“Huquqiy ko‘mak darchasi” tashkil etildi
O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2022-yil 11-noyabrdagi 272-um-sonli buyrug'iga asosan, To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limida, fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar berish, ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalarda huquqiy ko‘mak ko‘rsatish, fuqarolarning ortiqcha sarsongarchiligini oldini olish maqsadida tuman adliya bo'limida “Huquqiy ko‘mak darchasi” tashkil etildi.
“Huquqiy ko‘mak darchalari” tegishli mutaxassislar tomonidan qonunchilikdagi sudlar faoliyati bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartiblar haqida fuqarolarga og‘zaki huquqiy tushuntirishlar hamda maslahatlar berish bilan bog‘liq faoliyatni amalga oshiradi;
“Huquqiy ko‘mak darchalari” faoliyatini tashkil qilish quyidagi tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
qonuniylik;
xolislik;
sud organlarining faoliyatiga aralashmaslik;
byurokratizm va sansalorlikka yo‘l qo‘yilmaslik;
korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar ustuvorligi;
shaxsiy mas‘uliyat.
“Huquqiy ko‘mak darchalari”ning asosiy maqsadi fuqarolarga huquqiy ko‘mak ko‘rsatilishini ta’minlash, shuningdek, aholida sud organlariga murojaat qilishda amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish va rivojlantirish hamda fuqarolarning huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga hissa qo‘shishdan iborat;
“Huquqiy ko‘mak darchalari” o‘z faoliyatini sud, davlat boshqaruvi organlari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, advokatura hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshirishi mumkin;
“Huquqiy ko‘mak darchalari” o‘z faoliyatini amalga oshirishda quyidagi majburiyatlarga ega hisoblanadi:
sud bilan bog‘liq hamda sud-protsessual tartibdagi masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berish maqsadida fuqarolarni belgilangan qabul soatlari doirasida qabul qilish;
fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar, maslahatlar berish va zaruratga ko‘ra huquqiy yordamlar ko‘rsatish;
xolislikni ta’minlash.
“Huquqiy ko‘mak darchalari” o‘z faoliyatini fuqarolarning shaxsiy qabuli hamda masofaviy (telefon orqali) shaklda amalga oshiradi.
“Huquqiy ko‘mak darchalari”ga murojaat etgan shaxslarga huquqiy yordam ko‘rsatish qonunchilikda belgilangan asoslarga ko‘ra rad etilishi mumkin.
Murojaat qiluvchi shaxslarga ular bilan suhbat davomida beriladigan huquqiy tushuntirish va maslahatlar tavsiyaviy xarakterga ega hisoblanadi.
Fuqarolarning sudlar faoliyati bilan bog‘liq masalalari yuzasidan hamda sud-protsessual tartiblar haqida huquqiy tushuntirishlar olish, ushbu holatlar bilan bog‘liq masalalarda huquqiy ko‘mak zarur bo'lsa tuman adliya bo'limiga murojaat qilishlari mumkinligini ma'lum qilamiz.
Manzil; To‘rtko‘l tumani Nukus ko‘chasi raqamsiz uy.
To‘rtko‘l tumani adliya bo‘limi Davlat xizmatlari markazi binosi