Hijob o’zi nima?

Hijob o’zi nima?


Assalamu alaykum va rohmatullohu va barokatuh! Bir narsa anchadan beri meni hotirjam qilmayapti, indamay desam bo'lmayapti. Qiyomatda yoqamdan olmang deb eslatib o'tishni joiz deb bildim. E'tibor bering shunchaki eslatib o'tmoqchiman. Shira bosgan ko'zlaringiz ko'rmagan, yoki ko'rib turib ko'rmaslikka olganlarga elsatma. "Muslimalarim" hijob nima ekanini bilasizmi o'zi? Yoki bilib bilmaslikka olasizmi? Uyg'oning "muslimalarim"! Nafsingiz sizni boshqarishiga qachongacha yo'l qo'yib berasiz. Alloh taolo Qur'oni Karimda : "Sen mo'minalarga ayt: " Ko'zlarini tiysinlar, farjlarini saqlasinlar va ziynatlarini ko'rsatmasinlar, magar zohir ziynatlar bo'lsa (mayli). Ro'mollarini ko'ksilariga to'sib yursinlar..." (Nur, 31). E'tibor bering, "Ro'mollarini ko'ksilariga to'sib yursinlar!!!" Qanday qilib bir oyatda jamlangan jumlaning faqatgina ba'zisiga rioya qilasiz-u ba'zisini inkor etasiz. Romolingizni turk ayollariga havas qilib zamonaviy qilib o'rab olasiz! Tor kiyinasiz! Bilaklaringizni ochib yurasiz! To'pig'ingizni yopmaydigan kiyim kiyasiz! Kiyimlaringiz ziynatlangan! Yuzingiz fitnaga soladi(ya'ni bo'yanib olasiz)! Hijob bilan oddiy romol o'rab olishni adashtirib yubormang! SubhanAlloh. Sizlarni ko'rib holingizga achinib ketaman ba'zida. Hijobsiz yurganlar bilan sizning farqingiz boshingizdagi bir parcha romolmi faqat? Kiyimingiz tor, ziynatlangan, ularnikidan farqi yo'q. Yana romolingiz ham Alloh buyurgandek emas, bo'yningizda qolib ketkan. Ko'ksingizni to'smagan. Tan oling siz romolni Alloh roziligi uchun emas, "mo'da" uchun o'rab olgansiz. Aksincha bo'lganida oyatdagidek hijoblangan bo'lardingiz. Qachon to'xtatasiz. Axir hijoblanmagan qizlarga o'rnak bo'lib, ularni ham Alloh buyurgandek hijoblanishiga turtki bo'lishingiz kerak. Sizlarni iffatingiz, hayoyingizga hafas qilishsin. Ularga shu yo'l bilan islom naqadar go'zal din ekanini ko'rsatib qo'ying! Birgina oyatni yarmiga rioya qilib , yarmiga rioya qilmay o'zingizni chin muslima hisoblaysizmi? Qayerga qaramay romolini orqaga qilib, yoki bo'ynigacha o'rab olganlarni, kiyimi to'pig'ini yopmaganlarni ko'raman. Naxot Allohning buyrug'ini to'lliq ado etolmasangiz. Ko'ksingizni to'sib yurish sizga shunchalar qiyinmi? Hijoblanmagan qizlarga hijobning mohiyatini tushuntirib ularni to'g'ri yo'lga boshlashga kirishmoqchi bo'lyapmizu, qarasak sizlarni hijobingiz hali hamon mukammal emas. Yana uzun romol o'rab ko'ksini to'lliq yopgan , shariyat bo'yicha kiyingan muslimalarimizga nega bunday o'ranib olding deysiz? Aslida ular emas, siz nega bunday o'ranib oldingiz. Bu ketishda boshqalarga qanday o'rnak bo'lasiz. O'zingizga savol berib ko'ring, sizga hijobni buyurgan Robbingiz hijobingizdan rozimikin? Robbingiz bilan yuzlashganingizda, nima deb javob berasiz? Rosululloh sollallohu alayhi vassalam sizni shu holatingizda ko'rsalar nima qilardingiz? Shu savollarni o'zingizga berib ko'rib ham xech nima his qilmagan bo'lsangiz, tamom botqoqqa kirib bo'libsiz. Iymon, hayo, iffat yo'qolib, taqvoyingiz darz ketib bo'libdi. Hijob ni o'yin qilib tashladingiz. Ustingizdan kulishmoqda axir! Boshingizda hijob-u, o'zingiz ijtimoiy tarmoqlarda bo'yangan yuzlaringiz bilan suratlaringizni joylaysiz. 


