QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA

QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK DAVOM ETMOQDA


Chinoz tuman tabiiy gaz isteʼmolchilarini kuz-qish mavsumida barqaror tabiiy gaz bilan taʼminlash, isteʼmol qilinayotgan tabiiy gaz hisobini yuritishda qulayliklar yaratish maqsadida, bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Tasdiqlangan reja-jadvalga asosan, tumandagi 9,4 km gaz quvurlari tartibga keltirildi va boʻyoqlandi.57 dona gaz taqsimlash nuqtalari taftishdan oʻtkazildi.

Isteʼmolchilar gaz sarfini hisoblashda “Tabiiy gaz hisobi va nazoratini yuritishda avtomatlashtirilgan tizimi”ni joriy etish maqsadida, tumandagi 24221 ta aholi xonadonlariga zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunalari oʻrnatildi.

Aholi xonadonlarini tabiiy gaz bilan bir meʼyorda va xavfsiz taʼminlash maqsadida zamonaviy elektron gaz hisoblash useunalarining 20150 donasiga bosim sozlagich qurilmasi (reduktor) oʻrnatildi buning natijasida Chinoz tumani hududida oʻrnatilgan jami 294 dona GTN (gaz taqsimlash nuqta)lar payvandlash yoʻli bilan tarmoqdan uzilib (demontaj) gazlashtirish tizimini 3-bosqichli tizimdan 2-bosqichli tizimga oʻtkazildi. 


“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page