High school first kiss

High school first kiss

🦋𝑻𝒊𝒇𝒇𝒂𝒏𝒚🦋


#Ep_49

Kattalar kontenti mavjud!!!

         

         High school:first kiss💋

Jk:hozir bilasan

U shunday dediyu to'satdan Hyoringa yaqinlashib 💋

Hyorin bor kuchini to'plab Chongukni ko'ksidan itardi. Hatto bu ishi uchun yaxshigina tarsaki ham yedi👋🙊. Chonguk yuzini ushlagancha yerga qarardi. O'zi ham qilgan ishidan uyalardi. (qilar ishni qilib qo'yib🤦‍♀️🤣) Hyorin labini jaxl bilan artdiyu. Chongukni turtkilashni boshladi.

Hyorin:sen kimsanki menga teginasan nima haqqing bor😡 yaramas!!! Menga yaqinlashishga ham haqqing yo'q tushundingmi? mendan uzoq yur!!! bo'lmasa o'ldiraman🤬

Hyorin ketyotgandi. Chonguk orqasidan baqirdi

Jk:seni sevaman!!! Buni hech kim o'zgartirolmaydi eshityapsanmi? O'sha iflos senga biron nima qilishiga yo'l qo'ymayman!!!

Hyorin ketib bo'ldi. U endi past ovozda gapirdi

Jk:yana azoblanishingga yo'l qo'yolmayman🥺 shundoq ham ko'p azoblanding...😔

Hyorin to'g'ri Hanani uyiga bordi. Sumkasini jaxl bilan yerga otdi-yu yuvinish xonasiga kirib labini jaxl bilan yuvardi. Xuddi bu bilan hamma narsa unutiladigandek🤦‍♀️🤣🤣🤣.

Hyorin:yaramas o'zingni kim deb o'ylading-a??? Ahmoq sevarmish bu nimasi-a? Hali men o'zimni himoya qilolmaymanmi? Boshida o'zim katta xato qildim unga yaqin bo'lib😡. Men uni odam deb hislarimni ochibman oxiri nima bo'ldi!!! Nima bo'ldi? Jirkanch degan so'zini eshitdim. Hatto eshitib ham o'tirmadi. Yunsiga ishondi qo'ydi. U meni o'ldirib qo'yganda nima qilardi sevishini murdamga aytarmidi

Hana:nima!!!

Hyorin Hanani qo'rquv va hayrat bilan gapirgan ovozini eshitib qotib qoldi u uyda hech kim yo'q deb o'ylagandi. Lekin unday emas. Hyorin boshini ko'tarib eshik tomonga qaradi. U yerda hayrat bilan qarab turgan 3 ta dugonasiga ko'zi tushib qotib qoldi😰😰😰.

Yuna:sen bu yoqqa kelchi?🤨

Aeirin:bu qachon bo'ldi?😨nega bizni xabarimiz yo'q

Hana:Yunsi senga nimalar qildi?

Hyorin:nimalar deb qo'ydim😖😖😖.

Endi qochishni iloji yo'q!!! HYORIN tuzoqda. Uni ko'plab savollar va norozi qiyofadagi dugonalari kutib turardi...

***

Qizlar maktabdan uyga kelib Hyorin haqida suhbatlashishardi. Hyorinni bunday kirib kelishi qizlarni cho'chitib yubordi😳😳😳.

Yuna:buncha tez

Hana:nimadir bo'ldimikin

Aeirin:ha bo'lgan yoki Chonguk bilan yoki Don Uk bilan🤣🤣🤣

Hana:yaa nafasingni shamol uchirsin🤨

Aeirin:nima qilibdi bu meni orzuyimku🤣

Yuna:orzuying bo'lsa unda o'zing yigit topib shunday qilaver😒

Aeirin:qani edi😆jon derdim afsus buni iloji yo'q

Hana:nega iloji yo'q ekan

Aeirin:aa😳

Aeirin bu so'z qanday og'zidan chiqib ketganini bilmay qoldi. Nima deb javob berishni bilmay turganda ichkaridan Hyorinni jovrab kimnidir urishayotgan ovozi eshitilardi🤣. Aeirin Hyorin orqali vaziyatdan chiqib ketdi.

