High school:first kiss

High school:first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋


#Ep_50

          High school:first kiss💋

Miran:Hyorin nima deyapsan😳nima qildim?

Hyorin:hoziroq men jo'natgan manzilga yetib kel!!!

Hyorin shunday dedi-yu o'chirib qo'ydi. Miran nima qilishini bilmay qoldi.

Miran:u nimani bilgan bo'lishi mumkin? Faqat buni emas😱 balki unday emasdir. Aywww borganda nima deyman

Hyorindan xabar keldi. Unda bir manzil berilgandi.

Miran:shoshma tinchlan avval bor hammasini tushuntir balki tushunar lekin... yo'q qo'rqma agar janjal bo'lib ketsa ham sen o'zingni himoya qila olasan kerak bo'lsa Hyorinni urasan😑

Miran taksi chaqirib tezda o'sha manzilga borishga harakat qildi. Lekin u yer sal uzoqroqda edi soat 23:30 u yer deyarli o'rmonga o'xshagan joy edi. Hyorindan yana xabar keldi

:Taksini ketkazib yuborda o'zing 50 qadam oldinga yur.

Miran aytilgandek qildi. 50 qadamcha yurib bir joyga kelib qoldi.

Miran:gulxan?😳

Miranni qarshisida gulxan va stollar turardi. Miran biroz muddat atrofga qaradi hamma yoq jim-jit. Juda qo'rqinchili va nihoyat Hyorin chiqdi.

Miran:Hyorin shoshma oldin gaplashib olaylik senga noto'g'ri xabarlar kelagan bo'lishi mumkin balki tuxmatdir senga tushuntiraman

Hyorin:xo'sh nimani tushuntirasan😡 sen... nimani tushuntirmoqchisan? Seni nima qilay Miran?

Miran:men yomon ish qilmadim

Hyorin:rostdanmi? Bunga ishonching komilmi?

Hyorin qo'lidagi soatga qaradi. 23:58

Hyorin:sen nima qilganingni bilasanmi? Men aytaman😡 sen hech nima demading shuni o'zi ayb!! aytmaganing seni aybing

Miran:n..nimani?

Hyorin:soat 00:00😑😑😑yaa nega tug'ilgan kuning ekanligini aytmading😡

Miran:nima?😳😳😳

Miran hayratda qoldi. Haqiqatdan shokda edi. Kutilmaganda bunday bo'lishi 7 uxlab tushiga kirmasdi. Shu payt birdan shovqin boshlanib ketdi. Chekkadan birma-bir qizlar va yigitlar chiqa boshladi. Ular begona emasdi. O'zimizning yaqinlarimiz🤗.

Hana,Yuna,Aeirin,Hyo:TUG'ILGAN KUNING BILAN

Ulardan so'ng esa yigitlar chiqib davom ettirishdi.

Jin,Jimin,Tae,Jk:TUG'ILGAN KUNING BILAN

hamma bir ovozda:TUG'ILGAN KUNING BILAN AZIZIM MIRAN TUG'ILGAN KUNING BILANNNNN🥳🥳🥳🥳

Miran umuman bu narsani kutmagan edi.

Miran:Qanday qilib🥺 siz.. bunga qachon?...ulgurdingiz?🥺

Hyorin:agar vaqtliroq shuni aytganingda oldindan tayyorgarlik ko'rardik🤨 shuning uchun sen aybdorsan

Hana:Hyorin unday dema😅bechora qizni ahvolini qara

Jin:bilasizlarmi Miran va Hyorin birga turganda xuddi rostdan ham janjal bo'lib ketadi deb o'yladim🤣

Tae:men ham😅

Miran yig'lashdan o'zini zo'rg'a tiyib turardi lekin bardosh berolmadi u yig'lab yubordi.

Hyorin:yaa endi yig'i ortiqcha hazillashdim-ku qani kelchi🫂

Miran:men... men...😥birinchi marta kimdir men uchun bunday harakat qilib bayram tashkillashi😭😭😭. Men bunga loyiq bo'lmasam ham...

