SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARINI AHOLIGA YETKAZISHDA MUAMMOLAR BOʻLMAYDI

SUYULTIRILGAN GAZ BALLONLARINI AHOLIGA YETKAZISHDA MUAMMOLAR BOʻLMAYDI


Xabaringiz bor, keyingi yillarda boshqa sohalar qatori gaz taʼminoti tizimida ham isteʼmolchiga tabiiy va suyultirilgan gaz yetkazib berishda avtomatlashtirilgan tizimlar joriy etilmoqda. Mazkur tizim esa shaffof toʻlov tizimi va hisobini yuritishni muvofiqlashtirish orqali qoʻshimcha qulaylik yaratadi.

Bugungi kunda Toshkent viloyatida 44 273 ta suyultirilgan gaz isteʼmolchi bor. Ushbu aholi xonadonlariga oʻz vaqtida suyultirilgan gaz ballonlari yetkazib berilmoqda. 2022-yil 1-iyun holatiga 2777.370 tonna suyultirilgan gaz mahallalar kesimida isteʼmolchilarga tarqatildi. Viloyatidagi suyultirilgan gaz isteʼmolchi rozi qilish maqsadida, “Mahallabay” ishlash tizimi orqali 297 ta muammolar oʻrganilib chiqildi va dalolatnomalar tuzildi.

Hozirgi kunda viloyatimiz isteʼmolchilari uchun jami 22 ta texnika mavjud boʻlib, shundan 20 ta ISUZU SAZ (bortavoy) rusumli avtomashina va 1 ta Zil-431412 (Sisterna) rusumli avtomashinalar aholiga xizmat koʻrsatadi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali tomonidan viloyatning olis togʻli hududlarida yashovchi aholi xonadonlariga suyultirilgan gaz ballonlari maxsus yoʻl tanlamas “MAN” rusumli avtotransport vositalari orqali oʻz vaqtida yetkazib berilmoqda. Ular orqali qoʻshimcha aylanma maishiy gaz ballonlari yigʻib olinib shu zaxotiyoq gaz toʻldirilgan boshqa gaz ballon berilib kelinmoqda. Bu orqali isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishda muddat 35-45 kungacha qisqaribgina qolmay, iqtisodiy jihatdan avtoulovlarning kunlik bosib oʻtadigan masofasi va yoqilgʻi sarfi 1,5-2 barobarga qisqarishiga erishildi. Olis togʻli qishloq aholisi esa bundan mamnun.


Shuningdek, kelgusidagi ehtiyoj rejasini shakllantirishda ham yaxshi imkoniyatdir. Isteʼmolchilarga suyultirilgan gaz yetkazib berishga oid amaliyot boʻyicha maʼlumotlar “E-gaz” dasturiga kiritib boriladi. Bu tartib bilan kimlarningdur belgilangan meʼyordan ortiqcha gaz olishi yoki kimdir ololmay qolishi kabi holatlariga barham beriladi.

Bugungi kunda joylarda aholiga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz ballonlarini hisob-kitobini yuritish uchun har bir isteʼmolchilarni individual elektron ID-kartalar bilan taʼminlash choralari koʻrilmoqda. Ushbu usul bilan kelgusida yetkazib berilgan gazning hisobi avtomatlashtirilgan tartibda nazorat qilinadi.

Bu tartibning yana bir afzalligi hududlardagi haqiqiy mavjud isteʼmolchilar haqida maʼlumotning shakllantirilganligi va yetkazib berilayotgan suyultirilgan gaz hajmining aniq hisobi olib boriladi.

 

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

 


Report Page