Hududiy menejer
To'liq kunAsosiy vazifalar:
·Hududning tijorat faoliyatini boshqarish;
·Mintaqaviy menejer bilan o'zaro hamkorlik;
·Sohada belgilangan vazifalarni bajarish bo'yicha ko'rsatma berish;
·Agar kerak bo'lsa mintaqaviy menejer va markaziy guruh bilan o'zaro aloqada bo'lish;
·POS agentlari, CAP agentlari, filial xodimlariga biznes maqsadlariga erishishda ustozlik, qo'llab-quvvatlash va o'qitishdan iborat yetakchilik;
·Maksimal natijalarga erishish uchun qisqa va uzoq muddatli harakatlar rejalarini ishlab chiqish va amalga oshirish;
·Hududiy ofis xodimlarini o'qitish, rivojlantirish va murabbiylikka yordam berish;
·Mijozlarga sifatli xizmat ko'rsatishda ko'mak;
·Namuna olish, vazifalarni belgilash, mahalliy kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish orqali ish joyida samarali va rag'batlantiruvchi muhit yaratish;
·Hududning rejalashtirish jarayonida, shu jumladan mintaqalarda TBC Bankning o'sishi va rivojlanishini ta'minlash uchun hududning biznes-rejalari va byudjetlarini ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etish;
·Agar kerak bo'lsa, qo'shimcha vazifalarni bajarish.
Asosiy talablar:
·Oliy ma'lumot (Biznes ma'muriyati va boshqalar);
·Shu kabi lavozimda 2-3 yillik ish tajribasi;
·Bozorni bilish;
·Kompyuter savodxonligi (MS Office).
Ko'nikmalar:
·Mijozlarga xizmat ko'rsatish, kompaniyaning siyosati va protseduralari;
·Marketing, kadrlar tayyorlash va kadrlar bilan ishlashning sanoat jihatlari bo'yicha ko'nikmalar;
·Savdo qobiliyatlari;
·Aloqa, tashkilotchilik va boshqarish qobiliyatlari;
·Yaxshi tashkiliy ko'nikmalar;
·Xushmuomalalik;
·Mehnatsevarlik va o'z vaqtida ishlash;
·Og'zaki va yozma tilni to'g'ri tuzish.
Tillarni bilishi:
·Ruscha - to’liq;
·O'zbek - to’liq;
·Ingliz tili - yuqori daraja.
Iltimos, rezyumeingizni job@tbcbank.uz elektron pochta manziliga yuboring.