Hyorin:unday dema sen bunga loyiqsan

Hyorin Miranni bag'riga bosib uni ko'z yoshlarini artdi. Hamma jamlangan lekin Yungi yo'q edi.

Hamma gulxan atrofiga o'tirdi. Ikki kishilik stollar bo'lgani uchun 2 tadan, Miran Hyorin bilan, Yuna Hana bilan, Jk Tae bilan, Jin Jimin bilan Aeirin esa o'zi o'tirardi. Birdan kimningdir bu yoqqa kelayotgan qadam tovushi eshitildi birozdan so'ng esa odam sharpasi. Ular o'sha tomonga qaradi

Yungi:ayww Hyorin bu seni rejangmi?😖 shunaqayam joy tanlaysanmi

Hyorin:oo buyurtmamiz keldi😋

Miran:🤔

Hyorin Yungiga Pitsa🍕, Tort🎂, shampan vinosi🍾 yana har xil narsalar olib kelishini aytgan edi. Bechora Yungi bu yoqqa kelguncha oyog'ida mador qolmagandi😅

Yungi:eyy meni eshitdingmi o'zi? keyingi safar biror restoranda nishonla meni ovora qilmasdan

Hyorin:yaa Yungi buncha ko'p gapirasan undan ko'ra kel bu yoqqa😅.

Yungi:🙄

Hyorin stol ustiga to'rtni qo'yib shamlarni joylashtirdi🎂. Shirinlik markaziga esa 18 raqamini qo'ydi.

Hyorin:qani qizaloq kelaqol bugun seni kuning rasman boshlandi tilak tilab shamlarni pufla

Miran sekin o'rnidan turib stol yoniga bordi. Nima tilashni ham bilmasdi. Ko'zlarini yumdida shamlarni o'chirdi.

Aeirin:xo'sh nima tilading?🤩

Hana:Aeirin tilak aytilmaydi

Miran:umuman olganda men tilak tilamadim shunchaki ko'zlarimni yumib oyimni xotirladim xolos

Yuna:😔yaxshi ayol edilar. Seni baxtiyor ekanligingni ko'rib albatta quvonadilar seni samolardan kuzatib turadilar🥺

Yunani gapidan yigitlarga ma'lum bo'ldiki Miranni onasi vafot etgan ular ham biroz noqulaylikni his qildi ular bu haqida bilishmasdi🥺.

Hana:Miran 18 yoshingni qanday tasavvur qilgansan?

Miran:men bu kunni juda uzoq kutdim hatto kunlar sanadim. Hayollarimda bu kun qanday bo'lishini o'ylardim hatto ipidan ignasigacha rejalashtirgandim. 18 ga kirishim bilanoq hamma narsamni yig'ishtirib eshik oldida uyim bilan hayrlashayotganimni tasavvur qilardim. Va ozodlikni his qiladigan, ko'nglim taskin topadigan, meni hech kim topa olmaydigan joylarga qochib ketishni rejalashtirgandim. Endi esa...

Hana:endi esa... nima fikringdan qaytdingmi😀

Miran:bilmadim... 1 yildan beri kun sanayman lwkin oxirgi 2 xafta ichida bunday qilmadim va bugun tug'ilgan kunim ekanini unutib qo'yibman. Hozir shunchalar baxtlimanki... ketish uchun bir dona sabab topishni xohlamayapman. Ketishimga to'sqinlik qiladigan narsalar ko'pligini his qilyapman. Musiqa darslarim va eng muhimi sizlar... sizlar meni yagona oilamsiz. Oilani esa tashlab ketib bo'lmaydi😊. Agar oilangiz qatoriga qo'shsangiz...

Yuna:buni gapini qarang-a sen allaqachon oilamiz a'zosisan🥰

Yuna o'rnidan turib Miranni bag'riga bosdi.

