Hik qonuni

Hik qonuni

Abdulaziz Bekturdiev

Qaror qabul qilish uchun ketadigan vaqt tanlovlar soni va murakkabligi bilan ortadi. Insonning psixologik tuzilishida har bir qabul qilingan tanlovni analiz qilish hususiyati bor. Agar tanlov muhimlik darajasi katta bo'lsa, analiz vaqti uzoq davom etadi. Endi muhim qarorni qabul qilish vaqtida, tanlovlar soni ko'p bo'lsa, qaror qabul qilish jarayoni cho'zilib ketadi. Vaziyatimizdan kelib chiqib, tanlovimizni asoslashga harakat qilamiz.

Tasavvur qiling, sizda 20 ming AQSH dollari bor va siz avtomobil sotib olmoqchisiz. O'zbekistonda bu pulga tanlovingiz soni 3-4 ta, nari borsa 5-6 ta bo'ladi. Lekin chet davlatlarida bu pulga 50 dan ortiq turdagi mashina sotib olishingiz mumkin. Shu holatda tanlash imkoniyatingiz katta bo'lgani uchun, harid qilishingiz cho'zilib ketadi. Tanlov miqdori kam bo'lgan O'zbekistonliklar bo'lsa haridni tez amalga oshirishlari mumkin.

Hik qonuni, foydalanuvchiga tanlov miqdorini kamaytirgan holda, ulardan kutilgan ishni bajarishlariga motivatsiya berishni ko'zda tutadi. Ularga qancha ko'p tanlov berilsa, ularning qaror qabul qilish vaqtlari shuncha uzoq davom etadi.


Kelib chiqishi

Hik qonuni (yoki Hik-Hyman qonuni) ingliz va amerikalik psixologlar guruhi Uilyam Edmund Xik va Rey Ximan sharafiga nomlangan. 1952 yilda bu juftlik mavjud tanlovlar soni va har qanday tanlovga shaxsning reaktsiya vaqti o'rtasidagi munosabatni o'rganishga kirishdi. Siz kutganingizdek, qancha ko'p tanlov bo'lsa, foydalanuvchi qaysi biri tanlash to'g'risida qaror qabul qilish uchun shunchalik uzoq vaqt talab etadi. Tanlovlar bilan bombardimon qilingan foydalanuvchilar ularga istamagan ishni berib, sharhlash va qaror qabul qilish uchun vaqt ajratishlari kerak.


Murabbo tadqiqoti

Hik qonuni kompaniyalar tomonidan amalda juda keng qo'llaniladi. Bu qonunni amalda sinash uchun 10 lagan tadqiqotlar o'tkazilgan. Shularning ichida eng ko'zga ko'ringani bu "Murabbo tadqiqoti" dir (manba).

2000-yilda Kolumbiya va Stenford universitetidan psixologlar Sheena Iyengar va Mark Lepper murabbolar haqidagi tadqiqotni nashr etishdi. Oddiy kunlarning birida mahalliy oziq-ovqat bozorida, murabbo do'konchasida 24 xil turdagi murabbo odamlarga taqdim qilinadi. Boshqa bir kuni huddi shu do'konda murabbo turlari soni 6 tagacha kamaytiriladi.

Nima deb o'ylaysiz, qaysi kuni savdo yaxshi bo'lgan? Kutilmaganda faqat 6 xil murabbo sotilgan kundagi savdo ko'proq bo'lib chiqdi.

Iyengar va Lepper aniqladilarki, 24 xil murabbo sotilgan kuni odamlar ko'proq qiziqish bildirishgan bo'lsada, harid qilishga shoshilishmagan. Haridlar soni 6 xil murabbo sotilgan kunga nisbatan kam bo'lgan.

Tadqiqot shuni ko'rsatadiki, tanlov jozibali ko'rinsa-da, aslida ortiqcha tanlov noto'g'ri natijalarni keltirib chiqaradi. Tanlovlar soni ko'pligi uchun, odamlar harid qilishga shoshilishmagan va hamda tanlashga qiynalishgan.