 Alhamdulillah! Allohga hamdlar aytaman haqiqiy muslimalarimiz ham bor. Alloh ulardan rozi bo'lsin. Ular nomahramlar nazaridan uzoqroq yuradilar, Alloh buyurganlarini to'lliq ado etadilar , keng, e'tibor tortmaydigan qilib hijoblanadilar va Robbilarini roziligi yo'lida tinmay harakat qiladilar, ilm o'rganadilar. Ana o'shalar boshqalarga islomni qanchalar go'zal din ekanini uqtira oladilar. Sizlar esa bu yurishingiz bilan muslimalar nomiga dog' tushurayapsiz. O'zingizni tiyib oling! Nomahramlar bilan do'stlashasiz, yozishasiz. Begonalarni hayollarida kezib yurasiz, yana muslimalikni da'vo qilasiz. Islom dini sizdaka soxtalar uchun emas. Nomahramlardan uzoq yuring deyilsa, siz ijtimoiy tarmoqlarda yanada yaqinlashib ketayapsiz. Hamma yerni fitnaga to'ldirib tashladingiz. Boshqa davlatlarda mo'minalarimiz hijoblari uchun taxqirlansa ham hayosini, taqvosini yo'qotmagan holda hijobga qattiq turishayotkan vaqtda, sizni bu holingiz nimmasi? O'z mahramingiz, halolingiz uchun atalgansiz axir. Naxot-ki nomahramlar sizni bo'yalgan yuzingizga fitnali qarashlar qilishlari sizga yoqsa. Ko'ksingizga ko'zi tushsayu hayoli buzulsa. Qanday qilib shularga chidash mumkin. Hayolingizni yeg'ishtirib oling! Zamonaviy qilib o'ralgan romollaringizni shariyat bo'yicha tog'ri o'rab oling! Hijoblaning muslimalar! Shunchaki romol o'ramang! Hijoblaning! Islomni siz orqali notog'ri taalqin qilishlariga yo'l qo'ymaymiz. Yuqoridagi oyatda Alloh : "Mo'minalarga ayt" deb buyurmoqda. Siz ham o'zingizni chin mo'mina deb hisoblasangiz oyatga amal qiling! Aksincha bo'lsa muslimalikni da'vo qilmang! Axir Robbingiz buyurmoqda. Sizga hijobni buyurgan Robbingiz, qanday hijoblanishni ham buyurgan! Ko'zingizni kattaroq oching, soxta muslimalar! 


 Hijob oyati nozil bo'lganidan be habar ansoriyya ayollardan biri ko'chada ketayotgan edi. Bir erkak unga hijob haqida oyat nozil bo'lganini aytdi. Ayol turgan joyida taqqa to'xtab, biror yopinchiq berishlarini so'radi. Unga uyiga borib, yopinib olishi mumkun ekanini aytishdi. Lekin ayol tarixga muhrlangan quyidagi so'zlarni aytdi:


"𝑨𝒍𝒍𝒐𝒉𝒏𝒊 𝒂𝒎𝒓𝒊𝒏𝒊 𝒃𝒂𝒋𝒂𝒓𝒎𝒂𝒔𝒅𝒂𝒏, 𝑼 𝒁𝒐𝒕𝒈𝒂 𝒙𝒊𝒍𝒐𝒇 𝒒𝒊𝒍𝒊𝒃 𝒃𝒊𝒓 𝒒𝒂𝒅𝒂𝒎 𝒉𝒂𝒎 𝒚𝒖𝒓𝒎𝒂𝒚𝒎𝒂𝒏" 


