"Hunar- hunardan rizqing unar"
Bugun Romitan tumani 11- umumta'lim maktabining yuqori sinf o'quvchilari bilan ularni kasb - hunarga yo'naltirish maqsadida ,maktabimiz yaqinidagi ishlab chiqarish korxonalariga sayohat uyushtirildi. Sayohat maktabimiz psixologi M.Rajabov va texnologiya fani o'qituvchisi H. Hamroyev tomonidan tashkil etildi.
Yigitlar eshik va romlar ishlab chiqariladigan korxona faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Ish faoliyatini kuzatdilar
O'zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Maktabimizning yuqori sinf qiz o'quvchilari esa mahallada joylashgan , turli pishiriqlar va shirinliklar tayyorlanadigan sex faoliyati va ish jarayoni bilan tanishdilar
O'quvchilar bu sayohatdan katta taassurot olib qaytdilar. Chindan ham bunday tadbirlarning tashkil etilishi o'quvchi - yoshlarda kasb - hunarga bo'lgan qiziqishning rivojlanishiga sabab bo'ladi.Kelajakda ularning ma'lum bir kas- hunarga ega bo'lishlari uchun qanot bo'lib xizmat qiladi. Zero xalqimizda " Hunarli kishi xor bo'lmaydi " degan maqol bor.
Romitan tumani 11- umumta'lim maktabi matbuot xizmati