“HUDUDGAZTA'MINOT” AJ RASMIY MUNOSABATI

“HUDUDGAZTA'MINOT” AJ RASMIY MUNOSABATI



Bugun gaz ta'minoti tizimida ham keng ko‘lamli islohjtotlar amalga oshirilmoqda. Bundan asosiy maqsad aholini bir me'yorda gaz bilan ta'minlash hamda sohadagi mavjud muammolarning oldini olishdan iboratdir. 

2019-yilda tizim tubdan isloh qilinib, “Hududgazta'minot” AJ va uning joylardagi filiallari tashkil qilindi. Sohani isloh qilish ta'minotchi va iste'molchi o‘rtasida adolat o‘rnatishdan boshlandi. Ya'ni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 24-sentyabr'dagi PQ-4840-sonli qaroriga asosan joylarda elektron gaz hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. Bugun Samarqand viloyatida 125 000 ga yaqin tabiiy gaz iste'molchilariga "aqlli" gaz hisoblash uskunalari o'rnatilgan bo'lib, ushbu iste'molchilar iste'mol qilgan tabiiy gazini onlayn nazorat qilishi mumkin. Shuningdek, suyultirilgan gaz tizim ham to‘liq avtomatlashtirilib, “E-gaz” tizimiga ulandi. 

Tizimda yangilik sifatida korrupsiyaning oldini olish masalasiga alohida e'tibor qaratildi. Jumladan, “Hududgazta'minot” AJ tomonidan ushbu tizimga soflik va shaffoflikni ta'minlash maqsadida 2019-yilda “Moddiy resurslardan oqilona foydalanish va korrupsiyaga qarshi siyosatni amalga oshirish” bo‘limi tashkil etilib, korrupsion holatlarni aniqlash hamda turli noqonuniy holatlarga chek qo‘yish maqsadida tizimli ishlar yo‘lga qo‘yildi.

Misol uchun yaqinda, Samarqand viloyati Pastdarg‘om tumanida joylashgan “Samarqand gaz to‘ldirish stansiyasi”dan “Nurobod gaz servis” MChJga qarashli “DAF” rusumli 20 tonna sig‘imli yuk avtomashinasida aholi xonadonlariga ajratilgan imtiyozli narxdagi suyultirilgan uglevodorodli gazni yashirin ravishda talon-toroj qilinishi haqida huquqni muhofaza qilish organlarini gaz xodimlari xabardor qilgan va 10 ga yaqin gaz xodimlari ushbu holatni fosh etishda ishtirok etgan. 

Samarqand viloyati 2-sektor rahbari - viloyat prokurori R.Masharipov “Hududgaz Samarqand” gaz ta'minoti filialida bo‘lib, mazkur jinoyatni ochishda faol qatnashgan ishchi-xodimlarga minnatdorchilik bildirdi. Jamiyatda korrupsiyaga qarshi kurashda mansabdor shaxslar halollik vaksinasi bilan emlanishi lozimligini qayd etdi. Va bir guruh ishchi xodimlarga viloyat prokurorining faxriy yorlig‘i hamda Tohir Malikning “Halol nima-yu..., harom nima?” kitobi tantanali ravishda topshirildi.

“Hududgazta'minot” AJ matbuot xizmati


Report Page