Yuna:Seni yoshligimdan beri taniyman sen judayam iqtirdorli qizsan🤗 shuning uchun doimo maqsading va orzularing tomon olg'a qadam bosib hech qachon yiqilmasligingni tilab qolaman🤗. Seni yaxshi ko'raman har yili tug'ilgan kuningni shu yaqinlarimiz davrasida nishonlashimizni xohlayman

Miran:raxmat men ham seni yaxshi ko'raman🥺.

Hamma ko'ngillaridagi tilaklarini birma-bir aytib chiqishdi yigitlar ozgina uyalib kam gapirishdi oxirgi navbat Hyoringa keldi.

Hyorin:xo'sh kichkintoymiz Miran birinchi kelganingda seni yoqtirmaganman bu rost😌

Hana:Yaa Hyorin😅😅

Miran:😅😅😊

Hyorin:ha shunaqa🙄aldab nima qilaman Yunani senga bo'lgan munosabati va seni dimog'dorliging asabimni qo'zatardi. Men birinchi bo'lib qo'l uzatdim sen esa o'zingni o'ta dimig'dor tutding🤦‍♀️ menga aytgan gaplaring va qilgan ishlaring... men hech birini unutganim yo'q unutmayman ham. Menga nisbatan qilingan har bir yaxshi yoki yomon munosabatni unutmayman. Va undan 2 hissa ko'p qilib javob qaytaraman (Jungkookka ham tekkazib o'tdi😏😂)

Lekin yomonligingdan ko'ra ko'p yaxshilik qilding😊. Yolg'iz qolganimda yonimda bo'lding bu yaxshiligingni ham hech qachon unutmayman🥰. Umrimni oxirigacha

Jk:😣😔 Yungi:😔

Hyorin:shunday ekan yaxshilinging evaziga yana bir bor qo'l uzatmoqchiman😇. Xo'sh bizni oilamizga qo'shilasanmi? Har doim biz bilan birga bo'lasanmi?

Miran bu gaplardan juda ham ta'sirlanib ketdi. Hyorinni qattiq bag'riga bosdi.

Miran:iltimos qilgan yomonliklarimni hech qachon unutma😔 men ko'p nohaqlik qildim meni kechir🥺

Hyorin:taklifimchi🤦‍♀️😂

Miran:albatta hech qachon qo'lingni qo'yib yubormayman doim yoningizda bo'laman😊

Hyorin Miranni bag'ridan chiqib unga qo'l uzatdi. Miran esa unga uzatilgan qo'lga javob qaytardi🤝.

Hyorin:unda oilamizga xush kelibsan🥰. Yana bir bor tug'ilgan kuning bilan

Hamma qarsak chaldi. Miran esa yana ko'z yosh to'kdi. Hyorin unga yaqinlashib ikki qo'li bilan yuzini ushladi-da ko'z yoshlarni mayinlik bilan sidirib tashladi

Hyorin:hammasi joyida, nega boshida bunday qilganingni tushunaman afsuslanma xafa bo'lma vaqtni orqaga qaytarolmaysan lekin hozir sen biz bilansan. Oilamizsan. Buni unutma

Miran jilmayib bosh silkidi

Miran:yana bir marta quchoqlasam maylimi?

Hyorin:xohlaganingcha🥰

Ular yana bir bir quchoqlashishdi.

Hyorin:endi shampanni ochamiz🍾.

Hyorin uni yaxshilab chayqatib-chayqatib oldi va ochmoqchi bo'ldi lekin qo'li shikastlangani tufayli ocholmadi. Chonguk va Yungi bir vaqtda Hyorinni oldiga kelib "menga ber" deb qoldi. Hyorin ikkisiga ham qarab qo'ydi. Yungi esa Chongukka g'azab bilan qaradi. Hyorin shampanni Yungiga berdi😐 Shampan ochilib hamma yoqqa sachradi. Buni esa Jimin videokameraga muxrladi. Yigitlar ishtaxa😋 va stakanlar🥂 bilan Yungini oldiga kelayotgan paytda Hyorin uni qo'lidan shampanni olib qo'ydi.

