BIR YILDA BIR MAROTABA UY ICHI GAZ JIHOZLARINGIZNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZING

BIR YILDA BIR MAROTABA UY ICHI GAZ JIHOZLARINGIZNI TEXNIK KOʻRIKDAN OʻTKAZING


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvarda qabul qilingan "Elektr energiyasi va tabiiy gazdan foydalanish tartibini takomillashtirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi 22-son qaroriga koʻra, gaz taʼminoti tashkiloti tomonidan tasdiqlagan jadvallar hamda tariflar boʻyicha isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlari va "zangori olov"dan foydalanish uskunalariga profilaktik xizmat koʻrsatiladi. Bunda, koʻp qavatli turar joylardagi gaz plitalar, boshqa gaz uskunalari mavjud boʻlmaganda - ikki yilda bir marta, turar joylardagi gaz plitalari, isitish, suv isitish uskunalari - yilda bir marta va har bir isitish mavsumi boshlanishidan avval mutaxassis koʻrigidan oʻtkazish majburiy qilib belgilab qoʻyilgan. Bu gaz tarmoqlarida uchraydigan turli avariyalar va koʻngilsiz talofatlarning oldini olishga xizmat qiladi. Shuni alohida taʼkidlash joizki, "zangori olov"dan toʻgʻri foydalanishda gaz uskunalari va joʻmraklarning sozligi muhim ahamiyat kasb etadi.

Ayni kunlarda Toshkent viloyatining barcha tumanlarida tasdiqlagan jadvallar va tariflar boʻyicha" "Chinoztumangaz" gaz taʼminoti boʻlimi 24 920 ta tabiiy, 911 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilariga xizmat koʻrsatadi. 2022 yilning birinchi choragi davomida boʻlim chilangarlari tomonidan tumanidagi 5476 ta tabiiy va 223 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari, jami 5699 ta aholi xonadonlaridagi gaz uskunalariga texnik xizmatlar koʻrsatildi.isteʼmolchilarning ichki gaz tarmoqlari va "zangori olov"dan foydalanish uskunalariga profilaktik xizmatlar koʻrsatilmoqda.


"Hududgaz Toshkent" gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati


Report Page