Aeirin:undan ko'ra Hyoringa qaraylik

Qizlar eshitishi kerak bo'lmagan lekin zarur bo'lgan gaplarni eshitib qolishdi. Ular Hyorinni o'rtaga olib jaxl bilan qarab turishardi.

Hyorin:qizlar tinchlaning hammasi joyda😁

Hana:nimasi joyda?

Yuna:sen hali sir yashiradigan bo'lib qoldingmi?🤨

Aeirin:qani gapirchi

Hyorin:deyarli hech nima bo'lmadi ustimga taxta tushib ketdi. Yunsi menga tuxmat qildi. Chonguk yerga urdi

Yuna:yaaa!!!😤😤😱

Yuna jaxl bilan o'rnidan turib Hyorinni quvlay ketdi.

Hyorin:shoshma!! Yuna shoshma o'zingni bos hammasini tushuntiraman aaa!!! Yordam!!!!

Hyorin qochardi Yuna esa quvlardi. Albatta uning jaxli chiqishi tabiiy hol ahir eng yaqin dugonalarni o'rtasida sir bo'lsa ayniqsa Yuna uchun bu juda ham muhim edi. Ularning o'rtasida esa Aeirin va Hana boshi aylanib ajratishga urinardi😆🤣. Hyorin bir Aeirinni bir Hanani ortiga o'tib qochardi.🤪🤣🤣.

Yuna: Seni o'zim o'ldiraman

Aeirin:Yuna shoshma oxirigacha eshitaylik

Yuna:yaramas qiz qachon aqling kiradi hatto bizga siringni ishonmaysan.

Hana:Yuna kel o'tir xotirjamlik bilan hal qilamiz

Hyorin:Yuna tinchlan chuqur chuqur nafas ol

Yuna stol ustidagi idishni oldi.

Hana:Yunaa iltimos bunga tegma bu qimmatbaho👐

Yuna qo'lidagi narsaga qaradi rostdan ham chinni buyum ekan🤣. U sekin qo'lidagini joyiga qo'yib sumkasini otdi😆🤣.

Hyorin:bo'ldiii!! Yaxshi men  aybdorman afsusdaman ham iltimos meni kechiringlar

Yuna:😑qani mana bu yerga o'tir va oqizmay tomizmay gapirib ber hech narsa qolib ketmasin😑😑😑 

Yuna to'xtadi o'zi ham quvlayverib charchagandi. Hyorin bir fursat o'ylanib turib hammasini boshladi. Yunsi  kelishidan tortib Chonguk aytgan gaplar, Hyorin unga bergan jazo, Miran yordam bergani, Yunadan nega havotir olishgani haqida. Bu orada 3 alasi ham yig'lab oldi.

Hyorin:hammasi shu🥺😔

Hana:Hyorinn😭😭 nega hammasini yashirasan?

U Hyorinni oldiga o'tirib qattiq bag'riga bosdi.

Hana:ahir biz sen uchun kimmiz? Nega hammasi uchun o'zing kurashasan seni yoningda nima uchun bormiz?