Hyorin:nima ichmoqchimisizlar🤨

Jimin:unda nega olib kelding?

Hyorin:bu shunchaki dabdaba uchun edi uni tashlab yuboramiz.

Jin:adolatsizlik shuncha shampan uvol ketadimi?😕

Hyorin:haa balki jazolar yordam berar🤨 o'tgan safargi ahmoqona xolatingiz esingizdan chiqidmi? Hana videokamera bormi🤣🤣🤣.

Hana:ha bor🤣🤣🤣😆😆😆

Yigitlar:🤐🤐🤐

Hyorin:sovuq havoda qahva juda ham foyda beradi qahva va shirinlik yeymiz😌.

Hana va Aeirin bir bo'lakdan shirinlik va qahva tayyorlab patnisda olib kelishdi. Hana qahva, Aeirin esa shirinlik tarqatdi. Hana bir boshdan hammani oldiga bordi. Jin patnisdagi qahvalarni birini olayotgan edi Hana uni to'xtatdi.

Hana:Jin buni olma bu Tehyon uchun

Tae:😳😳😳

Jin:nima unga tuz solib qo'ydingmi?😆🤣🤣

Hana:yo'q Tehyon qahva ichmaydi bu shokolad

Jin:haa shungamidi mayli

Jin va Jimin ayyorona nigoh bilan Tehyonga qarab qo'ydi Tehyon esa bu qarashni ma'nosini tushundi va yuzi qizardi. Lekin bilmaslikka oldi

Tae:raxmat

Hana:arzimaydi

Hana Chongukka qahva uzatarkan jaxl bilan qarab turardi. Bundan Chonguk o'zini g'alati his qildi. Lekin buni ma'nosini tez tushundi.

Jk:(demak Hyorin hammasini aytib bergan...ichidagilarni kimgadir to'kkanidan ko'nglim joyiga tushdi🥲)

Chonguk Hyoringa ko'p tikilib qarab turardi. Bazida tashqaridan qarab tugan inson uchun Chonguk shirin hayol surayotgan odamga o'xshardi🤭🤫.

Hyorin:Aeirin nega uni chaqirding😬 ro'yxatda u yo'q edi.

Aeirin:men Jiminga qo'ng'iroq qilgandim Tehyon va Chonguk u bilan birga ekan nima qilishim kerak edi uni olib kelmang deyishim kerakmidi🙄

Hyo:🤦‍♀️

Yungi Jiminni joyiga o'tirgandi Jimin esa Aeirinni yoniga o'tirdi. Soat tungi birlar chamasi hamma gulxan atrofida har xil hayollar bilan o'tirardi. Kimni hayolida nima bilib bo'lmasdi. Lekin hech kim ketish haqida o'ylamasdi O'rtada sukunat. Bu sukunatni Tehyon buzdi

Tae:kelinglar o'yin o'ynaymiz

Hana:qanday?

Jin:bekinmachoq😂

Hamma:eee🤦‍♀️🤦‍♀️🤦‍♀️🤣

Tae:Oldin guruhga bo'linaylik qiziq bo'ladi.

Jimin:men shundoq ham Aeirin bilanman

Jin:Yuna sherigim bo'lasanmi?

Yuna:albatta

Tae:Hana menga sherik bo'l😊

Hana:ho'p

O'rtada 4 ta odam qoldi. Chonguk Hyoringa qarardi Yungi ham.

Jk:Hyorin...

Chonguk gapni boshlaganida Yungi o'rnidan turdida Hyorinni oldiga o'tirdi.

Yungi:biz Hyorin bilan sherikmiz

Miran:menga Chonguk qoldimi?

