Hukumat qarori bilan “Ibratli oila” ko'krak nishonini berish tartibi belgilandi
![](https://telegra.ph/file/1eef819e4cd87357ea422.png)
Qarorga ko'ra, ushbu ko'krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo'shgan namunali oilalar taqdirlanadi.
🔰 Shunga muvofiq:
▫️Har yili 1 martgacha Xotin-qizlar faollari, oilaviy qadriyatlarni mustahkamlash komissiyalari tomonidan ko'krak nishoni bilan taqdirlashga oid takliflar shakllantiriladi.
Takliflar tuman (shahar) kambag'allikni qisqartirish va bandlik bo'limlariga taqdim etiladi.
▫️Har yili 15-martgacha nomzod oilalar har tomonlama o'rganilib, 15-aprelgacha eng munosiblari bo'yicha yakuniy xulosa qabul qilinadi.
📌 Nomzod oilalar tanlanayotganda, jumladan, quyidagilarga alohida e'tibor qaratiladi:
🔹oilada va jamoat joylarida kutubxonalar tashkil etgan;
🔹oila a'zolari ilmli, ziyoli bo'lgan, shuningdek, ilmiy darajaga ega bo'lgan;
🔹ota-onasi qaramog'idan mahrum bo'lgan bolalarni farzandlikka, vasiylikka, homiylikka olgan;
🔹oilaviy sport bilan shug'ullanib, respublika va xalqaro darajadagi yutuqlarga erishgan;
🔹oilaviy tadbirkorlik faoliyatini yo'lga qo'yib, iqtisodiyotni rivojlantirishga hissa qo'shayotgan.
❕Ko'krak nishoni bilan mukofotlangan oilalar 15-may – Xalqaro oilalar kuni bayrami arafasida tantanali taqdirlanadi.
💰Taqdirlangan ibratli oilalarga BHMning 4 baravari miqdorida bir yo'la to'lanadigan pul mukofoti beriladi.
➡️ Ko'krak nishoni bilan taqdirlangan oilalar yashaydigan xonadonlar va uy-joylarning kirish qismiga “Ibratli oila” belgisi o'rnatiladi.
▫️Bir oila ko'krak nishoni bilan bir marta taqdirlanadi.
⚠️ Eslatib o'tamiz, mazkur ko'krak nishoni Prezidentning 2022-yil 7-martdagi farmoni bilan ta'sis etilgan.
Termiz shahar yuridik xizmat ko'rsatish markazi bosh yuriskonsulti - Sharipov Behruz