GAZ ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!

GAZ ISTEʼMOLCHILARI DIQQATIGA!

Gaz jihozlarini texnik koʻrikdan oʻtkazish – xavfsizligingiz garovi. 


“Bekobodtumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari aholining xavfsizligini taʼminlash maqsadida aholi xonadonlarida gaz jihozlarini texnik taftishdan oʻtkazish ishlarini olib bormoqdalar. Texnik taftish ishlari aholining gaz jihozlariga xizmat koʻrsatuvchi chilangarlarimiz tomonidan jadval asosida olib borilmoqda. Ushbu muhim tadbirni ommaviy tarzda oʻtkazishdan maqsad, tabiiy va suyultirilgan gazdan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya etilishini nazorat qilish hamda nosozlik oqibatida kelib chiqadigan is gazidan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi kabi koʻngilsiz holatlarning oldini olishdir.Ushbu xavfsizlik tadbirini samarali tashkil etish uchun “Bekobodtumangaz” taʼminoti boʻlimi xodimlari xonadoningizga tashrif buyurganda eng avvalo, xizmat guvohnomasini soʻrang.

Shundan soʻng, kirish jumragidan tortib, uyingizdagi barcha gaz jihozlarini texnik koʻrikdan oʻtkazib, moylash ishlarini oʻtkazishlariga sharoit yaratib bering. Ushbu texnik taftish ishlari yakunlangach, gaz idorasi xodimiga preyskurantda koʻrsatilgan miqdorda xizmat haqini toʻlang. Bu muhim profilaktika tadbiri oʻzingiz va oila aʼzolaringiz xavfsizligi uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini unutmang! Shuningdek, mavridi kelganda gaz jihozlaridan foydalanishda xavfsizlikning eng oddiy qoidalarini yana bir bor eslatib oʻtamiz:

- gaz jihozlarining joyini oʻzboshimchalik bilan oʻzgartirmang;

- nostandart va qoʻlbola gaz jihozlaridan foydalanmang;

- gaz jihozlaridan rezina shlang ulangan holda foydalanmang;

- gaz asboblari oʻrnatilgan xonada uxlamang;

- gaz sizib chiqish holatlarini ochiq olov bilan tekshirmang;

- maktabgacha yoshdagi bolalarga, shuningdek, oʻzini nazorat qila olmaydigan va gaz jihozlaridan foydalanish qoidalarini bilmaydigan shaxslarga gazdan foydalanishlariga ruxsat bermang;

- uydan chiqib ketayotganda gaz jihozlarini yoniq holda qoldirmang;

- dudburonda tortish kuchi borligini tekshirib, soʻng foydalaning. Agar dudburonda tortish kuchi mavjud boʻlmasa, gaz 

jihozlaridan foydalanmang.

Hurmatli isteʼmolchilar! Gazdan foydalanishda ushbu qoidalarga rioya qilsangiz, xonadoningiz xavfsizligini taʼminlagan boʻlasiz. Agar xonadoningizda gaz hidini sezsangiz, darhol 104 telefon raqamlariga qoʻngʻiroq qiling.


“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page