Jk:ha biz birga sherikmiz😊(😔)

Tae:unday bo'lsa boshladik shunday qilamiz mavzu va unga ta'rif berish. Misol uchun do'stlik bu... JIMIN boshla


Jimin:do'stlik bu–hayotingning butun bir qismi


Aeirin:do'stlik bu–umringning oxirigacha birdamlik


Tae:do'stlik bu–qalbimizning ikkinchi yarmi


Hana:do'stlik-bu hayotdagi yaxshi yomon kunlarni birga baham ko'rish


Yungi:do'stlik bu–sadoqat


Hyorin:do'stlik bu–ishonch


Jin:do'stlik bu–har qanday vaziyatda ham siringni ishona olishing


Yuna:do'stlik bu–hayotingdagi mazmun


Jk:do'stlik bu–uni doim qo'llab quvvatlashing😔


Miran:do'stlik bu–urushib tortishish va yana birga quvnoq vaqt o'tkazish


Tehyon:ohhho zo'rku hamma javob berdi. Endigi mavzu sevgi bu...

Hyorin:OMG🙄boshlandi

Yungi:boshqa mavzu yo'qmi?🙄

Miran:siyqasi chiqib ketgan mavzu😏

Aeirin:hechamda

Yuna:nima qilibdi

Jin:sevgi doim yashaydi😉

Tae:shoshmang unda ovozga qo'yamiz necha kishi rozi?

Ovoz berilib xohlamaydiganlar jamoasi yutqazdi🤣. Endi ular ta'rif berishga majbur🤣


Tae:sevgi bu–hayotdagi eng shirin tuyg'u (bo'lsa kerak🤔)


Hana:sevgi bu–sevgan insoning qo'lingdan tutdimi hech qachon qo'yib yubormasligi


Jin:sevgi bu–sevgilingga har kuni mehr bilan qarashing-u tongni birga qarshi olishing, hayoting davomida uni sevib ardoqlashing


Yuna:sevgi bu–sen ishona oladigan va yelkasiga boshingni xotirjam qo'ya oladigan insoningni bo'lishi


Jk:sevgi bu–hayotingda kimdir to'satdan paydo bo'lib qolishi va hamma narsani ostun-ustin qilishi shu bilan birgalikda bularning hammasi sen uchun yoqimli tuyilishi, har tun uni o'ylab tunlari bedor bo'lishing, unga yaqinlashganingda yuraging tez-tez urishi. Har qayoqqa qaraganingda uni eslatadigan xotiralarni eslashing🥺


Miran:sevgi bu–seni doim qo'llab quvvaylashi, yo'lning yarmida hech qachon tashlab ketmasligi


Aeirin:sevgi bu–so'nggi nafasing qolguncha faqat uni deyishing


Jimin:sevgi bu–azob


Hamma:😳😳😳😔😔😔(Jiminni ahvolini bilishgani uchun uni tushunishdi😔)


Jimin:Yaqin kunlargacha men shunday o'ylardim😊 lekin adashibman

SEVGI BU–sevgan insoning kulganda uning shodligidan sen ham xursand bo'lishing, yig'laganda ko'z yoshlarini artishing va issiq bag'ring bilan uni yupatishing🥰. Hamma ham bir xil emas faqat sevgini kerakli joydan va kerakli odamdan qidirishni bilsang yetarli. Men bir marta adashdim. Chunki noto'g'ri odamni tanlagan ekanman. Lekin bir yaqinim aytganidek... hayotda har xil odamlar bor. Bittasini ko'rib xulosa chiqarmaslik kerak. Farishtadek odamlar ham bor ekanini unutmasligimiz kerak


Hamma:🥺🥺🥺

Yungi:sevgi bu–...


