Humoyun hikoyasi

Humoyun hikoyasi


Hammaga Salom. Mening ismim Humoyun yoshim 23 yoshda. Toshkent shahrida tug'ilib katta bo'lganman. Toshkentda 2-sonli Respublika tibbiyot kollejida Farmasevtika yo'nalishida tahsil olgan vaqtimda Toshkentning "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati, hozirgi "Yoshlar ittifoqi"da o'z faoliyatimni boshlaganman va ko'plab yutuqlarga erishganman. Undan keyin esa menda chet el davlati ta'lim sohasiga qiziqish boshlangan va ingliz tili kurslariga muntazam ravishda bordim va o'rgandim. Keyinchalik esa imtihon topshirib Latviya davlati Universitetlarining biriga biznes boshqaruv va turizm sohasi bakalavr bosqichiga student bo'lishga muvaffaq bo'ldim. latviyadigi hayotim ijobiy ma'noda juda ham ko'plab taassurotlarga sabab bo'ldi. Men, ochig'ini aytsam, ishlash yoki pul topish maqsadida bormagan edim, aksincha, o'zimdan holi bo'lib, yanada o'zimni ustimda ishlashga majburlar edim.

1-bosqichni a'lo baholarga tamomlab, yoz fasli boshlanishi bilanoq Universitetdan Erasmus grantini olishga muvaffaq boldim va mening keyingi sayohatim Gretsiyaning nufuzli Orollaridan biri Crete orolining "Aldemar resort" hotellarining biriga Main bar barmen yo'nalishi boyicha amaliyot o'tadim amaliyotim davomida men Erasmus granti orqali pulga ega bo'ldim hamda Hotel meni har kunlik turar joy hamda ovqatlanish xarajatlarimni qoplar edi.

Pragadagi xayotim xaqida xam ozgina to'xtalib o'tmoqchiman. Erasmus grantini bitta talaba bir marotaba 12 oyga qo'lga kiritishi mumkun. Talaba yil davomida yuqori akademik ko'rsatgichlarga ega bo'lgan bolishi shart. Shunda u Yevropa ittifoqi davlatlaridan birini tanlash imkoniyatiga ega bo'ladi.

Men esa Chexiyaning Praga shaxridagi universitetlaridan birida, Erasmus granti orqali tahsil olishga muvaffaq bo'ldim. Menda eng ko'p yaxshi taassurot qoldirgani — bu turizm sohasi boldi. U orqali men dunyo kezdim, yangi bilimlar va do'stlarga boyidim. Hammaga maslahat berardim, turizm sohasida o'qib, turli xil mamlakatlarni kezib, dunyoqarashingizni kengaytirishingizni. Bu albatta sizni yetuk kadr bo'lib yetishishingizda juda katta qadam bo'ladi deb hisoblayman.

@EduNow

Report Page