Hyorin:meni kechiringlar

Yuna:sen uchiga chiqqan yaramas qizsan bizni hayotingni bir qismi deb bilmaysan😑😑😑

Hyorin:unday emas🥺 Yuna unday o'ylama

Yuna:biz seni nozik tomoningmizmi? Agar hammasini aytganingda hammamiz birga bo'lib bemalol Yunsini adabini bergan bo'lardik. Mirandan ham buni yashirishini kutmagandim😑

Hyorin:ha hamma gaplaring to'g'ri aytganimda bunchalik chigallashib ketmasmidi😔 lekin sizlar meni eng yaqin insonimsizlar tavakkal qilolmasdim🥺. Iltimos unday o'ylamang. Miranni aytmaslikka men majbur qildim uni aybi yo'q hech nima dema unga😔 xatoyimni tushundim

Yuna:tushungan bo'lsang yaxshi😑 iltimos boshqa bunday qilma🥺🥺🥺. Buncha narsani ko'tarib turishga majbur emassan hamma tashvishlaringni biz bilan bo'lish birga ko'taramiz

Hyorin:yaxshi🤗 Aeirin sen ham meni urushmaysanmi? Ko'nglim bo'shligida foydalanib qol keyin bunday imkoniyat bo'lmaydi😅😅😅.

Aeirin:yo'q seni tushunaman😊🤗. Qilgan ishingni oqlab bo'lmaydi lekin tushunishga harakat qilyapman. Sen dugonalaringga bosh og'riq, ortiqcha yuk bo'lishni istamagansan

Hyorin:ayguu meni tushunadigan odam ham bor ekanku kel o'zimga🤗

Hyorin Aeirinni quchoqlashi bilan u yig'lab yubordi.

Hyorin:nega yig'layapsan? Yig'lama🥺

Aeirin:sendan... umuman hammangizdan ayrilib qolishimni o'ylasam judayam xafa bo'lib ketyapman. Hyorin seni tushunishim mumkin lekin boshqa bunday qilma🥺😭

Hyorin:ho'p va'da berdim-ku boshqa bunday qilmayman yig'lama

Qizlar stol atrofiga o'tirishdi

Yuna:demak Chonguk seni sevishini tan oldi. Bugun esa...

Hyorin:eyy eslata ko'rma😑 uni o'ldiraman

Hana:u bundan battariga loyiq. O'ylamasdan gapirganini qarang buni, ertaga o'zim borib uni o'ldiraman Hyorin men sen tarafdaman😑 Seni bir tola sochingga ham arzimaydi u

Yuna:yaa Hana~shiii seknroq😅men hech kim tarafida emasman lekin Chongukni gaplari... buni kechirish qiyin

Hana:qiyin?! bu ilojsiz!!!😤

Hyorin:Hanaa seni yaxshi ko'raman😚zo'rsanku

Yuna:Aeirin sen nima deysan?

Aeirin:mmm Hyorin agar senda Chongukka nisbatan ozgina hislar bo'lsa...

Hyorin:eyy nimalar deyapsan xuddi meni bilmaydigandek gapirishingni qara😤

Aeirin:shoshma gapimni eshitsangchi... agarda Chongukka, umuman kimga bo'lsa ham biror bir tuyg'u his qilsang o'ylab ham o'tirmasdan g'ururingdan, nafratingdan voz kech. Chunki g'urur bor joyda muhabbatga o'rin yo'q bo'ladi. Sen bittasini tanlashing kerak

Hyorin:albatta g'ururim birinchi o'rinda

Aeirin:lekin Hyorin... g'urur bilan hech nimaga erisha olmaysan hayot qisqa... gapimni hammangiz eshiting bu sizlarga ham ta'luqli sevsangiz buni yashirib o'tirmang chunki sevgan insoningiz ertaga bormi yoki yo'q buni hech kim bilmaydi u yo'q bo'lgan paytida esa judayam qattiq afsuslanasiz. Afsuslanmasilk uchun shunchaki g'urur, g'azab degan narsalarni chetga surib qo'yingda baxtli yashang sizga berilgan umrdan unumli va to'g'ri foydalaning sevib sevilib yasholmaydigan insonlar qancha? Siz ularni o'rniga ham 2 hissa baxtliroq yashashingiz kerak hislaringizni yashirmang. Bu faqat yigitlarga nisabat emas, mana hammamiz... men sizlarni yaxshi ko'raman, jonimdam ortiq yaxshi ko'raman. Kelajakda baribir hayot har xil tomonlarga sudrab ketadi. Bu haqiqat. Hammamiz dunyoning narigi chekkasida o'z tashvishlarimiz bilan bo'larmiz lekin men sizlarni yaxshi ko'raman... qayerda bo'lsam ham yaxshi ko'rishimni bilishingizni xohlayman

Hana:🥺🥺🥺

Yuna:nega buncha ta'sirli gapiryapsan tinchlikmi?