Yungi to'xtab qoldi. Balki nima deyishni bilmagani uchundir balki hali sevgini his qilmagani uchundir. U biroz o'ylanib qoldi


Yungi:sevgi bu–Jimin aytgandek azob deb o'ylayman😐. Jimin fikrini o'zgartiribdi. Men esa shunday o'ylayman. Ahmoqona rashklar, qizg'onishlar ortiqcha dabdabalar aslini olganda sevgi sodda ko'rinishda u do'stlikdan paydo bo'lishi mumkin balki, shunchaki tasalli oladigan odamingni sevib qolishing mumkin🤷‍♂️ shunchaki oddiy, kundalik munosabatlar bu sevgini bir ko'rinishi deb o'ylayman. Lekin ko'pida azob bo'ladi. Ikki tomonlama sevgi bo'lsa ham bir-birlarini azoblashadi vaqtlar o'tib esa shunchaki kechib ketishadi o'rtadagi farzanadlar... azobda qoladi. Men bir qizni sevib umrimning oxirigacha baxtli qilishni xohlardim. Havoyi hislar bilan haqiqiy sevgini ajrata bilish muhim...


Hyorin Yungini yelkasini qoqib qo'ydi. Unga javoban esa Yungi hammasi yaxshi degandek jilmayib qo'ydi.

Hyorinni navbati


Hyorin:sevgi bu–tuzoq!!! unga tushdingmi tamom butun hayoting alg'ov-dalg'ov bo'ladi...


Hyorin gap boshlashi bilan dugonalari uning so'zi qanday boshlanib qanday tugashi haqida taxmin qilishdi🤣.

Hana:boshlandi. Yarim soatdan kam gapirsa qoyil qolardim🤦‍♀️😂

Aeirin:ana xoloos kim gapirsa ham Hyorin gapirmasin😬😂


Hyorin:boshida usiz yasholmayman deyishadi keyin esa xiyonat😤. Men eng jirkanadigan narsa bu xiyonat. Bir ahmoq qiz sevib qolib yigit unga qancha azob bersa ham chidaydi necha marotabalab kechiradi. Oxiri tashlab ketganda esa dunyoni boshiga ko'tarib yig'laydi aybni o'zidan qidiradi vaqtlar o'tib yigit uni shunchaki qo'g'irchoq qilganini tushunadi🙄🤦‍♀️. Va boshqa yigitlarga ishonmay qoladi. Shumi sevgi? Avvalroq shu haqida o'ylaganda kamroq azoblanardi. Kasalni davolagandan ko'ra oldini olgan avzalroq men uchun☝ bilaman bu gaplarimga ko'pchilik qo'shilmaydi lekin bu meni dunyo qarashim


Jin:shuncha narsani qayerdan bilasan adashmasam sen boshdan o'tkazib ko'rmagansan?

Hyorin:atrofimdagi odamlarni ko'rib shu xulosaga kelganman

Miran:men gaplaringga qo'shilaman. Lekin sendaka o'ylaydigan odamlarning ko'p qismi yoshligida mehr ko'rmay katta bo'lganlarni tashkil qiladi oilasidan sevgi topolmagan odamlar hayotlarida ham sevgini shunday o'ylashadi. Bu isbotlangan

Hyorin:ha men ham eshitgandim bu haqida menga do'stlarimning sevgisi yetadi boshqasinikiga o'rin yo'q

Hana:lekin ularda boshqalarga qaraganda romantika kuchliroq bo'ladi🥰va ko'proq mehribon bo'lishadi ular o'zlari his qilgan g'amni boshqalarga ravo ko'rishmaydi.

