Hujjat va talablar:
Jasur AhmedovDavlat notarial idorasi notariusini lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov va xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihonini o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizomning (ro‘yxat raqami 3114, 2019-yil 4-yanvar) 7-bandiga asosan quyidagi hujjatlar elektron shaklda taqdim etiladi:
- komissiya nomiga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shaklda ariza;
- mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq to‘ldirilgan so‘rovnoma;
- malaka imtihonini topshirganligi (qayta topshirganligi) haqida hududiy adliya organi huzuridagi malaka komissiyasining qaroridan ko‘chirma yoki belgilangan tartibda stajirovka o‘taganligi haqida ma’lumotnoma.
Nizomning 72-bandiga muvofiq tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan shaxsdan mazkur Nizomda nazarda tutilmagan hujjatlarni taqdim etilishini talab qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Nizomning 9-bandiga ko‘ra tanlov bo‘yicha talabgorlar mazkur Nizomning 7-bandida ko‘rsatilgan hujjatlarni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga elektron shaklda, ular qabul qilib olinganligi to‘g‘risida ma’lum qilgan holda taqdim etadi.
Elektron shaklda taqdim etilgan ariza va unga ilova qilinayotgan har bir hujjat haqiqiyligi saqlanishini ta’minlovchi (har bir dyuymga 200 nuqtadan kam bo‘lmagan) alohida fayl ko‘rinishida bo‘lishi kerak. Har bir fayl o‘lchami 10 Mbdan oshmasligi lozim.
Hujjatlar “PDF” (portable document format) formatida skaner qilingan holda Adliya vazirligining mas’ul xodimi r.abdigabbarov@adliya.uz elektron pochta manziliga jo‘natiladi.
Talablar:
“Notariat to‘g‘risida”gi Qonunning 2-moddasiga asosan yigirma besh yoshdan kichik va oltmish besh yoshdan katta bo‘lmagan, oliy yuridik ma’lumotga, yuridik mutaxassislik bo‘yicha kamida uch yillik ish stajiga ega bo‘lgan, shu jumladan notarial idorada kamida bir yil stajirovka o‘tagan, malaka imtihonini topshirgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi notarius bo‘lishi mumkin.