AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILMOQDA

AHOLI MUROJAATLARI OʻRGANILMOQDA


Bosh qomusimiz Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 35-moddasida belgilab qoʻyilganidek, har bir shaxs bevosita oʻzi va boshqalar bilan birgalikda vakolatli davlat organlariga, muassasalariga yoki xalq vakillariga ariza, taklif va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga egadir.

Konstitutsiyamizdagi mazkur moddada belgilangan huquqning taʼminlanishi, kafolatlari koʻplab qonun va qonunosti hujjatlarida oʻz aksini topgan. Jumladan, “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari toʻgʻrisida”gi qonunda fuqarolar, aniqroq aytganda, jismoniy va yuridik shaxslarning davlat organlari va muassasalariga murojaati sohasidagi munosabatlar tartibga solinishi huquqiy jihatdan mustahkamlab qoʻyilgan.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialiga ham viloyatning turli hududlaridan turfa xil mazmun va shakldagi murojaatlar kelib tushadi. Ularning bir qismida hamyurtlarimizning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga nisbatan munosabatlari bayon etilgan boʻlsa, yana boshqa qismida joylarda ayrim yurtdoshlarimiz duch kelayotgan muammolar yuzasidan shikoyat qilinib, ularni hal etishga amaliy yordam berilishi soʻralgan boʻladi.

Xususan, joriy yil boshidan bugunga qadar “Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filialiga fuqarolarimizdan 1 709 ta murojaatlar kelib tushgan boʻlib, ularning qariyb 1 612 tasi koʻrib chiqildi hamda 97 tasi koʻrib chiqish jarayonida ekanligini aytish mumkin.

Joriy yilning 5 oyligi davomida rejaga asosan viloyatning 19 ta hududlarida sayyor qabullar tashkillashtirilib, fuqarolarning tabiiy va suyultirilgan gaz taʼminotiga oid muammo va masalalari joyida bartaraf etildi.

Misol uchun, Boʻka tumani “Koʻkorol” MFY “Bahor” koʻchasida yashovchi fuqaro Choʻliyeva Mashxuradan Maishiy gaz ballonga ehtiyoji borligi masalasida murojaati kelib tushgan.

Xonadonga borib koʻrilganida haqiqatdan ham fuqaroning maishiy gaz ballonga ehtiyoji borligi aniqlandi va barcha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, joyida fuqaroga maishiy gaz ballon ajratish choralari koʻrildi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page