XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARI — XOTIRJAM HAYOTIMIZ KAFOLATI

XAVFSIZ VA TEJAMKOR GAZ USKUNALARI — XOTIRJAM HAYOTIMIZ KAFOLATI


Bugungi kunda Toshkent viloyatining Yangiyoʻl tumanida 41690 ta aholi xonadonlari “Yangiyoʻltumangaz” gaz taʼminoti boʻlimi oʻrtasida tabiiy gaz yetkazib berish boʻyicha shartnomalar tuzilgan.

Tuman hududida 2022 yil kuz-qish mavsumi davrida aholi orasida is gazi va tabiiy gazdan zaharlanish, gaz-havo aralashmasining chaqnashi oqibatida portlash va yongʻinlar kelib chiqishi kabi yuzaga kelishi mumkin boʻlgan holatlarning oldini olish maqsadida Boʻlim tomonidan 40 dan ortiq xodimlar jalb qilingan. Biriktirilgan xodimlar tomonidan 37125 ta hovli va 112 ta koʻp qavatli uylar xatlovdan oʻtkazilib, shundan 1011 dona sifat sertifikatiga ega boʻlmagan (nostandart) yondirgichli isitish pechlari gaz tarmogʻidan uzildi. 652 dona zamonaviy energiya tejamkor avtomatik gaz yondirgichlari isteʼmolchilar xonadoniga oʻrnatildi.

Tejamkor gaz yondirgichlarning afzalligi nimada?

✅ Avtomatik yondirgichlarning qulayligi – isitish qozonidagi suvning haroratiga qarab olovni oʻzi sozlashi, oʻchirishi yoki ayrim sabablarga koʻra, yondirgichdagi olov oʻchib qolsa, qurilmadagi klapan 30 soniya ichida avtomatik tarzda yopiladi.

✅ Avtomatik yondirgichda suv haroratining kerakli darajada boʻlishini taʼminlab, turli sabab bilan olov oʻchsa – gazni tarmoqdan uzadi.

❌ Oddiy yondirgichda esa bir xil shaklda uzluksiz ishlayveradi.

❌ Oddiy yondirgichdan foydalanilganda qish mavsumida bir oylik oʻrtacha gaz sarfi 650 metr kubni tashkil etsa, yangi avtomatlashtirilgan gorelkada bu koʻrsatgich 310 metr kubni tashkil etadi.

Mutaxassislarning taʼkidlashicha, isitish qozonxonalaridagi gaz yondirgichlarini avtomatlashtirilgan turiga almashtirilganda gaz sarfini 40 foizgacha tejash imkonini beradi.

“Hududgaz Toshkent” gaz taʼminoti filiali matbuot xizmati

Report Page