Qizlarning gapini eshitib Chonguk ham o'zini gapirishdan tiyib tura olmadi

Jk:eng yolg'iz odam eng mehribon, eng qayg'uli odam yorqin tabassumlidir. Chunki ular boshqalarning ham ular kabi azob chekishini istamaydilar🥺😔

Tae:juda chiroyli gapirding😍

Jimin:haa🥺🥺🥺

Jk:chiroyli? Bu haqiqat😊. Shu so'zlarni eslasam doim Hyorin ko'z oldimga keladi😊 bu so'zlar aynan Hyorin uchun aytilgandek

Hyorin:😑😑😑

Hyorin bu gaplarni eshitmaganlikka oldi

Aeirin:mana bu Hyorin timsolida😘Hyorin sen qanchalik o'zingni toshbag'irdek ko'rsatsang ham ko'ngling juda nozik bizdagi mehrdan senda 2 baravar ko'p bo'ladi

Yuna: lekin sen bu mehrni qanday ulashishni yoki kimga ulashishni bilamydigandek tuyilasan balki imkon berish kerakdir imkon bermay turib natija ham ololmaysan

Yungi:men ham qo'shilaman sen eng mehribon qizsan

Hyorin:yaa mavzu men haqimda bo'lib kettiku lekin bilaman men eng zo'r qizman😎. Lekin imkonga keladigan bo'lsak imkon faqat bir marta beriladi. Xuddi Ishonch kabi u hammaga ham berilavermaydi

Yuna:ba'zan shunday narsalar borki, ularning to'g'riligini avval ularga ishonish orqali tekshirish mumkin

Hyorin:bir marta ishonib ko'rgan bo'lsamchi? Unda nima? Ishonch bir marta beriladi u yo'qotildimi 2-marta ishonishning foydasi yo'q😑 ishonch qayta topilmaydigan narsa!!!

Jk:🥺😓

Aeirin:shunday lekin agar sevsang... bunday murakkablashtirishni xohlamay qolasan shunchaki uning gaplariga ishonishni va shunchaki sevib yashashni xohlab qolasan

Hyorin:hozir gaplaringni baribir tushunmayman boshimdan o'tgan payti qanday hodisa yuz berganini aytib qo'yaman bo'ladimi?

Aeirin:bo'ladi, lekin kech bo'lmasidan tushunishingni xohlardim

Jimin:kelinglar mavzuni shu yerda tugatamiz😅

Hyroin:menimcha ham😏

Aeirin:o'yin zo'r bo'ldi😅men biroz aylanib kelay

Hyorin:o'zing yolg'izmi?

Jimin:men ham sen bilan

Aeirin:endi yolg'iz emasman havotir olma

Hyorin:uzoqqa ketib qolmang

Tae:Hana balki biz ham aylanib kelarmiz?

Hana:aa nega?(ayww ho'p desang nima qiladi🤦‍♀️)

Tae:shunchaki o'zim aylangim kelmayapti

Hana:mayli senga sherik bo'laman😊

Ulardan so'ng Jin va Yuna ham ketishdi. Yana o'sha to'rtlik. Miran Hyorinni oldiga kelib issiq bag'riga o'zini tiqdi. Ko'zlarini yumib oyisini eslab yotdi.

Hyorin:nimalar yaqida o'ylayapsan?

Miran:oyimni tushimda ko'rdim... menga "endi baxtli bo'l" deb aytdi

Hyorin:kattalarni aytganini qilish keral

Miran javoban jilmaydi. Chonguk esa Hyoringa termulib turardi🥺. Hyorin Chongukka e'tibor bermaslikka urinardi.

Hyorin:Yungi senga katta raxmat kelmaysan deb o'ylagandim

Yungi:kelmoqchi emas edim seni gapingni qaytara olmadim🙄

Hyorin:haa qaytarib ham ko'rchi🤨 

Yungi jilmayib qo'ydi va Chongukka ko'zi tushdi.

Hyorin:soat nechi bo'ldi🥱🥱🥱 yaxshiyam ertaga yakshanba to'yguncha uxlayman

Yungi:ha yaxshilab uxla😅

Hamma yoq jim-jit gulxandagi yog'ochlarning yonayotgan ovozi eshitilardi xolos. Birdan kimningdir qichqirgan ovozi eshitilidi😳😳😳😱😱😱.

Ep-50 TUGADI

Report Page