Ho'sh marketing o'zi nima?

Ho'sh marketing o'zi nima?

Ravshan Burxonov

Barchamiz kundalik hayotimizda marketing soʻzini juda ham koʻp eshitganmiz. Ammo aniq bilib aytamanki, koʻpchiligimiz marketing nima, marketolog kim, u nima bilan shugʻullanadi, reklama qayerdan keladi degan savollarga javoblarni bilmaymiz. Hoʻsh marketing oʻzi nima?

Marketing bu - tashkiliy funksiya boʻlib, mijozlar uchun mahsulot yoki xizmatni yaratish, reklama qilish va taqdim etish, shuningdek tashkilot manfaati uchun mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish jarayonidir. Qisqacha qilib aytganda, marketing bu foyda olish uchun bozor ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan faoliyat turi.

Hoʻsh marketolog kim? Marketolog ushbu jarayonni tashkil etuvchi, boshqaruvchi shaxs.

Google imgaes

Qisqacha marketing tarixi haqida

1902-yildan boshlab oliygohlarda marketing oʻqitilib kelinmoqda. Xuddi shu yili AQShning Michigan Universitetida professor Edvard Jons birinchi boʻlib marketing fakultetini tashkil etadi. 1926-yilda AQSH jahonda birinchi boʻlib Milliy marketing va reklama assotsatsiyasini tashkil etdi. Ushbu assotsatsiya 1973-yilda “Amerika marketing assotsatsiyasi” deya qayta nomlanadi. Koʻp vaqt oʻtmay ushbu assotsatsiyaning analoglari Gʻarbiy Yevropa, Kanada, Avstraliya hamda Yaponiyada paydo boʻladi.

Keyinchalik marketing menejment doirasida iqtisodiyot nazariyasi va iqtisodiyotning alohida tarmoqlari sintezi sifatida rivojlana boshladi va asta-sekinlik bilan iqtisodiyotning yangi falsafasiga aylandi.

Google Images

Marketologik atamalar

Need (Ehtiyoj)- mijozlarning biror narsaga muhtojlik hissi.

Want (Hohish) - shaxsning madaniy darajasi va xususiyatlariga mos ravishda ma'lum bir sohaga yoʻnaltirilgan ehtiyoji.

Demand (Talab) - sotib olish qobiliyati bilan mustahkamlangan ehtiyoj.

Product (Mahsulot) - ehtiyoj yoki ehtiyojni qondira oladigan va e'tiborni jalb qilish, sotib olish, foydalanish yoki iste'mol qilish maqsadida bozorga taklif qilinadigan barcha narsalar.

Exchange (Ayrboshlash) - birovdan xohlagan narsani olish evaziga biror narsa taklif qilish to'g'risidagi akt.

Transaction (Oʻtkazma) - ikki tomon o'rtasida qiymatli tovarlarning tijoriy almashinuvi.

Market (Bozor) - bozor, savdo maydoni.

Market Segment (Bozor segmenti) - maqsadli bozorning boshqa guruhlaridan farqli o'laroq, bozorda o'xshash ehtiyojlar va xususiyatlarga ega bo'lgan katta, aniqlangan xaridorlar guruhi.

Suppliers (Taʼminotchi) - sherik tashkilotlarni va boshqa kompaniyalarni zarur moddiy resurslar bilan ta'minlaydigan marketing tizimi subyektlari.

Competitors (Raqobatchi) -raqobatlashayotgan yuridik yoki jismoniy shaxslar, ya'ni tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish va amalga oshirishning barcha bosqichlarida boshqa tadbirkorlik tuzilmalariga yoki tadbirkorlarga raqobatchi sifatida ishtirok etayotganlar.

Distributors (Dalol, broker) - ishlab chiqaruvchi tashkilotlarga mahsulotlarini reklama qilish, iste'molchilarga etkazib berish va sotishda yordam beradigan yuridik yoki jismoniy shaxslar.

Consumers (Isteʼmolchi) - bozorda mavjud bo'lgan tovarlar yoki xizmatlarni sotib olishga tayyor bo'lgan, tovarlarni, sotuvchilarni tanlash, sotish jarayonida o'z shartlarini taqdim etish huquqiga ega bo'lgan yuridik shaxslar, jismoniy shaxslar yoki ularning potentsial guruhlari.

Assortment, range (Nav, tur) - kompaniya tomonidan sotiladigan mahsulotlarning guruhlari, koʻrinishlari, turlari, navlari, o'lchamlari va markalari bo'yicha turlanishi. Bu kenglik (mahsulot guruhlari soni) va chuqurlikda (modellar sonida, har bir guruhdagi markalarning turlari bo'yicha) farqlanadi.

Trade mark (Savdo belgisi) - iste'molchilarga bir kompaniyaning tovarlari yoki xizmatlarini boshqasidan farqlashga yordam beradigan belgi, shakl, so'zlar yoki ularning birikmasi.

Competitive advantages (Raqobatda afzalliklar) - iqtisodiy ko'rsatkichlar bilan o'lchanadigan kompaniyaning raqobatchilardan ustunligini belgilaydigan omillar. Masalan: qo'shimcha foyda, yuqori rentabellik, bozor ulushi, sotuvlar soni.

Macroenvironment (Makroiqtisod, makro muhit) - kompaniyaning makro muhitiga ta'sir qiluvchi omillar. Bular: demografik, iqtisodiy, tabiiy, ilmiy, texnik, siyosiy va madaniy muhitlar.

Microenvironment(Mikroiqtisod, mikro muhit) - kompaniya bilan chambarchas bog'liq va maqsadli mijozlarga xizmat ko'rsatish qobiliyatiga ta'sir qiluvchi omillar. Bunga quyidagilar kiradi: kompaniyaning o'zi, vositachilar, etkazib beruvchilar, raqobatchilar, maqsadli mijozlar va auditoriya bilan aloqalari.

Google Images
Yetakchi marketing nazariyotchilaridan biri Piter Druker shunday ta'kidlaydi: “Marketingning asosiy maqsadi - savdo uchun ortiqcha harakatlarni kamaytirish. Uning maqsadi mijozni shunchalik yaxshi bilish va tushunishki, mahsulot yoki xizmatni birinchi xaridor albatta ikkinchisiga oʻzi sotsin, oʻzi taklif qilsin”.

Bemaʻnaviyat marketolog kanaliga obuna boʻlish:

https://t.me/joinchat/AAAAAFicCGHDq7QhySsl1A

Report Page