uchrashdi
Buxoro viloyati davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasiga jiddiy e’tibor qaratilib, uni oldini olish yuzasidan izchil ishlar olib borilmoqda.
Bugun viloyat davlat soliq boshqarmasida shaxsiy tarkib, DSI rahbarlari, Buxoro soliq texnikumi mas’ul xodimlari hamda hududiy DSIlardagi studiyalar orqali jami 500 nafardan ortiq barcha xodimlar ishtirokida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ham korrupsiya mavzusiga e’tibor qaratildi.
Tadbirda viloyat huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari mas’ul xodimlari hamda Mir Arab madrasasi diniy soha vakillari ishtirok etib, korrupsiya balosining jirkanch oqibatalari, shuningdek davlat soliq organlari tizimida korrupsiyaning oldini olish va unga chek qo‘yish borasida ma’ruzalar qildilar.
Xususan, poraxo‘rlik va ta’magirlik holatlariga yo‘l qo‘ygan davlat xizmati organlari xodimlarining ayrim jirkanch hatti-harakatlari ochiq-oydin o‘qib eshittirilib, yig‘ilaganlarga bundan to‘g‘ri xulosa chiqarishlari aytib o‘tildi.
Tanqidiy tartibda o‘tgan uchrashuvda bugungi kunda ayrim joylarda davlat ro‘yxatidan o‘tmasdan noqonuniy ravishda tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanish holatlari uchrab turgani va unga davlat soliq xizmati organlari xodimlari tomonidan belgilangan tartibda ta’sir chorasi ko‘rilmayotgani keskin tanqid ostiga olindi.
Shuningdek, viloyat davlat soliq xizmati organlarida korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabat qaror toptirish uchun DSI boshliqlari va o‘rta bo‘g‘in rahbar kadrlari qo‘l ostidagi xodimlarning funkional vazifalarini halol va vijdonan bajarishlarini ta’minlashga mas’ul ekanliklari yana bir bor eslatib o‘tildi.
Ayniqsa, bozorlar va savdo komplekslari hamda xududlarga biriktirilgan davlat soliq inspektorlarining “Soliqchi-tadbirkorga ko‘makchi” tamoyili asosida vijdonan xizmat qilishlari zarurligi ta’kilab o‘tildi.
Tadbir davomida uzoq yillardan buyon tizimda faoliyat olib borayotgan xodimlar ham so‘zga chiqib, bugungi kunda davlat soliq xizmati xodimlarining halol, pok va vijdonan xizmat qilishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratib berilganini oldingi davrlarga taqqoslab gapirib o‘tdilar.
Uchrashuvda, bildirilgan fikr-mulohazalardan kelib chiqqan holda o‘zaro xulosalar almashildi hamda davlat soliq xizmati organlarini korrupsiyadan holi tizimga aylantirishda barcha xodimlar bir-birin nazorat qilishiga kelishib olindi.
Buxoro viloyati DSB
Matbuot xizmati.