"Hujayra" nomli mazali tort retsepti 🎂

"Hujayra" nomli mazali tort retsepti 🎂


Assalomu alaykum hurmatli "chocoholic" lar😁

Bugun, aniqrog'i hozir men sizlarga yana bir yangi retsept asosida mazali😋 tort pishirishni o'rgataman🎂


Qanday tort ekanligiga qiziqyapsizmi😃 unda ko'p kuttirmasdan boshladik, let's go😉


Bilasizmi, bu tortning nomini men "Hujayra" deb atadim, sababini esa tayyorlanish jarayoni davomida bilib olasiz☺️


📋 Biz bu tortni tayyorlashni avvalo "Hujayra" ning "Sitoplazma" sidan boshlashimiz kerak. "Sitoplazma" qismini tayyorlashimiz uchun bizga kerak bo'ladi:


"Gialoplazma" deb ataluvchi maxsus krem 🧁(hech qanday qo'shimchalarsiz, tiniq, dildiroq, eng qimmatidan olishni unutmang😁)


"Organoidlar" deb ataluvchi quyidagi mevalar :


"Yadro" deb ataluvchi 🥝 kivi

(Tort pishiraman deb, yadro organoidga kirmasligini unutib qo'ymang yana guys🤭)


"Endoplazmatik to'r" deb ataluvchi 🍓qulupnay


"Mitoxondriya" deb ataluvchi 🍌 banan


"Ribosoma" deb ataluvchi 🍇 uzum donalari


"Golji majmuasi" deb ataluvchi 🍎 olma


"Lizosoma" deb ataluvchi 🍒 olcha donalari kerak bo'ladi👩‍🍳


Tortning bezashgacha bo'lgan qismi barcha tortlarniki bilan bir xil bo'lgani uchun bu qismini keltirmadik. Bizda eng muhim ish bu tortimizni bezash hisoblanadi🤓


✅ Tortni bezashda "Sitoplazma" ni hosil qilish uchun avvalo "Gialoplazma" deb ataluvchi kremni surtishdan boshlaymiz. Kremni surtishda ehtiyotkorlik bilan, tekis qilib, asosiysi mehr bilan surtishni unutmang😉 Mehr qo'shib qilingan har qanday taom shirin chiqadi😌


✅ "Gialoplazma" kremini surtib olgach, endigi navbat "Hujayra" mizga "organoidlar" deb ataluvchi mevalarni joylashtirish hisoblanadi.


✅ Bu ishni eng birinchi bo'lib kivi janoblaridan boshlaymiz. Chunki u kishi "Yadro" deb ataladi, har holda hurmatlari baland😎, chunki organoidlardan farqli ravishda hujayraning tarkibiy qismi hisoblanadi😯


🥝 kivini tortning eng markaziga joylashtiramiz, u kishi markazda, hammaning e'tiborida turishi kerak, ko'p maqtab yubordi deb o'ylamang, obro'siga yarasha vazifasi ham bor🫡 Usiz hujayramiz bo'lina olmaydi🙃


✅ Keyingi navbatni "Endoplazmatik to'r" deb ataluvchi qulupnayga beramiz. U ham hujayrada muhim ahamiyatga ega bo'lganligi va yadro bilan qo'shnichilik aloqalarini yaxshigina 🤝 o'rnatib olgani uchun uni yadroning chetiga joylab chiqamiz.


✅ Qulupnaylarni ham joylab bo'lgach, endigi navbat "Golji majmuasi" deb ataluvchi olmamizga. Golji majmuasi ham kattagina zavod 🏭 Unda ham ishchilar o'z vazifalarini jon - jahdi bilan bajarib, kecha-yu kunduz tinmay mehnat qilishadi. Golji majmuasining ham Endoplazmatik to'r janoblari bilan yaxshigina oldi - berdisi bor🤫

👩‍🍳🧑‍🍳Uning ishchilari Endoplazmatik to'rdan olgan har qanday mahsulotni "qadoqlash" vazifasini bajaradi. Xuddi siz sevgan "Alpen Gold" kabi shokoladlarni Endoplazmatik to'r ishlab chiqaradi va Golji majmuasiga "import" qiladi. Golji majmuasi ishchilari esa bu shokoladlarni yanada ishtahani ochadigan qilib ko'rsatadigan, chiroyli, yaltiroq qog'ozlarga o'raydi😄


✅ Golji majmuasi deb ataluvchi olmani (olmaning qizilidan tanlashni unutmang😉😁) maxsus karving pichog'i bilan parrak ko'rinishida chiroyli qilib kesib olasiz va endoplazmatik to'rga yaqinroq joyga qo'yasiz😉


Tortimiz borgan sari ishtahani ochadigan ko'rinishni olyapti, sezyapsizmi guys😃


✅ Endigi navbat "Mitoxondriya" deb ataluvchi bananga. Bananlarni yumaloq shaklda o'rtacha kattalikda kesib, endoplazmatik to'r va goljini o'rab oladigan halqa ko'rinishida tartib bilan taxlab chiqasiz( xohlasangiz boshqacha tartibda joylashingiz ham mumkin, bu ixtiyoriy😉)

Ha aytgancha, bilasizmi, banan insonga juda katta energiya beradi xuddi mitoxondriya kabi😄


✅ Endigi navbat "Ribosoma" deb ataluvchi uzum donalariga(uzumni qorasidan tanlashni unutmang😁) Uzum donalarini xohishingizga qarab gialoplazma kremining xohlagan joyiga qo'yishingiz mumkin, qulupnaylarni o'rtasini kesib, orasiga joylab qo'ysangiz yanada chiroyli bo'ladi. Nimaga deysizmi, chunki hujayrada ribosomalar sitoplazmada erkin uchrashdan tashqari, endoplazmatik to'rga birikkan holda ham uchraydi va muhim vazifani bajaradi🤓


✅ Vanihoyat oxirgi bosqichga ham yetib keldik😅

"Lizosoma" deb ataluvchi olcha donalarini ham Gialoplazma kremining xohlagan joyiga qo'yib chiqasiz, iloji bo'lsa Golji majmuasi ishchilariga yaqinroq bo'lsin, chunki bu ishchilar ba'zida lizosomalarni ham hosil qilib turadi😃


Mana qadrdon shirinlikxo'rlar, sizga aytgan "Hujayra" nomli tortni ham tayyorlab oldik, e'tiboringiz uchun rahmat ☺️

Ko'zingizni uzolmayapsizmi🤤🤩

Unda olg'a, yoqimli ishtaha 😋😁

Shu kabi tortlarning ham tayyorlanishiga qiziqadiganlar uchun ushbu videoni 📽 ko'rishni tavsiya qilaman : 👇

Making the cell cake 🎂

Report Page