Hyorin:rostdan ham nega buncha boshqachasan?

Hana:ishqilib bizdan biron nimani yashirmayapsanmi?

Aeirin:(aytsammikin? Yo'q meni kechiring qizlar Hyorinniki yetadi meni ham o'ylab siqilishingizni xohlamayman🥺 meni tushunasiz deb umid qilaman😔) bir drama ko'rgandim qiz o'ldi😂 shunga ta'sirlanib ketdim

Yuna:mobodo sen birortasini sevib qolib u senga rad javobini bermadimi🤨

Aeirin:nima?🤣qo'ysangizchi men sevib qolsam unga yopishib olardim🤣. Hattoki o'lsam ham mendan qutilolmasdi. Men sizlardek o'zimni aldab "sevmayman" deb yurmayman. Sevishimni his qildimmi darrov o'ziga aytaman! Ana shunaqa! Bo'ldi endi qornim ochdi nimadir yeymizmi?

Hana va Yuna oshxonaga kirib ketishdi. Hyorin va Aeirin ikkisi birga o'tirardi.

Hyorin:lekin anchdan beri g'alatisan🤨

Aeirin:Hyorin senga nimani tushuntirmoqchi bo'lyapman-u sen nimani gapiryapsan? Agar ozgina bo'lsa ham uchqun his qilsang...

Hyorin:unday emas!

Aeirin:meni bilmaydi deb o'ylama. Men har bir his qilgan uchquning sevgi demayapman. Biz o'spirinmiz. Uchrunlarga aldanib ham qolishimiz mumkin. Bu sevgi emas, yosh bolalarcha havas bo'lishi mumkin. Lekin sen havasning ortidan quvadiganlardan emassan. Shuni bilaman-ki hammani ham o'zingga yaqinlashtiravermaysan. Hozir eng yaqini Chonguk bo'lganini tan ololmayapsan balki buni xohlamayotgandirsan lekin nega Chongukdan bunchalar xafa bo'lding?

Aeirin xuddi Chonguk bergan savolni berdi... Hyorin jim bo'lib qoldi

Aeirin:hamma yigitga ham sevishingni bildirolmaysan chunki hammasi ham mard emas, ko'pi pastkash. Lekin Chongukni bilasan-ku men ham bilaman. Bir o'ylab ko'r... u to'satdan hayotingdan chiqib ketsa qanday ahvolga tushishing, nimalar o'zgarishi haqida bir o'ylab ko'r. Keyin xulosa chiqar. Hech nima o'zgarmasa mayli majburlama o'zingni ammo o'zgarsa bu sodir bo'lmasidan tezroq angla. Kech bo'lsa hech nimani to'g'irlab bo'lmaydi.

Hyorin o'zidagi aralash hislarni tushunmayotgan bir paytda Aeirin yurishi kerak bo'lgan yo'lni ko'rsatib qo'ygandek bo'ldi. Lekin Hyorin uchun hali erta edi, hali bu hislarga tayyor emas edi.

Yuna:mana keldim. Aytgancha Miran haqida sizga bir gap aytishim kerak

Qizlar:nima?

***

Bugun mashg'ulot kuni. Miran musiqa zaliga keldi. U yerda Yungi qo'lida kaltak bilan kutib turardi. U kaltakka qarab turib gapirdi

Yungi:bugun kelmaysan deb o'ylagandim

Miran:mana keldim meni niyatim jiddiy saboqlarni vaqtida olaman kerak bo'lsa jazolarga ham tayyorman

Yungi:yaxshi😈tayyor bo'lsang men ham tayyorman lekin avval dars o'tamiz va jazo olasan

Miran:ho'p😖

Yungi Miran bilan 3 soat shug'ullandi. Va darslar tugadi. Ana endi jazo vaqti😖.

