Hokim yordamchisi va "Kelajak liderlari" va Innovatsion rivojlanish boshqarmasi tashabbusiga ko'ra, Respublikamizdagi "NazzAR" innovatsion startap loyihasining ilk elektron muzeyi Jizzax shahrida o'rnatildi.
Jizzax "Kelajak liderlari" klubi Axborot xizmati/ Jizzax viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi Axborot xizmatiJoriy yilning 21-yanvar kuni Klub vitse-prezidenti Otabek Musurmonov tashabbusi bilan Jizzax shahri Shodlik mahallasida SmartChain IT kompaniyasi direktori Raximov Bobur Kamolovich bilan davra suhbati tashkil etildi. B.Raximov yoshlarga “NazzAR” innovatsion startap loyihasi va uning ahamiyati, yoshlarga ta’siri haqida tushunchalar berdi va "NazzAR" startap loyihasining elektron muzeyini mahallaga sovg'a qildi.
So'ng, Jizzax viloyat innovatsion rivojlanish boshqarmasi boshlig'i Mansur Musayev Jizzax viloyatidagi innovatsion muhit, yoshlar orasida startap loyihalarni har tomonlama takomillashtirish va yanada rivojlantirish strategiyasi to'g'risida yoshlarga ma’lumotlar berdi.
Davra suhbati yakunida, O.Musurmonov Klub tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, loyihalar haqida yoshlarga batafsil ma'lumot berib o'tdi. Yoshlar oʼzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Albatta, bu kabi master-klasslarni tashkil etish yoshlar orasida innovatson bilimlarni yuksaltirish, startap loyihalarni ishlab chiqishga undash va koʼmaklashishga muhim poydevor vazifasini o'taydi.
Ma'lumot o'rnida shuki ta'kidlash joizki, Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qoʻllab-quvvatlab kelinayotgan startap loyihalaridan biri – toʻldirilgan reallikka asoslangan “NazzAR” mobil ilovasini yaratgan SmartChain IT kompaniyasidir.
Ushbu “NazzAR” startap loyihasi har qanday moddiy vositaga kengaytirilgan haqiqat elementlarini birlashtirishi mumkin bo’lgan innovatsion dastur hisoblanadi. Smartfon orqali “NazzAR” belgisiga yoʻnaltirilganda mobil qurilma ekranida real obyektlarning 3D shakllari, video roliklari, foto suratlar jonlanadi. Yurtimizda bugungi kunda NazzAR mobil ilovasining imkoniyatlari turizm sohasida, ayniqsa muzeylarda keng qoʻllanilmoqda. Samarqand shahridagi “Goʻri Amir”, “Bibixonim” maqbaralari, Ulugʻbek rasadxonasi, “Afrosiyob” muzeyi, “Elmerosi” ilmiy kiyimlar teatri, Davlat madaniyat tarixi muzeyi, Oʻlkashunoslik muzeyi, Asrorxoʻja ansambli, Xiva shahridagi “Ichan qalʼa”, Samarqand shahridagi Registon maydoni, Buxoro shahrida “Ark” va “Mohi xossa” tarixiy madaniy meros obyektlari, Toshkent shahridagi Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyi, Abdulla Qahhor, Sergey Borodin, Muxtor Ashrafiy uy-muzeylari va boshqa tarixiy maskanlarda mazkur mobil ilova orqali eksponatlar haqidagi maʼlumotlarni yanada qiziqarli shaklda sayyohlarga yetkazish imkoniyati yaratilgan ekan.
Ha ilmning darajasi shu qadar ulug'ki, uni qo'llab-quvvatlaganlar, unga homiylik qilganlar har doim xalq ardog'ida bo'ladi. Shu sababdan har birimiz ta'limning rivojiga o'z hissamizni qo'shishimiz lozim!
Eng avvalo, o'zimiz uchun, yosh avlod uchun, ularning porloq kelajagi, ertangi kuni uchun qilinadigan bu ishlar, bu tashabbuslar hozirgi zamonda suv va havodek zarurdir!
Jizzax "Kelajak liderlari" klubi Axborot xizmati
Jizzax viloyat Innovatsion rivojlanish boshqarmasi Axborot xizmati