YANGI ELEKTRON GAZ HISOBDONLAR OʻZ SAMARASINI BERMOQDA

YANGI ELEKTRON GAZ HISOBDONLAR OʻZ SAMARASINI BERMOQDA


“Angrenshahargaz" gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan tabiiy gaz isteʼmolchilari xonadonlariga zamonaviy “aqlli” gaz hisobdonlar oʻrnatildi, buning natijasida toʻlov intizomi yaxshilandi.

Misol uchun shaharga yangi OSTEN hisobdonlarni oʻrnatilishidan oldin aholi isteʼmolchilarning debitor qarzdorligi 1,7 mlrd soʻmni tashkil qilgan boʻlsa hozirda aholi isteʼmolchilarning tabiiy gazdan debitor qarzdorligi keskin qisqarib, jami 9,4 mln soʻmni tashkil qilmoqda.

Oʻtgan davrda bir oylik yetkazib berilgan tovar mahsulot qiymati 1,9 mlrd soʻm boʻlgan tushum esa 1,4 mlrd soʻmni tashkil qilib kelgan. Bu esa oylik olinayotgan tovar mahsulotga nisbatan pul tushimi bajarilishi 80-85 % ni tashkil etar edi.

Hozirgi kunga kelib pul tushumi 98-105 % ni tashkil qilmoqda.

Bugungi kunga kelib “Dukent”liklarni koʻp yillik orzulari amalga oshdi desak mubolagʻa boʻlmaydi. Angren shahar “Dukent” qoʻrgʻonida joylashgan 96 ta koʻp qavatli uylarda yashovchi aholi xonadonlari ham tabiiy gaz bilan taʼminlanmoqda. “Dukent”liklar bu kunni uzoq vaqt kutishdi. Bugungi kunda “Angrenshahargaz” gaz taʼminoti boʻlimi tomonidan har bir xonadon birma bir oʻrganib, texnik shartlari toʻliq taʼminlangandan soʻng tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib yangi hisobdonlar qoʻyilib bosqichma-bosqich tabiiy gaz berilmoqda.

Tabiiy gaz berilmasidan oldin elektr energiyasi oʻchsa suyultirilgan gaz taʼminotida ham uzilishlar boʻlgan. Turmush oʻrtogʻimiz farzandlarimiz ishdan oʻqishdan kelishlariga vaqtida taom tayyorlab berolmas edik.Koʻp qavatli uyni pastida oʻchoq yoqib ovqat qilgan kunlarimiz ham boʻldi deydi biz bilan suhbatda koʻp qavatli uylardan birida yashovchi xonadon sohibasi Gulnora Tojiyeva.

Ayni damda “Dukent” qoʻrgʻonidagi 14 dahada joylashgan 7,10,11,12- sonli koʻp qavatli uylarga tabiiy gaz berildi. Xonadonlarga gaz hisobdonlari oʻrnatish bilan parallel xolda, fuqarolarga gaz anjomlaridan foydalanish qoidalari, texnika va yongʻin xavfsizligi qoidalari, IS gazining kelib chiqishi, tirik organizmga taʼsiri toʻgʻrisida tushunchalar berib borilmoqda.

Insonlarning yashash sharoitlarini yaxshilash bilan birga, eng asosiy omillardan biri ularning xavfsizligi va salomatligi boʻlganligi uchun, Angren shahri aholisi hamda “Dukent” aholisi fuqarolariga xavfsizlik qoidalarini yana bir bor eslatib oʻtilmoqda.


“HududgazToshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati



Report Page