Sizchi shu ansoriya ayol kabi bo'loldingizmi? Allohning buyurig'ini ado etmasdan bir qadam ham tashlamagan bu ayoldek bo'lishingizga nima to'sqinlik qilmoqda. Siz Allohning oyatlariga amal qilmay bir qadam ham emas bir umr yashab o'tmoqchiga o'xshaysiz. Astag‘firulloh!!! Alloh taolo aytadi: "Yoki kitobning ba'zisiga iymon keltirib, ba'zisiga kufr keltirasizlarmi?! Sizlardan o'shandoq qilganlarning jazosi bu dunyoda faqat rasvo bo'lishlikdir, qiyomat kunida esa, eng shiddatli azobga qaytarilurlar. Alloh qilayotganingizdan 

g'ofil emas" (Baqara,85)  


Holingiz harob. Zanglab ketgan iymoningizni yangilab oling. Islom dini oddiy din emas! Dinimizni bulg‘amang! 


⭕У(шайтон): «Эй Роббим, мени залолатга кетказганинг сабабидан, албатта, мен уларга(одамларга) ер юзида (гуноҳларни) зийнатлаб кўрсатаман ва, албатта, уларнинг ҳаммасини иғво қиламан. Магар, улардан танланган бандаларингни (адаштира олмайман)», деди. (Хижр сураси)


Alloh tanlagan bandalardan bo’lishni istamaganlar, gunohligini bilsalar ham, chiroyli ko’ringani uchun shunday kiyinishda davom etaversinlar. Biling! Alloh sizning chala hijobingizga muhtoj emas. Lekin Siz Allohning rahmatiga muhtojsiz. U rahmat esa Allohning amrlariga itoat qilganlarga keladi. Bu ko’rinishlar Alloh buyurgan, ziynatlarni to’sadigan hijob emasligini o’zingiz ham g’oyat yaxshi bilasiz. Bilmagan bo’lsangiz, mana bildirdik. Tanlovni bandaning o’zi qiladi. Qaror sizniki.


Faqat unutmang, bu dunyoning chiroyi ham, lazzati ham tugaydi. Va o’sha tugash oni juda-juda yaqin.! 


⭕Mana shu belgi qo'yilgan yerdan boshlab to shu yergacha mening fikrlarim emas. Bir kanaldan manbaa sifatida foydalandim. Alloh usha kanal adminidan rozi bo'lsin! Juda ham tinniq fikrlar!!!


Agar gaplarim ko'nglingizga og'ir botgan bo'lsa, aybga buyurmaysiz. Sizlarni ogohlantirish vazifam deb bilaman. Chunki kimdiringiz meni singlim, ba'zilaringiz esa opamsiz. Shunday ekan kech bo'lmasdan tavba qiling! Qiyomat kelib qolmasdan Robbingizga qayting! Robbingiz huzurida savolga tortilganingizda holingiz ne kechadi. O'zingizni tarbiyalang! Hadeb nafsingizni quliga aylanavermang! 


Alloh taolo sizni shunday hijoblanishingizni hohlaganmidi? Rosululloh sollallohu alayhi vassalamning zavjalari (mo'minlarning onalari) shunday hijoblanishkanmi? Sahobiya ayollar shunday yurishganmi? Tobeinlarning ahli ayollari shunday bo'lganmi? Siz kim bo'libsiz-ki Allohdan hayo qilmaysiz. Islomni, eng mukammal bo'lgan islom dinini bulg'ashdan boshqasiga yaramayapsiz. Holingizni Alloh isloh qilsin! Hijobsiz yurganlarga esa Allohning buyrug'ini ortga surmasdan, hijobning mohiyatini anglagan holda shar'iy hijoblanishlari kerakligin eslatib qo'ymoqchiman. Alloh buyurgan ishni ortga surishingiz, bahonlar topishingiz, bularning barchasini javobi bor. Robbingizdan duo qilib so'rayvering, albatta Robbingiz beradi. Unga yetishish yo'lini osonlashtirib qo'yadi.


 Eslatma bizdan , amal qilish esa sizdan!!! Men shunchaki Allohning buyrug'ini eslattim holos. 


Бир биродар ухтийимизни эслатмалари эди......








Report Page