Hukumat nima?

Hukumat nima?

Азамат Шамузафаров

Hukumatlar bir-biriga o‘xshamaydi.

18-asrning deyarli eng oxirigacha Fransiyani qirol boshqargan. Kishilar qirollarga vakolatlarni Xudoning o‘zi beradi deb o‘ylaganlar. O‘rta asrlarda Italiyaning Siena shahrini boy fuqarolar kengashi boshqargan bo‘lib, uning tarkibi har ikki oyda almashgan. Qadimgi Spartada turli shohlar avlodiga mansub ikki shoh hukmronlik qilgan. Markaziy Afrikada Luba imperiyasini ko‘plab dohiylar va bitta qirol boshqargan.

Hukumatni ifodalovchi kishilar boshqalarga nimani qilish va nimani qilmaslikni ko‘rsatish uchun vakolatlarga ega bo‘lishi kerak. Faqat shu holdagina ularga quloq solishadi. Lekin hukumatning vakolatlari qayerdan olinadi? Ularning manbalari an’analar, oliy kuchlar, ommaviy mashhurlik yoki donishmandlik ... bo‘lishi mumkin.

An’ana

Oilamiz bu yerlarni asrlardan beri boshqarib keladi. Mening onam qirolicha bo‘lgan, endi men qirolichaman. Bizning ajdodlarimiz ushbu shaharga asos solishgan.

Mashhurlik

Har besh yilda bizda yangi hukumat saylovi o‘tkaziladi. Eng ko‘p ovoz to‘plaganlar vakolatlarga ega bo‘ladi. Saylovchilarni bizga ovoz berish uchun ishontirishimiz kerak.

Oliy kuchlar

Firavn Xudoga tengdir. Shoh – Xudoning Yerdagi vakili hisoblanadi.

Hatshepsut - Qadimgi Misrning birinchi ayol fir'avni (Miloddan avvalgi 1490 / 1489-1468 yillar e., mil. avv. 1479-1458 e. yoki miloddan avvalgi 1504-1482 yillar. e.)

Donishmandlik

Faylasuflar shoh bo‘lishi kerak. Ular odamlar uchun nima yaxshiligini biladilar. Hukumat faqat eng aqlli kishilardan iborat bo‘lishi zarur.

Agar hukumat vakolatlarga da’vo qilsa, unda buning uchun ishonchli sabab bo‘lishi, va ushbu sababni hamjamiyatdagi ko‘pchilik kishilar (agar hamma bo‘lmasa) tan olishi kerak. Ushbu ikki shart bajarilganda hukumat legitim, ya’ni qonuniy hisoblanadi.

Ba’zan kishilar hukumatning qonuniyligini tan olmaydilar va uni almashtirishni istaydilar. Ular norozilik bildirishlari va islohotlar o‘tkazishni talab qilishlari yoki hokimiyatga yangi hukumatni olib kelishi mumkin bo‘lgan to‘ntarishni amalga oshirishlari mumkin.


Report Page