MAQSADIMIZ ISTEʼMOLCHILARNI OGʻIRINI YENGIL QILIB ULARNI ROZI QILISH

MAQSADIMIZ ISTEʼMOLCHILARNI OGʻIRINI YENGIL QILIB ULARNI ROZI QILISH


Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 6 fevraldag 8-son yigʻilish bayoni hamda 2020 yil 5-oktabrdagi "Raqamli Oʻzbekiston-2030" strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisidagi PF – 6079 - son Farmoniga muvofiq, avtomatlashtirilgan "E - Gaz" dasturi ishlab chiqilgani va ushbu dastur orqali Toshkent viloyatidagi barcha isteʼmolchilarga yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz hisobini yuritish joriy etilgan. Bundan erishiladigan asosiy maqsad, suyultirilgan gaz hajmini gaz toʻldirish punkti va gaz toʻldirish stansiyalaridan aholi xonadonlarigacha yetib borishda professional davlat xizmatining samarali tizimini shakllantirish, qogʻozbozlikka chek qoʻyishning amaliy mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, suisteʼmolchilik faktlariga va boshqa salbiy holatlarga qarshi kurashishda katta koʻlamdagi ishni bajaradi.

Hozirgi kunda maishiy gaz ballonlariga maxsus bar kodli stikerlar oʻrnatilib, isteʼmolchilarga ID-kartalari tarqatilib, ID-kartalari orqali suyultirilgan gaz hajmi yetkazib berilishi yoʻlga qoʻyilgan.

Toshkent viloyati Chinoz tumani hududida 24 994 ta tabiiy gaz aholi isteʼmolchilari hamda Chinoz tumanida 900 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchilari mavjud boʻlib, suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadigan isteʼmolchilarni 2022 yil boshidan 20 aprel kuniga qadar 52,620 tn suyultirilgan gaz hajmlari yetkazib berilgan.

Chinoz tumanidagi suyultirilgan gaz bilan taʼminlanadigan isteʼmolchilarni Quyichirchik tumani "Quyichirchik gaz toʻldirish shahopchasi" tomonidan suyultirilgan gaz yetkazib beriladi. "Chinoztumangaz" gaz taʼminoti boʻlimida isteʼmolchilarni uzluksiz bir maʼromda suyultirilgan gaz bilan taʼminlash maqsadida, 1 ta ISUZU rusumli maxsus suyultirilgan gaz tashuvchi avtotransport xizmat koʻrsatadi. Bundan tashqari Chinoz tumanidagi suyultirgan gaz isteʼmolchilariga 30-35 oraligʻida suyultirgan gaz bilan taʼminlanib kelinmoqda.


“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page