Hilton

Hilton


Bankir boʻlishni xohlagan Konrad Hilton 31 yoshida mehmonxona biznesi bilan shugʻullanishga qaror qiladi va oqibatda millionerga aylanadi. Dunyoga mashhur tarmoqning birinchi mehmonxonasi Dallas Hilton 1925-yil Texasda ochigan. Hilton mehmonxonasi shtatda eng yaxshisi boʻlishini xohlagan biznesmen dunyodagi eng yaxshi mehmonxona tarmoqlaridan birini yaratadi. 20-yillar AQSh tarixida Buyuk Turg‘unlik bilan eslanadi va u davrda koʻplab biznes faoliyatlari yopilgan, Hilton esa bundan mustasno. Biznesini kreditorlarga topshirgan Konrad 5 yildan soʻng uni qaytarib sotib oladi. 1954 – yilda esa mehmonxona biznesi uchun eng yirik bitim imzolanadi: Konrad Hilton raqobatchi kompaniya Statler Hotelsni 111 million dollarga sotib oladi. Oʻsha oʻn yillikning oxirida esa Amerika va chet ellarda 40 ta mehmonxona faoliyat yurita boshlaydi.


Tarmoqning muvaffaqiyati hozirda ushbu biznesning muhim atributi hisoblangan innovatsiyalardadir. Yulduzlar soni boʻyicha mehmonxona sinfini aniqlash, mehmonxonalarni kazinolar bilan birlashtirish va aeroportda mehmonxonalar ochish gʻoyasini aynan Hilton oʻylab topgan. Bularning barchasi, shubhasiz, mijozlar sonini oshirdi, ammo Hilton mehmonxonalarida eng yuqori sifatli xizmat koʻrsatilmasa, bunday ulkan muvaffaqiyatga erishib boʻlmaydi. Bugungi kunda ularning soni 3800 taga yetadi. Siz 88 ta davlatda Hilton mehmonxonasiga joylashishingiz mumkin. Imperiya hali ham Hilton oilasi aʼzolari tomonidan boshqariladi. Kondradning oʻlimidan soʻng uni vaqtincha Hilton Foundation jamgʻarmasi oʻz qoʻliga oldi, biroq asoschining oʻgʻli biznesni sud orqali oilaga qaytardi.


Report Page