XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARDAN FOYDALANAYLIK

XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARDAN FOYDALANAYLIK


Bugungi kunda Toshkent viloyatining Zangiota tumanida 41637 ta aholi xonadonlari “Zangiotatumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

Tuman hududida 2022-2023 yil kuz-qish mavsumi davrida aholi orasida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash va yongʻinlar kelib chiqishi kabi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish maqsadida Boʻlim tomonidan 20 dan ortiq xodimlar jalb qilingan.

Biriktirilgan xodimlar tomonidan 19674 ta hovli va 1302 ta koʻp qavatli uylar xatlovdan oʻtkazilib, shundan 370 dona sifat sertifikatiga ega boʻlmagan (nostandart) yondirgichli isitish pechlari gaz tarmogʻidan uzildi. 187 dona zamonaviy energiya tejamkor avtomatik gaz yondirgichlari isteʼmolchilar xonadoniga oʻrnatildi.

Oddiy yondirgichdan foydalanilganda qish mavsumida bir oylik oʻrtacha gaz sarfi 650 metr kubni tashkil etsa, yangi avtomatlashtirilgan gorelkada bu koʻrsatgich 310 metr kubni tashkil etadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, isitish qozonxonalaridagi gaz yondirgichlarini avtomatlashtirilgan turiga almashtirilganda gaz sarfini 40 foizgacha tejash imkonini beradi.


“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page