Tanlov iste'molchini falaj qiladi.

Va bu nafaqat savdo hajmiga, balki mijozlar qoniqishiga ham ta'sir qilgan. Tadqiqot shuni ko'rsatdiki, murabbolarning kattaroq tanlov miqdori kichikroq tanlov miqdoriga qaraganda pastroq mijoz qoniqishiga olib keladi va bu tanlov aslida mijozni demotivatsiya qilishi mumkinligini isbotlaydi.

2000 yildan beri ushbu mavzu bo'yicha ko'plab tadqiqotlar olib borildi va boshqa sohalardagi (masalan, oziq-ovqat va kiyim-kechak) tadqiqotlar ham xuddi shunday natijalarni ko'rsatdi.


Amalda qo'llanilishi

UX dizaynda bu qonunni to'g'ri ishlatish orqali, foydalanuvchilarni to'g'ri yo'naltirish mumkin.

Hammamizga tanish bo'lgan narxlar sahifasini olaylik. Odatda bu sahifadagi tanlovlar soni 3-5 oralig'ida bo'ladi. 3 ta tanlovli narxlar sahifasi juda ko'p tarqalgan. Bu foydanaluvchini ortiqcha o'ylamasdan qaror qabul qilishga chorlaydi. Tekin versiyada imkoniyatlar juda chegaralangan. Pullik versiyada imkoniyatlar mo'l va agar sizga jamoaviy paket kerak bo'lsa, unda siz uchun biznes plan bor. Qanday ham yaxshi, oson va sodda, hamda ayni damda biznesga foyda.


Endi bosh bir misolni ko'rib chiqaylik. Endi tanlovlar soni ko'p bo'lsachi.

Screenshot from Apelsin (e-wallet app).

Apelsinda tez tugmachalar sahifasi mavjud. Bu sahifaga kirganingizda, tepadagi rasmdagi tanlovlar sizga taqdim qilinadi. Bu yerdan o'zingizga kerak variantni tanlab olishingiz uchun qancha vaqt ketar ekan. Buning ustiga, tanlovlar haqida qo'shimcha ma'lumot yo'q. Masalan, shahsan man "Transfer to requisites" degan variant nimaligini umuman bilmayman. Dizayn tomondan ko'rinishi juda zo'r, ammo qulayligi haqida bunday deya olmayman. Tanlovni amalga oshirishim uchun, oldin bar bir variantni tushunib olishim kerak. Keyin bu variantlar tezkor tugmachalar qismida turishiga qaror qilaman.


Xulosa

Hik qonuni bizga foydalanuvchilarga ortiqcha kognitiv yuk (kognitiv yuk haqida bilib oling) yuklamaslikni, ularga tanlash jarayonini og'ir va uzoq qilmaslikni o'rgatadi. Bu qonundan oladigan 5 ta foydali eslatma:

  1. Qaror qabul qilish vaqtini oshirish uchun tanlovlarni minimallashtiring.
  2. Kognitiv yukni kamaytirish uchun murakkab vazifalarni kichikroq bosqichlarga bo'ling.
  3. Tavsiya etilgan variantlarni ajratib ko'rsatish orqali foydalanuvchilarni qiynashdan saqlaning.
  4. Yangi foydalanuvchilar uchun kognitiv yukni minimallashtirish uchun progressiv tanishtirishdan foydalaning.
  5. Mavhumlik nuqtasiga qadar soddalashdan ehtiyot bo'ling. Ya'ni soddalashtirgan variantingiz foydalauvchilarni "bu nima o'zi?" deb qoladigan darajaga yetmasin.

Hik qonuni bizga insonlarning psixologik o'ziga hosligini e'tiborga olgan holda, dizaynlarimizni optimallashtirish va shu orqali barchaga foydali mahsulotlarni ishlab chiqishga chorlaydi.


Manba

Report Page