Yungi:shoshma kel bunday qilamiz qo'lingga ursam gitara chala olmayman deb bahona qilasan yaxshisi oyog'ingga uraman

Miran:menga farqi yo'q

Yungi stolga 4 ta qog'oz qo'ydi.

Yungi:meni berahm, shavqatsiz deb o'ylamasliging uchun o'zing tanla. 1- qog'ozda 15, 2-sida 10, 3-sida 5, 4-chisida 0 bor. Qaysi raqam tushsa shuncha kaltak yeysan 0 tushsa omading bor deb hisoblaymiz va jazo yo'q.

Miran bitta qog'zoni tanladi. 15😖 tushdi. Lekin Miran bilardiki hamma qog'oz bir xil... hammasida 15 raqami bor edi. Lekin u chekinishni xohlamas edi. Yungini majburlab bo'lsa ham dars olishni xohlardi. Miran qo'llarini stol ustiga qo'ydida turib oldi. Yungi qo'lidagi kaltak bilan Miranni oyoqlariga urdi. Har bir zarba tekkanda Miranni tanasi zirqirab og'rirdi lekin bu unga yangilik emasdi oldinlari ham uni ko'p marta savalashar edi😖. Yungini zarbasi oldingilarini oldida unchalik yomon emasdi.

Miran:(bilaman men bilan ovora bo'lishni xohlamaysan lekin men o'rganish uchun hamma narsaga tayyorman bunday jazolaring meni dars olishdan to'xtatolmaydi niyatimdan ham😑😑😑)

15... jazo tugab Yungi to'xtadi lekin u o'ylaganidek bo'lmadi. Har bitta zarba tekkanda Miran tishini tishiga qo'yib jidardi. Yungi ketib qolishini yoki norozilik bildirishini kutgandi lekin indamadi.

Miran:bo'ldimi?

Yungi:bo'ldi😑men o'ylaganimdan ancha sabrli ekansan

Miran:ha shunaqa menda bunaqa kaltaklar ko'p berilgan lekin u paytda aybsiz bo'lsam ham shunday qilishardi sen esa haqlisan mayli xayr

Yungi uni gaplaridan hayron qoldi. Sumkasini yig'ishtirib u ham ketdi. Yo'lda unga Hyorindan qo'ng'iroq bo'ldi...

Miran uyga charchagan holda qaytdi kamiga oyoqlari qattiq og'rirdi. U uxlab qoldi. Tush ham ko'rdi. Unda oyisi bilan gulxan boshida quchoqlashib o'tirishardi. Miran oyisining bag'rida juda ham issiqlikni his qilardi🥰

Oyisi:endi shunchaki baxtli bo'l🥰.

Miran:oyi🥺🥺🥺 oyijin

U uyg'onib ketdi uyg'ongandan so'ng soatga qarasa 21:30. Miran deraza tokchasiga o'tirib atrofga nazar solardi. Ko'cha qop-qorong'u, sovuq edi. Qishning qaxraton sovug'i yaqinlashib qolgandi. Ha demay qishning birinchi kuni boshlanadi. Miran soatga qaradi va sanaga ko'zi tushdi.

Miram: 25-noyabr?😳😳😳 bugun 25-noyabr yana 2 yarim soatdan so'ng 26 keladi demak oyim bekorga tushimga kirmagan ekanda🥺🥺🥺

Shu payt qo'ng'iroq bo'ldi.

Miran:alo Hyorin

Hyorin:men seni bundayligingni bilmagan edim😡🤬 senga ishonib o'tiribman-a qanday odamsan o'zi?...

😱😱😱

Ep-49 TUGADI

Report Page